Amaliy maqsad: til imkoniyatlaridan mustaqil va erkin foydalanish ko’nikma va malaka-larini hosil qilish;
Ta’limiy maqsad: talabalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini egallash, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: ma’naviy, g’oyaviy-estetik, gumanistik tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi maqsad: talaba shaxsini, uning nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish;
Yo’naltiruvchi maqsad: talaba ongi, idrok va tafakkuri, nutqiy bilim, ko’nikma va malaka-larni farqlash va tanlash qobiliyatini maqsadli yo’nalti-rish (Muammoli ta’lim: muammoli masala, muammoli topshiriq,muammoli vaziyat va h.k.)dan iborat.
1-jadval
Ona tili o’rganish metodikasining maqsadidan kelib chiqqan til imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli va unumli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish; mantiqiy – ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish; milliy istiqlol g’oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; talaba shaxsini ma’naviy (balog’at va fasohat ilmi bilan) boyitish ham til ta’limining dolzarb vazifalari bo’lib turibdi. Til metodikasini o’rganishning asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og’zaki va yozma shaklda, adabiy til me’yorlari asosida to’gri ifodalay oladigan bir ma’noni turli shakllarda bera bilish ko’nikmasi shakllangan adabiy nutq me’yorlarini egallagan etuk murabbiylarni tarbiyalab etkazishdir.
Ona tili o’rganish metodikasini o’rganish jarayonida qo’yidagi vazifalar bajariladi:
- o’quv mashg’ulotlarida til va nutq hodisalarini o’zaro farqlash, qiyoslash, umumlashtirish asosida olib borib, talabaning mustaqil va ijodiy fikrlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;
-talaba faoliyatini so’zga ehtiyoj hosil qiladigan o’quv topshiriqlari orqali maqsadli boshqarib borish, so’z boyligini oshirishni, tafakkur doirasini kengaytirish, nutqiy salohiyatni (og’zaki va yozma matn yaratish) shakllantirish;
-talabalarning kommunikativ savodxonlik darajasini orttirishning shakllari, vosita va usullarini o’rganish.
Demak, ona tili mashg’ulotlarida talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga yo’naltirish, so’z tanlash, gapda so’zni to’g’ri va o’rinli qo’llash o’z fikrini aniq, ixcham, ravon ifodalashga o’rgatish til o’rganish metodikasining birlamchi vazi-fasi bo’lsa, «talaba-talaba», «talaba-o’qituvchi» tizimida o’zaro muloqotni, bahs-u munozarani to’g’ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jara-yonlarini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirishni o’rganish, talabalarni o’qituvchilik mahorati va ilg’or texnologiya bilan tanish-tirib borish metodika fanining ikkinchi va bag’oyat muhim vazifasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingach, Ta’lim tizimini yangilash va takomillashtirish haqidagi tarixiy qarorlar qabul qilina boshladi. Ijtimoiy hayotda tub o’zgarishlar, jamiyat hayotida keskin burilishlar yuzaga keldi. 1992 yilda qabul qilinganTa’lim haqida» gi Qonun jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning talab va ihtiyojlariga mos kelmasligi ma’lum bo’lib qoldi. Shuning uchun ham 1997 yilda yangi tahrirdagi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun yuzaga keldi. Ushbu Qonun ta’lim tizimida yuzaga kelgan yangiliklarning huquqiy asoslarini ko’rsatib berdi. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9 inchi sessiyasida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Yangi tahrirdagi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning asosiy tamoyillari quyidagicha belgilangan.
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekanligi;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi; - umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishliligi;
akademik litseyda yoki kasb - hunar kollejida o’qishning ixtiyoriyligi;
-ta’lim tizimi -ning dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-ta’lim dasturlarini tanlashga demokratik tabaqalashtirilgan yondashuv;
-bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;-ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish»1.
Uzluksiz ta’limning yangi tizimi bo’yicha talabalar oliy o’quv yurtlarida, alohida mutaxassislikka yo’naltirilgan kollejlarda kasb-hunar egallash bilan birga umumiy o’rta ma’lumotli bo’ladilar, akademik litseylarda esa, chuqurlashtirilgan ta’lim tayyorgarligi oladilar. Bunda asosiy e’tibor yoshlarda mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini ohzaki va yozma holda izchil, to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |