Ona tili o’rganishning o’ziga xos printsiplari. O’qituvchi ona tilining umumdidaktik printsiplari bilan bir qatorda, uning o’ziga xos printsiplarini ham yaxshi bilishi va ta’lim jarayonida unga qatiy amal qilishi lozim.
Ona tili o’rganishning o’ziga xos printsiplari shu tilning o’z tabiatidan kelib chiqadi. Modomiki pgunday ekan, tildan o’rganiladigan bilimlarning manbai ham o’zbek tilshunosligi fani sanaladi. Chunki tildan beriladigan bilimlarning nazariy asoslari, ularning o’ziga xos xususiyatlari tilshunoslik fanida o’z ifodasini topgan. Ammo tilshunoslik fani "Tilni qanday o’rganish kerak?", "Tildan o’zlashtiriladigan bilimlarning hajmi va mundarijasi qanday bo’ladi?" degan savollarga javob topa olmaydi. Chunki tilni o’rganish muammolari bilan metodika shug’ullanadi. Demak, tilni o’rganishning metodik printsiplari, bir tomondan o’zbek tilining o’z xususiyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan tilni o’zlashtirish psixologiyasiga ko’ra belgilanadi. Biz quyida ona tilining o’ziga xos printsiplariga alohida-alohida to’xtalamiz:
"Til-me’yor-nutq mutanosibligi" printsipi. Ma’lumki, ona tili mash-g’ulotlarida o’quvchilar ko’p hollarda tilga oid nazarny bilimlarni egallash bilan o’ralashib qolib, til me’yorlaridan unumli foydalanish, nutqni takomillashtirish ustida kam ishlaydilar. Bu hol, shubxasiz, ona tili darslarida o’quvchilarning zerikishiga, zo’rma -zo’raki "o’rganilgan" til hodisalarining tezda unutilishiga sabab bo’lmoqda.
Til nima? "Til deganda- ta’rif beradi H.Ne’matov, - jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo’yilgan, hamma uchun umumiy, ya’ni qabul qilinishi va qo’llanilishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda bu birliklarning o’zaro birikishi va bog’lanishini belgilovchi qonun -qoidalar yig’indisi tushuniladi". Demak, til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga etkazish uchun imkoniyat sifatida o’quvchining ongida mavjud.
Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari, qo’shimchalar, so’zlarni), ularning birikish qonun - qoidalarini o’quvchi jamiyatdan tayyor holda oladi, hali ona tilini maxsus o’quv fani sifatida o’rganmagan shaxs ham so’zlarni o’zaro biriktirib, gap qura oladi. U o’z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o’zgalar fikrini tushunadi.Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko’nikmalar o’quvchining o’zida mavjud bo’lgan ana shu imkoniyatlarni kengaytiradi; ya’ni uni o’zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib kirish orqali fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalashga erishtiradi.
Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma - xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad ko’p va xilma -xildir.
Me’yor nima? Me’yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini o’quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, me’yor nutqni ro’yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan foydalanish uchun ko’rsatkichlar majmuasi sanaladi. Me’yorning oliy ko’rinishi milliy, adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til me’yorlaridan xabardor o’quvchigina ona tili ta’limining so’nggi natijasi matn yaratishga qodirdir.
Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, voqelanishidir. Tilning boy ichki imkoniyatlaridan xabardor shaxs o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda bemalol bayon qila oladi. Ona tili ta’limida "til - me’sr - nutq" o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, birini ikkinchisisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Dars mashg’ulotlarida ular o’rtasida mutanosiblik o’rganilmasa, ona tili ta’limining asosiy maqsadi - nutqiy taraqqiyot ortda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |