Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar :
Ta’lim. Tarbiya. Umumdidaktik printsip. O’ziga xos printsiplar.
Mavzuga oid muammolar:
O’qituvchi ta’limni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammosini hal etadi.
Umumdidaktik printsip bilan o’ziga xos printsiplarni uzviy qo’shib olib borish.
Ta’lim printsiplarining bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekanligi muammosi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi :
O’rganish printsipi haqida bolalarga tushuncha berish. Kelajakda bolalarga ta’lim -tarbiya berish jarayonida ushbu ta’lim printsiplaridan to’g’ri foydalana olish.
Identiv o’quv maqsadlari :
O’rganish printsipi nima ekanligini tushuntirib beradi .
Umumdidaktik printsiplarning asosiy turlariga munosabat bildiradi .
O’ziga xos printsiplari ham ta’lim jarayonida muhim rol uynashi izohlab beriladi.
Ta’lim printsiplari jamiyatimizning maktab oldiga qo’ygan talablaridan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish o’rganish printsiplarini amalda to’g’ri qo’llash bilan chambarchas bog’langan.O’rganish printsipi nima?
"Priptsip" lotincha so’z bo’lib, asos, qoida, talab singari ma’nolarni ifodalaydi. "O’rganish printsipi" deganda dars samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga qo’yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O’qituvchi ta’lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talablardan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ta’minlagan holda amalda tadbiq etish orqali ko’zlangan maqsadga erishadi. Ona tili darslarida bir tomondan umumdidaktik printsiplar, ikkinchi tomondan shu fanni o’rganishning o’ziga xos printsiplarini xisobga olishga to’g’ri keladi.
Umumdidaktik printsiplar garchand maktabda o’qitiladigan barcha fanlarga aloqador bo’lsa -da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda o’qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy bo’lgan didaktik printsiplar: o’rganishning bolaga ma’lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi; o’rganishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik va mustaqillik; ko’rsatmalilik; o’quvchilarga individual munosabatda bo’lish va ularning o’quv imkoniyatlarini xisobga olish sanalsa ham, ammo ona tili o’rganish nazariyasi va usuliyatida ularning har biri o’ziga xos mazmun kashf etadi.
Ona tili o’rganishda umumdidaktik printsiplar bilan bir qatorda shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o’ziga xos printsiplar ham mavjud:
a) "til - me’yor - nutq mutanosibligi" printsipi; b) o’zbek tili fanini o’rganish orqali o’quvchilar tafakkurining o’sishiga erishish printsipi; v) o’zbek tilini o’rganishda mavzulararo, bo’limlararo va fanlararo bog’lanishga qatiy amal qilish printsipi; g) o’quvchilarni til hodisalarini ajratishga o’rgatish printsiii; d) o’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilar-ning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgirligini oshirish printsipi; s) ona tili o’rganishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish printsipi.
Maktabda ona tili o’rganishning o’ziga xos printsiplari umumdidaktik printsiplar bilan uyg’unlashib, ona tili darslari samaradorligini ta’minlovchi asosiy talablar silsilasini vujudga keltiradi.Quyida umumdidaktik va ona tili o’rganishning o’ziga xos printsiplariga alohida to’xtalib o’tamiz.
Ona tili o’rganishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg’unligi printsipi. Maktabda o’quvchilar ona tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi yuzasidan o’ta zarur bo’lgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarni to’g’ri ishlatish yuzasidan zarur ko’nikma va malakalar bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg’ulotlari o’quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir.
Ta’lim, tarbiya va rivojlanish - bir butun jarayon. Ularni bir -biridan ajratgan holda alohida - alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birik -ketinlik bilan amalga oshirib bo’lmaydi. O’quvchilar til hodisalarini o’rganar ekan, ayni vaqtda shu jarayonda ularga tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi. Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi muhim vositadir.Ona tili mashg’ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang - barang bo’lsa, o’quvchilarning til material - lariga qiziqish darajasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Ona tili darslarini o’quvchilarning kundalik hayoti, mehiat faoliyati, turmushi bilan bog’lash, foydalanish uchun tanlanadigan rasmlarning mazmun va tematik rang - barangligini kuchaytirish, darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo’nalishini oshiradi.
Ma’lumki, ona tili darslarida o’quvchilar bajaradigan ishlar: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari; xayol, diqqat, xotira tafakkur kabi shaxsiy psixik xususiyatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni engishga, mustaqil ijodiy faoliyat ko’rsatishga samarali ta’sir ko’rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o’quvchi shaxsini rivojlantiradi.
Shunday qilib, ona tili darslari ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko’zlaydi. Bu printsiplar qancha uyg’un bo’lsa, ona tili darslarining samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |