Xx asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi



Download 23.96 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi23.96 Kb.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi.”Sotsializm” deb atalgan totalitar tu-zum,”kommunistik mafkura” deb atalmish zo’ravonlik va tazyiqqa asos-langan mafkura tanazzulga uchradi.Bunday “kommunistik mafkurani”ni butun jahonga,yer yuziga yoyishni davo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi.Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom manodagi mustaqil davlat nomini oldilar.

Tenglik bo’lmagan joyda kim kimgadir tobe bo’ladi.Mutelik bor joyda hukmronlik,o’zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo’ladi. Biz so’nggi yarim asr mobaynida boshimizdan o’tgazgan mustamlakichi-lik davrida shunday bo’lgan edi.”Tenglik” so’zining qudrati shundaki,u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib,mamlakatlararo munosabat-largacha hamma narsani meyor mezonga soladi,turli kamsitishlar yoki ortiqcha tobeliklarga chek qo’yadi.Tenglik bor joyda hech kim hech kim-dan kam bo’lmaydi.

Mustaqil yashashga,mustaqil fikrlashga,o’z taqdirini o’zi belgilash-ga,o’z hayotini o’zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osinlik bilan yechadi ,dunyong shiddati muammolar bo’hroni bo’hroni qarshisida dov-dirab qolmaydi.Ana shu oddiy hayotiy haqiqatni davlat mustaqilligiga ham qiyoslash mumkin.

Dastlab Chor Rossiyasi,undan so’ng qizil saltanat mustamlakachi-liklari davrida O’rta osiyoda ulug’ davlatchilik va milliy mustamlakachi-likka asoslangan totalitar tuzum halqimizni qator illarlarga duchor qildi.

Sho’rolar zamonida vatandoshlarimiz o’z mehnatlaridan bahra-mand bo’lish imkoniyatlari umuman yo’q edi.Shunchaki zamona zo’ri tu-fayli yashar va mantiqsiz yashar edilar.Binobarin,aql bilan ish tutish, voqelikni idrok etish,bunyod qilish,yaratish tuyg’ulari umuman yo’q edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi sustlashib borardi.Ana shuning o’zi totalitar tuzum illatlarini ko’rsatar edi.

Sobiq ittifoqda 1985-yil apreldan boshlab M.S.Gorbachov boshchi-ligida amlga oshirilgan qayta qurish siyosati Sho’ro mustamlakachiligi saltanatini saqlab qolishga qaratilgan so’nggi samarasiz va makkorona urinish edi. U saltanat tarkibiga kirgan Ittifoqdosh umumiy mustaqillikka erishuvlariga yo’l qo’ymaslikni maqsad qilib qo’ygan edi.

1991-yil 19-21-avgustda Moskvada G.Yanayev boshchiligida so-dir etilgan davlat to’ntarishiga urinish esa, ulug’davlatchilik, shovinistik va zo’ravonlik o’tgazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tuzumini o’rnatishga intilish bu jarayonning yakuni bo’ldi.

Ko’pgina mamlakatlarda mustaqillkka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi.O’zbekistonning mustaqillikka eri-shishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.”Xalqlarning ozodlik,mustaqillik,baht-saodatga azaliy intilishi,o’z taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir ”, - degan edi Islom Karimov.

80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotda jonlanish boshland. Odamlar xilma-xil fikr bildirish,dillaridagini oshkora ayta olish imkoni-yatiga ega bo’la boshladilar.O’zbek xalqining dilidagi g’oya-mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko’tardi.Mustaqillik uchun harakatda yangi to’lqin boshlandi.Ammo yurtimizda hukmron bo’lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to’dasi” ,ularning qosh-qovog’iga qarab ish yuritadi-gan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g’oyaga,uni amalga oshirishga to’sqinlik qildilar.Milliy qadriyatlarimizga yana nisbatan yana qatag’on-lik uyushtirildi, to’qib chiqarilgan “paxta ishi ” bilan o’ng minglab kishi-lar aybdorlikka tortildilar va qamaldilar.Tarix taqozosi bilan Islom Abdu-g’aniyevich Karimovdek fidoyi insonning 1989-yil iyunda O’zbekiston-ning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi va bu sohadagi adolatsizliklar-ga barham berilishiga olib keldi ,adolat tiklandi.

Shu davrlarda SSSRdek buyuk imperiya davlatida shunday vaziyat yuzaga keldiki,”Zo’ravonlikka asoslangan,mamuriy buyruqbozlikka asoslangan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik ja-rayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvirinineti ta-minlanadimi”?-degan masala dolizarb bo’lib qoldi. Biroq, o’sha davr-dagi davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi,milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishining tobota kuchayib borayotganing oldini ololmay qoldi.

90-yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson xuquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligi-ni hayotning o’zi ko’rsata boshladi.Bunday holat sobiq SSSRda xalq xo’-jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish hamda Yangi ittifoq shartnomasini tayyorlash borasidagi natijasiz qatlamlarga ham o’z ifodasini topdi.

1990-yil 6-avgustda mamlakat prizidenti M.Garbachevning “Yan-gi Ittifoq shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotida o’tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida” farmoni elon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan komissiya tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentyabrdan kechiktirmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.

1990-yil 4-sentyabrda SSSR Oliy Kengashining IV sessiyasida SSSR Ministrlar Sovetining rayisi N.Rijkov “Boshqariladigan bozor iq-tisodiyotiga o’tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq ho’jaligida barqaror-lik keltirish haqida ” maruza qildi.Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variyant ishlab chiqarilgani aytilsa-da,Sessiya Hukumat dastirini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo’qolib borayotgan edi.Ayni chog’da ,Hukumat dasturi sobiq ittifoqni saqlab qolishni,shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo’l bilan rivojlantirishni ko’zda tutar edi.

Ayni paytda 1990-yil 11-sentyabrda RSFSR Oliy sovetining II sessiyasi S.Shatilinning “500 kun” dasturi qabul qilindi.Dastur fuqarolar-ning mulkka egalik huquqini,iqtisodiy mustaqillikni,erkin istemol bozori va unda erkin narhni joriy etishni, korhonalarga mustaqil iqtisodiy faoli-yat ko’rsatish xuquqini berishni ,ittifoqdosh respublikarning mutlaq suviriniteti ,aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko’zda tutar edi.

Shungga qaramasdan,SSSR oliy soveti 1990-yil 21-sentyabrdagi IV sessiyasida har ikkala dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentyabrda sessiya xalq ho’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’l-mas vazifalarini muhokama qilib, Hukumat dasturi va Shatalin dastiridan iborat yagona dastur ishlab chiqishni topshirdi.1990-yil 18-oktyabrda sessiya: “Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat,ammo u iqtisodiyotning sotsiolistik yo’nalishiga ziyon yetkaz-maydi”,- deb xulosa berdi.

Bu holatni SSSR ijtimoiy-iqtisodiy hayotida vujudga kelgan quyi-dagi kuchlar maanfatlarining to’qanashuvi yanada chuqurlashtirmoqda edi.



Birinchi kuchlar- N.Rijkov va V.Pavlov dasturi tarafdorlari.Ular sobiq SSSRni saqlab qolish,xalq xo’jaligini markazdan boshqarish, huquqni asosan markazda to’plash niyatida edilar.Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.

Ikkinchi kuchlar- S.Shatalin guruhi azolari tarafdorlari.Ular SSSRni tarqatib yuborish,iitifoqdosh respublikalar o’rniga suveren, Mustaqil davlat tuzish,cheksiz hususiy tatbirkorlikni rivojlantirish,mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish,kolxoz va sovxozlarni tu-gatib,fermer xo’jaliklarini tuzishni ko’zda tutdilar.Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotlisalistik yo’lidan voz kechishni bildirar edi.

Uchinchi kuchlar- bu M.Gorbachov dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo’lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo’nalishlarini urg’ulashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan buyruqbozlik hokimiyatini yo’qotmaslik g’oyasini ilgari surar edilar. Yangi ittifoq shartnomasini tayyorlash ham ana shu maqsadlarga yo’nal-tirilgan edi.Jumladan, Yangi ittifoq shartnomasida mamlakat nomini ham “Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi ” deb emas,”Mustaqil Sovet Respub-likalari ”, “Mustaqil Respublikalar Ittifoqi”deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana boshladi.

O’zbekiston hukumati iqtisodiy mustaqillikni amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan konsepsiya ishlab chiqdi. Konsepsiyaga binoan SSSR markaziy idoralaridan farqli o’laroq,80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida O’zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvirinitetni qo’lga kiritish uchun harakat qila boshladi.Ayni chog’da O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suvirinitetni taminlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham aniq choralar ko’ril-di.Bu borada xalqning xohish-istagi hisobga olindi.

Masalan, 1989-yil 20-oktyabrda o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy kengashining 11 sessiyasida “O’zbekiston SSR konstitutsiyasi-gao’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish ” to’g’risidagi masala maxsus muhokama etildi.Sessiyada shu masala yuzasidan respublika oliy kenga-shi raisi doklad qildi.Maruzada O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’z-gartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mehanizmi-ning hamma bo’g’inlari oliy kengashga bo’ysunishini nazarda tutishi alo-hida takidlandi.

Konstitutsiyaga kiritilgan bu o’zgarishlar respublika davlat hokimi-yatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlar-ni berdi.Ayni chog’da, bu vakolatlar uning adolat buzilgan hamma joyda tezlik bilan adolatni tiklash, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo’l-gan nohush xodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.

Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki ,Respublika oliy kenga-shining O’zbekistonning ittifoqda erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham taminladi. Ilgari bu vako-latlarning ko’pchiligi faqat ittifoq idoralarining huqiqi hisoblanar edi. Masalan, 102-modda mulkchilik munosabatlarini, xalq xo’jaligini sotlial-madaniy qurilishni, budjet-moliya sistemasini, mehnatga haq to’lashni, narh belgilashni, soliq, tabiyatni muhofaza qilish va tabiy resurslardan foydalanishni,shuningdek bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlarni qonun yo’li bilan respublikada tartibga solish ko’zda tutilgan edi. Shu-ning uchun ham konstitutsiyaga kiritilgan bu qo’shimchlar deputatlar to-monidan yakdillik bilan kutib olindi.

Respublika rahbariyatining O’zbekistonning siyosi suvirinitetini ta-minlashga qaratilgan qatiy pozitsiyasi I.Karimiv tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko’ndalang qilib qo’yildi.Jumladan:



  • O’zbekiston rahbari KPSS Mkning 1989-yil 20-sentyabrdagi Plenumida dadil tarzda: “Biz ittifoq va respublikalarning vazi-falarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq ravshan bel-gilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz ”- deb takidladi.

  • O’zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Pleniumida I.Karimov: “Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart sha-roit bor ”, - degan fikrni bildirdi.

Darhaqiqat,80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suvirinitet uchun qadam-baqadam chora-tatborlar ko’rildi. Masa-lan, O’zbekiston SSR oliy kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo’lgan “O’z-bekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlanishining 1990-yilgi Davlat plani to’grisida”gi masalani muhokama qilar ekan, Respublikaning iqtiso-diy mustaqilligiga oid muhim tatbiralar belgilandi.

1990-yil 23-martda bo’lib o’tgan O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining Pleniumida O’zbekiston SSRning siyosiy suvirinitetiga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarni ishlab chiqishga jiddiy etibor berildi.

Plenium respublika siyosiy tizimi tog’risidagi masalani ko’rib chiqish-ni hayot taqozo qilayotgaligini ko’rsatib, real xokimiyat O’zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq depu-tatlari kendashlariga berilishi, yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prizidenti muassasasining joriy etilishi- respublika uchun suverinitet va davlatchilikda mohiyat jihatdan yangi bosqichda o’tishni bildirar edi.

O’zbekiston Kompartiyasini MK Pleniumi Prizidentlik lavozimini tashkil etishni respublika oliy kengashi sessiyasiga taklif qildi.

1990-yil 24-martda bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O’zbekiston tarihida birinchi marta Prizidentlik lavozimini tasis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prizidenti etib sayladi.

O’zbekistonda Prizident lavozimining tasis etilishi respublikaning si-yosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan dadil qadam edi.Cunki. uzoq yillar mobaynida yig’ilib qolgan milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy rivojlanishmuammolari bu vaqtga kelib nihoyatda kegin tus olgan edi. O’zbekiston oldingi mana shu dolizarb hal etishda Prizidebt lavozimi keng imkoniyat ochadi.

Shu tariqa Prizident eng qiyin va qonli to’qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida masuliyatni ochiq-oydin o’z zimmasiga ildi.

1990-yil 18-iyunda o’z ishini boshlagan O’zbekiston oliy kengashi-ning o’n birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi O’zbekistonning mustaqillik-ka erishishidagi muhim qadam bo’ldi. Mazkur sessiyada oliy kengash deputatlari faollik ko’rsatdilar. 200dan ortiq deputat sessiya boshlanishi-dayoq “Mustaqillik deklaratsiyasi” muhokamasi masalasini kun tartibiga kiritish va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qatiy talab qildilar.

Natijada “Mustaqillik deklaratsiyasi” haqidagi masala sessiyaning kun tartibiga kiritildi. Sessiysning uchinchi kunida “Mustaqillik deklaratsiya-si” duputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qi-lindi, har bir millat taqdirini o’zi belgilashi, Dekloratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta takidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasida-gi boy tarihiy tajribasi va ananalari hisobga olinishi hisobga olinishi uqti-rildi.

Shunday qilib:

1990-yil 20-iyunda O’zbekiston SSR Oly Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida “O’zbekistonning Mustaqillik deklaratsiya-si” qabul qilindi.

Shu kundan boshlab Respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyo-siy taraqqiyotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.

O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yan-gi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi.1991-yil 15-fevralda O’zbekiston oliy kengashi “O’zbekiston-ning davlat ramzlari haqida ” maxsus qaror qabul qildi.

Respublika Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan qoninlar, O’zbekiston respublikasi prizidenti Farmonlari , hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo’lib, Ular respublikaning iqisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo’liga bevosita qaratila boshlandi.

O’zbekiston rahbariyati va halqining mustaqillik sari dadil qadam qo’-yayotgalinini 1991-yil 17-martda o’tkazilgan SSSR umumxalq deferen-dumini tashkil etish va uning yakunlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Shu maqsadda 1991-yil 20-fevralda O’zbekiston oliy kengashining Rayo-sati yig’lishida SSSR oliy soveti tomonidan referendum uchun belgilan-gan asosiy blyuten bilan birga “O’zbekiston Yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo’lib qolishiga rozimsiz ” degan savol qo’yilgan qo’shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi.

1992-yil 17-martta o’tgazilgan umumhalq referendumida qo’shimcha blyulleten bo’yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki qatnashganlarning 94% i yoqlab O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo’lishini yoqlab ovoz berdi.

Sunday qilib, Bu referendumda O’zbekiston xalqining mutlaq ko’pchi-ligida O’zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko’rish xoxishi borligi-ning o’ziyoq respublika rahbariyatining bu-boradagi kuch g’ayratini qo’llab-quvvatlash ifodasi edi.

1991-yil 220iyunda O’zbekiston SSR oliy kengashi Rayosati “O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi davlat korhonalari, muassasalari , tashkilotlari O’zbekiston SSRning huquqiy to-beligiga o’tgazish ” to’g’risidagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega molik qaror qabul qildi.



O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi avvalo,respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq It-tifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida ,bundan tashqari har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas,balki respublika manfati ifoda etganligi bilan ajralib turadi.Bularning barchasi O’zbekiston SSR Prizidenti I.Karimov, O’zbekiston SSR oliy kengashi va hukumati tomo-nidan O’zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, milliy suvere-niteti sari dadil qadamlar tashlanganligining dalilidir.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa