1-MAVZU. O`ZBEK TILI O’RGANISh METODIKASI FANINING
MAQSAD VA VAZIFALARI.
Asosiy savollar
1.O`zbek tili o’rganish metodikasi fanining maqsadi.
2. O`zbek tili o’rganish metodikasi fanining vazifalari.
3. O`zbek tili ta’limi mazmunini yangilash
4. Barkamol avlodni tarbiyalash vositalari
Fanni o’rganish texnologiyasi
Ona tili metodikasi tariximavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
T//R
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs,vaqt
|
1
|
1.Tayyorlov bosqichi: Dars maqsadi: O`zbek tili o’rganish metodikasi fanining ob’ekti, maqsadi vazifalari haqida ma’lumot beradi. 1.2.Identiv o`quv maqsadlari: 2.1.Metod tushunchasining mazmunini ochib beradi. 1.2.1.O’zbek tili o’rganish usuli fanining maqsadi nima ekanligini aytib beradi. 1.2.3.O’zbek tili o’rganishning metod va usullari, muammolar haqida umumlashtiruvchi xulosa chiqaradi . 1.2.4. O’quvchi tarbiyasida bu metodlarning tutgan o’rni va roliga baho beradi.Asosiy tushuncha va iboralar: Metodika- metodos -o’rganish usuli,texnologiyasi. Tilni tizimli o’rganish - til sathlarini o’zaro uzviylik va uzluksizlikda o’rganish. 1.3.Dars shakli : Guruh va mikroguruhlarda. 1.4. Asosiy metod va usullar: suhbat, hikoya, baxs-munozara. 1.5.Kerakli jihoz va vositalar: videoproektor, tarqatma mater-lar
|
O`qituvchi
|
2
|
O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi:
2.1.Mavzu e’lon qilinadi.
2.2.Ma’ruzaning asosiy qismlari bayon qilinadi
|
O`qituvchi
15 minut
|
3
|
Guruhda ishlash bosqichi: 3.1.Talaba savolariga javob beriladi.
3.2. Ma’ruza bo’yicha nazorat test savollari tuzish.
3.3. Test savollarini guruh oldida himoya qilish.(nutq madaniyati shakllantiriladi, egallangan BKMlar darajasi aniqlanadi)
|
O`qituvchi
Talaba
40 minut
|
4
|
BKMlarni mustahkamlash va baholash bosqichi.4.1. Og’zaki so’rov.
Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
MYaKSh. “Til o’rganish metodikasi” nomli matn yarating.
Eng faol talabalar baholanadi.
|
O`qituvchi
15 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi sinaladi,5.2.mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O’qituvchi darsda erishilgan natijalarni tahlil qiladi, kerakli xulosa chiqariladi
|
O`qituvchi
10 minut
|
MAVZUGA OID TAYANCh TUSHUNCHALAR VA IBORALAR :
Metod,bilim ko’nikma va malakalar, ona tili predmeti, hajmi. maqsad, imkoniyat, shart-sharoit , muammoli ta’lim, ongli verbal kognitiv ta’lim (OVKT ),o’quvchi-o’qituvchi hamkorligi , sub’ekt- sub’ekt munosabatlari, modulli ta’lim, mustaqil fikrlash, o’quv motivlari, lingvopsixologik topshiriqlar tizimi, og’zaki va yozma nutq, matn yaratish, matn ustida ishlash texnologiyasi...
Mavzuga oid muammolar:
Fanning maqsadi, vazifalari, muammolari. O`zbek tilining maqsadi, metod va usullari, muammoli metodlari. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O’quvchini mustaqil fikrlash va ravon fikr ifodalashga o’rgatish, ijodiy tafakkurni shakllantirishda muammoli ta’limning ta’siri.
SAVOL BO’YICHA DARS MAqSADI :
Talabalarning o’zbek tili o’rganish metodikasi to’g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish va rivojlantirish.
1- SAVOL BAYONI:
Mustaqillik sharofati bilan o’zbek diyorida ham yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayot umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo’nalishlariga jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Xalq xo’jaligining barcha sohalari, shu jumladan, ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshlandi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun1, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»2, «Davlat ta’lim standartlari»3ning chop etilishi ushbu jarayonlardagi eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimov Respublika Oliy majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida jamiyatimizning yangilanishi, taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasi – zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bog’liqligini qayd etadi. Boshqa fanlar qatori O`zbek tili o’rganish metodikasi fani ham hozirgi kungacha boy pedagogik tajriba to’p-ladi.U pedagogika fanlari tizimidagi mustaqil fan sifatida shakllandi, rivojlandi, hozir ham rivojlanishda davom etmoqda. Uning mazmuni O`zbek tili ta’limining amaliy tizimini ishlab chiqishdan, O`zbek tiliga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etishdangina iborat bo’lmasdan, balki metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol til o’rganish metodlarini o’zida aks ettirgan ilmiy asoslarini ishlab chiqishdir.
O`zbek tili o’rganish metodikasi birinchi navbatda ruhiyat, falsafa va umumiy tilshunoslik bilan, tilshunoslikningg nazariy asoslari bilan chambarchas bog’liqdir. Yaxshi bilamizki, til va nutq ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi. Shunga qaramay ular ayni bir xil hodisa ham emas4. Ular nutqiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Uning vositalari esa turli ko’rinishlarga ega. Xususan, og’zaki, yozma nutq shuningdek, tilshunoslikda paralingvistik (har xil imo-ishoralar, mimikalar) deb nom olgan vositalar bo’lishi mumkin. Bunda bevosita nutqning o’zi ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mukin.
Nutqning yana bir vazifasi uning tafakkur quroli ekanligidadir So’zning inson tafakkuriga, ruhiyatiga, kayfiyatiga kuchli ta’siri ochiq haqiqatdir (Busiz badiiy adabiyotning bo’lishi mumkin emas edi). O`zbek tili o’rganish metodikasi fani ta’limning turli bosqichlarida til-ning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. "O`zbek tili o’rganish metodikasi" fanining oliy o’quv yurtlarida o’qitilishi maktabda o`zbek tili fanining etakchi fanlardan biri bo’lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o’rgatishidir.
Ona tili o’rganishga tegishli grammatik atamalar tizimining allaqachon shakllanganligi va ularning ta’lim amaliyotida faol iste’molda ekanligini ta’kidlash joiz. Shunga qaramay, bu sohada hali anchagina notugalliklar, har xilliklar mavjudligini e’tirof etishga to’g’ri keladi.
Tilni tizimli o’rganishga asoslangan ona tili o’rganish metodikasi talabalarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatish, ularning lug’at boyligini oshirish, o’zgalar nutqini anglash, fikrni aniq, ixcham, lo’nda ifodalash, so’z tanlash va uni o’rinli qo’llashni, og’zaki va yozma nutq malakalarini o’zaro uyg’unlikda shakllantirish, fikr ifodalashda shakl va mazmun mutanosibligiga, mantiqiy mukammallikka erishish yo’llarini o’rganadi. Ona tili metodikasi fani ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalashning lingvodidaktik (lisoniy-ta’limiy) asoslarini o’rganadi.
Ijodiy tafakkur sohibini, ya’ni, taraqqiyot sari yuz tutayotgan mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan, ijodkor va tadbirkor shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish ona tili ta’limi oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.Til o’rganish metodikasining asosiy maqsadi quyidagi chizmada aniq ko’rsatilgan.
Jadvalda ona tili o’rganish maqsadi 5 turda ko’rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |