Muhokama uchun savollar:
1. Ona tili o’rganish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 2. Pedagogika va psixologiya bilan bog’liklik nimada ?
3. Til athlariaro aloqa qanday amalga oshadi ?
4. Ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasi nima uchun kerak? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:Innovatsion texnologiyalarni darsga joriy etishdagi muammolar. Interfaol metodlar to’g’risidagi munozarali fikrlarni ochib berish.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1-topshiriq:O’zbek tili o’rganish metodikasi fanining bo’limlarini tahlil qilish.
1.1. «O’zbek tili o’rganish metodikasi» fanining bo’limlarini aniqlang.Ular o’rtasidagi munosabatni belgilang.
1.2.Tilni tizimli o’rganish metodining afzalliklarini aniqlang.
2- topshiriq:Ushbu fanning boshqa fanlar bilan bog’liqlik jihatlarini aniqlang.
2.1.O’zbek tili o’rganish metodikasi fanining hozirgi o’zbek adabiy tili bilan aloqasini aniqlang.Uning sabablarini tushuntiring.
2.2.Adabiyot va tarix fanlari bilan aloqasini kursating.
2.3.Pedagogika va psixologiya fanlari bilan aloqasini taxlil qiling.
Foydalanish uchun adabiyotlar.
1. I.Karimov. «Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori»».T.
«O’zbekiston» 1997y.
2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. T. Ziyodova .B. To’xliev. O’zbek tili o’rganish metodikasi.Toshkent. «O’qituvchi»2006 y.
5. S.Nazarova.O’zbek tili o’rganish metodikasi.Toshkent. «O’qituvchi»1992 y «O’zbek tili o’rganish metodikasi» fani maqsad mundarijasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Ona tili predmetining xajmi, mundarijasi, maqsadi, o’ziga xos xususiyatlari, kursning barcha bilimlari, ular orasidagi bog’lanish, nihoyat, materiallarning sinflar bo’yicha taqsimotini aniqlash. O’quvchi va o’qituvchilarning vaqtini hamda kuchini tejash, shuningdek, o’rganishning samaradorligini oshirish maqsadida, o’rganishning eng qulay, eng foydali metod va usullarini tavsiya etish (bunda o’quv materialining o’ziga xos psixolingvistik tomoni, o’quvchining psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim metodini tanlash nazarda tutiladi).
3. O’quvchilarning ona tili dasturida belgilangan bilimlar sistemasini izchil o’zlashtirib, shu asosda muayyan malaka va iqtidor hosil qila olishlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar bilan bog’langan masalalarni hal etish.
4. Nimani o’rgatish? Qancha o’rganish? Nima uchun o’rganish? Qanday usullar bilan o’rganish? Nima uchun u yoki bu bo’limni o’rganishda muayyan bir metoddan foydalanish kerak? kabi savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |