Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi



Download 55,74 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi55,74 Kb.
#720479
  1   2
Bog'liq
6utgj99L6eWGtlXwvOPL7sGMv4WmJQKPr5zfsrBy


1.2. Ta’lim tizimini boshqarish

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yoʻnalishi deb e’lon qilingandir. Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qoʻshilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.


Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga koʻra «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 1997 yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim togʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinib hayotga joriy etildi. «Ta’lim togʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, professional ta’lim oʻrgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan boʻlib, ushbu qonunning 3-moddasiga koʻra ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy oʻrta, shuningdek oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limining majburiyligi;

  • oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi yoʻnalishini: akademik litseyda yoki professional ta’lim kollejida oʻqishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli boʻlishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasida bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oʻqitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida toʻlov evaziga professional ta’lim oʻrgatish, barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oʻquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega boʻlishi, oilada yoki oʻzi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan oʻtgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

1.2. – rasm. Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim turlari.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini koʻzlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy oʻrta ta’lim bosqichlari quyidagicha:

1.3. – rasm. Umumiy oʻrta ta’lim bosqichlari.
Boshlang‘ich ta’lim umumiy oʻrta ta’lim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy oʻrta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
Oʻrta maxsus, professional ta’lim olish maqsadida har kim umumiy oʻrta ta’lim asosida akademik litseyda yoki professional ta’lim kollejida oʻqishning yoʻnalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va professional ta’lim kollejlari egallangan professional ta’lim boʻyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos boʻladigan oʻrta maxsus, professional ta’lim ta’limi beradi.
Akademik litsey oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va professional ta’limga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik oʻrta maxsus oʻquv yurtidir. Professional ta’lim kolleji oʻquvchilarning professional ta’limga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar boʻyicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik oʻrta professional ta’lim oʻquv yurtidir.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oʻquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) oʻrta maxsus professional ta’lim ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot togʻrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha puxta bilim beradigan, oʻqish muddati kamida toʻrt yil boʻlgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqotmuassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga koʻmaklashadi. Bolalarni oilada oʻqitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yoʻsinda yordam koʻrsatiladi.

Download 55,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish