Uslubiyat. Mustaqil yaratilgan matnni tahrir va tahlil qilish.
|
Dars jarayonida gapda aloqa munosabat turlarini o`rgatuvchi tarqatma kartochkalar va texnik vositalardan unumli foydalanishni o`rganish. “Matn tahriri” yuzasidan auditoriya da namunaviy dars tashkil qilish. Berilgan matnlarning grammatik va sintaktik tahlili bilan shug`ullanish. Nazorat testlari tuzishni o`rganish
|
2
|
|
|
Jami
|
20
|
T A V S I Ya E T I L G A N A D A B I Yo T L A R
1. I.A. Karimov “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.Toshkent,1998.
2. G`ulomov. Ona tilidan o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. Toshkent 1989.
3. Safarova R. "Ona tili ta'limining yangilangan mazmuni va uning didaktik asoslari" kitobi, -T:,1995 y.
4. G`ulomov A.Q. va boshq, "Nutq o`stirish mashg`ulotlari",-T:, 1995 y.
5. Ne'matov H.G`., G`ulomov A.Q..«Maktabda til sathlarini o`zaro bog`lab o`rganish», Metodik qo`llanma. Toshkent, 1995 yil.
6. Yo`ldoshev Q., «O`qituvchi kitobi» ,Toshkent,1998 y.
7. Hojiev A,«O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati»,-T:,1978 y.
8. Raxmatullaev Sh. «O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati»,-T:, 1978 y.
9. Ziyodova T. O`zbek tili o`qitish metodikasi. Yangi asr avlodi. –T:, 2006.
10. Ziyodova T. Hozirgi o`zbek adabiy tili uslubiyati. Xalq merosi,-T:, 2003.
11 Ziyodova .T O`qituvchi kitobi. Yangi asr avlodi,-T:, 2002.
12. Ziyodova T. Ona tili . Video-repetitor, GulDU, 2008.
13. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi, FAN,–T:, 2008
14. Ziyodova T. U va boshq.,O`zbek tili o`qitish metodikasi, EO`Q. Guliston, 2008
O’zbek tili o’qitish metodikasi fanidan baholash mezonlari
1. “O’zbek tili o’qitish metodikasi ” fanidan talabalarning bilimlarni o’zlashtirish va ko’nikma-malakalarni egallaganlik darajasi reyting asosida ballar orqali aniqlanadi va qayd etiladi.
2. “O’zbek tili o’qitish metodikasi ” fani bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Umumiy ball nazoratning joriy, oraliq, yakuniy kabi 3 turi bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball;
oraliq nazoratlarga – 20 ball;
joriy nazoratlarga – 15 ball.
Oraliq nazoratlar kamida ikki marta o’tkaziladi, joriy nazoratlar ham kamida ikki marta o’tkazilishi va shular vositasida yuqorida qayd etilgan ballar yig’ilishi lozimligi ko’zda tutiladi. Joriy nazoratlar miqdori mavzularning ko’lamiga, og’ir-engilligiga ko’ra belgilanadi.
3. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini belgilashda quyidagi pedagogik o’lchovlarga amal qilinadi:
a) 86-100 ball to’plash uchun talaba egallagan bilim, ko’nikma va malakalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ijodiy fikrlay olishi;
fan bo’yicha yuqori amaliy malakaga ega bo’lishi;
mustaqil qaror qabul qilishi;
mustaqil fikr yurita olishi;
olgan bilimlarini tajribada qo’llay olishi;
fanning mohiyatini tushunishi;
shu fanga doir barcha ilmiy tushunchalarni bilishi;
ilmiy-tanqidiy matn nazariyasi va amaliyoti fani yuzasidan o’rganganlarini amaliyotga to’liq tadbiq qila olishi kerak.
b) 71-85 ball olish uchun talaba egallagan bilim, ko’nikma va malakalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
fanga tegishli asosiy ilmiy tushunchalarni bilishi;
fan bo’yicha etarli amaliy malakaga ega bo’lishi;
olgan bilimlarini amalda qo’llay bilishi;
tushunchalarning mohiyatini anglashi;
shu fan yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishi lozim.
v) 56-70 ball olish uchun talaba egallagan bilim, ko’nikma va malakalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
fanning mohiyatini tushunishi;
eng muhim tushunchalarni bilishi;
fan yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishi
“O’zbek tili o’qitish metodikasi” fani yuzasidan olgan bilimlarini amalda qo’llash ko’nikmalarini o’zlashtirishi.
g) talabaning bilim, ko’nikma va malakalari 0-55 ball bilan quyidagi hollarda baholanadi:
fanning mohiyatini aniq bilmaslik;
matn bilan ishlash amaliyotiga ega emasligi;
joriy va nazorat ishlarini sababsiz bajarmaslik;
fanning amaliyotdagi o’rni to’g’risida ilmiy tasavvurga ega bo’lmaslik.
Talabalarning joriy, oraliq nazorat ishlaridan olgan baholari olingan kundan o’n kundan ortiq bo’lmagan vaqt ichida e’lon qilinadi. Yakuniy nazorat baholari esa, o’sha kunning o’zida, kechi bilan ertasiga talabalarga bildiriladi.
Tuzuvchi: pedagogika fanlari nomzodi
T. Ziyadova
Do'stlaringiz bilan baham: |