3-mavzu. Ona tili ta’limini takomillashtirish usullari
Asosiy savollar
1. Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilari.
2. O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi.
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. MYaBT 4 moduli tilni tizimli
o’rganishning universal vositasi:
4. MYaKShda malaka va ko’nikmalar integratsiyasi hodisasi.
Fanni o’rganish texnologiyasi
Ona tili ta’limini takomillashtirish usullari mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
TG’R
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs,vaqt
|
1
|
1.Tayyorlov bosqichi:
Dars maqsadi: Ona tili ta’limini takomillashtirish usullari haqida ma’lumot beradi.
1.2. Identiv o`quv maqsadlari: 1.2.1. Yangi avlod o’quv adabiyotlari- elektron grammatik slaydlar- EGS haqida tushuncha beriladi1.
2.2. O’zbek tili o’rganish metodikasida innovatsion texnologiyalar dan foydalanish usullarini o’rganadi.
2.3. EGS dan foydalanish nutq o’stirish va matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirish – MYYAKSH omili
1.2.4. Tilni tizimli o’rganishda multimedia dasturi, audio-video dasturlar, EGSlarning tutgan o’rni va roliga baho beriladi.
Asosiy tushuncha va iboralar: EGS, elektron grammatik slaydlar, o’rganish usuli, texnologiyasi. Ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash belgilari. matn mazmunini anglash malakasi.. Fikrni yozma a bayon etish malakasi
1.3.Dars shakli : Guruh va mikroguruhlarda.
1.4. Asosiy metod va usullar: suhbat, hikoya, baxs-munozara,tasnif.
1.5.Kerakli jihoz va vositalar: videoproektor, tarqatma mater-lar
|
O`qituvchi
|
2
|
O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi:
2.1.Mavzu e’lon qilinadi.
2.2.Ma’ruzaning asosiy qismlari bayon qilinadi
|
O`qituvchi
15 minut
|
3
|
Guruhda ishlash bosqichi: 3.1.Talaba savolariga javob beriladi.
3.2. Ma’ruza bo’yicha nazorat test savollari tuzish.
3.3. Test savollarini guruh oldida himoya qilish.(nutq madaniyati shakllantiriladi, egallangan BKMlar darajasi aniqlanadi)
|
O`qituvchi
Talaba
40 minut
|
4
|
BKMlarni mustahkamlash va baholash bosqichi.4.1. Og’zaki so’rov.
Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
MYaKSh. “Til o’rganish metodikasi” nomli matn yarating.
Eng faol talabalar baholanadi.
|
O`qituvchi
15 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi sinaladi,
5.2.Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O’qituvchi darsda erishilgan natijalarni tahlil qiladi, kerakli xulosa chiqariladi
|
O`qituvchi
10 minut
|
Mavzuga oid tayanch tushuncha va nutqiy birliklar :
Mavzuga oid muammolar:
Innovatsion texnologiyalar, malaka va ko’nikmalar, Kuzatish, izlanish, Alohidaliklarni sharhlash qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish , tasnif etish, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi
Umumdidaktik printsip bilan o’ziga xos printsiplarni uzviy qo’shib olib borish.
Ta’lim printsiplarining bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekanligi muammosi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi :
O’rganish printsipi haqida bolalarga tushuncha berish. Kelajakda bolalarga ta’lim -tarbiya berish jarayonida ushbu ta’lim printsiplaridan to’g’ri foydalana olish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI :
O’rganish printsipi nima ekanligini tushuntirib beradi .
Umumdidaktik printsiplarning asosiy turlariga munosabat bildiradi .
O’ziga xos printsiplari ham ta’lim jarayonida muhim rol uynashi izohlab beriladi.
O’quvchining o’quv materialini o’zlashtirish jarayoni murakkab bo’lib, til hodisa-larini kuzata olish, izlanish. alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, alohidaliklarni aniqlash, qo’llash singarilar bilan bog’liq. Bular ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning muhim belgilari bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
1. Kuzatish - darslik (o’qituvchi) topshirig’i asosida ona tili hodisalaridan berilgan (ko’rsa-tilgan) namunalarni kuzata olish;
2. Izlanish -o’ylash, xotirada tiklash, so’rash, lug’at, qomus, ma’lumot manbalaridan foydala-nish asosida hodisalar sirasini boyita olish;
3. Alohidaliklarni sharhlash - berilgan va o’zi davom ettirgan siradagi har bir hodisani alohida - alohida sharhlay olish;
4. Qiyoslash - siradagi hodisalarni o’zaro qiyoslay olish;
5. Umumiylikni aniqlash- siradagi hodisalarning o’xshash, umumiy tomonlarini aniqlay olish;
6. Farqlarni topish - siradagi hodisalarning bir- biridan farqli tomonlarini aniqlay olish;
7. Tasnif etish - siradagi hodisalarni o’xshashlik va farqlari asosida guruh hamda guruhchalarga ajrata olish;
8 Hukm chiqarish - hodisalar sirasi haqida umumlashma (xukm, xulosa) chiqara olish;
9. Alohidaliklarni aniqlash - o’rganilgap hodisalarning yondoshlari (ma’nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari, zidlari b.h) bilan munosabatlarini (yaqinlik, o’xshashlik va farqlarini ) aniqlay olish;
10. Qo’llash - hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og’zaki shakllarda sharhlab, ijodiy matn tuza olish. Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko’rinishi matn yaratishdir. Shu sababli ona tili darslarida matn ustida ishlash etakchi yo’nalish kashf etishi lozim.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari. Ona tili ta’limi natijasida o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalar uch parametrli standart ko’rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
1. O’qish texnikasi (minut, so’z birliklari). Bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko’nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr o’quvchining notanish bo’lgan matnni ifodali o’qiy olish ko’nikmasi orqali aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko’rsatkich sifatida ifodali o’qish tezligi, ya’ni bir daqiqada berilgan matndan nechta so’z o’qiy olish ko’rsatkichi olingan. Bola sinfdan-sinfga ko’chgan sari so’z miqdori ham, murakkablik darajasi ham ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |