O'zbek tilshunosligida qo'shma gaplar tadqiqi reja



Download 17,23 Kb.
Sana20.05.2023
Hajmi17,23 Kb.
#941781
Bog'liq
O\'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO\'SHMA GAPLAR TADQIQI


O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO'SHMA GAPLAR TADQIQI
REJA:
1. O‘zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplarning o‘rganilishi masalasi 
2. Sintaktik birliklar va munosabatlar yadrosi

Grammatikaga oid ilmiy adabiyotlarda tilning boshqa yaruslariga, masalan, leksika va morfologiyasiga qaraganda sintaksis masalalari kam o‘rganilganligi aytiladi. Buyuk ajdodimiz Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari yoki bo‘lmasin, ulug‘ Alisher Navoiyning «Muhokamat ullug‘atayn» asarlarida so‘zlarning fonetik, leksik, morfologik xususiyatlariga ko‘proq to‘xtalganligi bu fikrning ma`lum darajada haqiqatga yaqinekanligidan dalolat beradi. SHu bilan birgalikda, o‘zbek tilshunosligida ona tilimiz sintaksisini tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlar ham salmoqli ekanligini ta`kidlash joyiz. Birgina «O‘zbek tili grammatikasi» ikki jildlik akademik nashrining ikkinchi jildi fikrimizning yorqin dalili bo‘lib hisoblanadi. Ushbu jild to‘laligicha sintaksis muammolari echimiga, jumladan, sintaktik aloqalar va sintaktik munosabatlar, ularning turlari, so‘z birikmalari nazariyasi, sodda, murakkab va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar, aralash gaplar sintaksisi talqiniga bag‘ishlanganligi bilan tilshunosligimiz tarixida juda katta nazariy ahamiyat kasb etgan. Keyingi yillarda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalariga ham u nazariy asos vazifasini o‘tgan. Mustaqillik davri o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrga kelib o‘zbek tili sintaksisini sistemaviy o‘rganishga jiddiy e`tibor berildi. O‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yo‘nalishda olib borildi: formal-semantik va formal-funktsional. Har ikki yo‘nalish ham o‘zbek tilining ichki tuzilishini ob`ektiv o‘rganishda muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu haqda A.Nurmonovning «O‘zbek tilshunosligi tarixi» asarida quyidagilarni o‘qiymiz: «Birinchi yo‘nalish bo‘yicha N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (Toshkent, 1992), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis (Toshkent, 1995), S.Mahmatqulovning «O‘zbek tilining predikativ sintagma transformatsiyasi» (Toshkent, 1998) kabi asarlari, M.Hakimovning matn pragmatikasi talqiniga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasi; ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha R.Sayfullaevaning qo‘shma gaplarning formalfunktsional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M.Qurbonovaning «O‘zbek tilida formal-funktsional yo‘nalish va sodda gap qurilishning talqini» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Har ikki yo‘nalish tarafdorlarining umumiy tomoni shundaki, ularning barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi Har ikki yo‘nalish tarafdorlari gapning konstruktiv markaziy birligi sifatida kesimnie`tirof etadi. Gapning boshqa uzvlari shu markaziy bo‘lakning mazmuniy va grammatik valentliklari asosida belgilanadi. Har ikki yo‘nalish sintaktik modellar va ularning nutqiy jarayondagi turlicha gavdalanishi o‘rtasidagi munosabatlarini yoritishga e`tibor beradi. Bu ikki yo‘nalish o‘rtasidagi farq faqat mazmunga munosabatdadir. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari shakl va mazmun munosabatiga jiddiy e`tiborni qaratsa, ikkinchi yo‘nalish vakillari lingvistik birliklarning shakl va vazifasiga ko‘proq diqqatni jalb qiladilar. SHakl va mazmun munosabatini tadqiq qilish jarayonida shakl va mazmun birliklari o‘rtasidagi mutanosiblik (simmetriya) va nomutanosiblik (assimetriya), tagbilim va tagma`no, mazmuniy sinkretizm, sintaktik transformatsiya, sintak omonimiya va sinonimiya, kommunikativ bo‘linish va ular o‘rtasidagi munosabatlar atroflicha yoritib berildi. SHakliyvazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoniyati tug‘ildi. Maksimal qoliplarni tashkiletgan minimal birliklar o‘rtasidagi munosabat va minimal birliklarning kesimlik shakli asosida qo‘shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik (kesimlik shakllari) qismlarga ajratilishi va bu qismlarning valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini o‘rganish gapni tashkiletgan sintaktik uzvlarni bir necha darajalarga ajratish imkonini berdi. Natijaa sintaktik bo‘laklarni rus tilshunosligi andozalari asosida faqat bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajratish an`anasidan tashqariga chiqishga imkon yaratildi».Sintaktik birliklar va munosabatlar yadrosida gap turadi. Bu uning tugal bir fikrni ifodalashi, ohang jihatdan yaxlit butunlikdan iboratligi bilan izohlanadi. Tilshunoslikda gapning turli xil ta`riflari mavjud. Ammo biz ularning faqat ayrimlarini – akademik A.Hojiev va prof. SH.Rahmatullaev bergan ta`riflarni keltirish bilan chagaralanamiz: «Til qonunlari asosida grammatik va ohang 
jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Gapning grammatik asosini predikativlik zamon kategoriyasi, modallik kategoriyaci va xabar ohangi tashkil etadi. Gaplar tuzilishi, kommunikativ vazifasi va b. belgilariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi». «Gap ham boshqa sintaktik birliklar qatori supersegment lisoniy birlik: miyaning til xotirasi markazida gapning qoliplari mavjud. Gapning bosh qolipi ikki a`zodan, aniqrog‘i ikki sintaktik bo‘lakdan iborat bo‘ladi; bu sintaktik bo‘laklar uchun qurilish ashyosi bo‘lib birinchi navbatda leksemashakl xizmat qiladi. Demak, til qurilishi birliklari orasidagi ierarxiya bu erda leksemashakl bilan gap orasida mavjud». Bu qarashlarda birbirini to‘ldiruvchi ikki holatni kuzatamiz. A.Hojiev gapning mazmuniy yaxlitligiga grammatik va ohang jihatdan butunligiga e`tiborni qaratadi. Predikativlining uning asosiy lingvistik xususiyati sifatida baholaydi. SH.Rahmatullaev esa uning mantiqiy jihatini ham qamrab oladi. Kishi miyasida avvaldan mavjud bo‘lgan sintaktik qoliplar asosida shakllanadigan gap strukturasida leksemalarning asosiy unsur sifatida ishtirok etishini ta`kidlaydi. Agar bu ikki mulohaza yaxlitlikda olib qaralsa, gap boshqa sintaktik butunliklardan farq qiluvchi, ular orasida o‘ziga xos bo‘lgan belgilarga ega ekanligi ma`lum bo‘ladi. Har bir gapda ma`lum fikr, maqsad va hishayajon ifodalanadi. Uning o‘ziga xos belgilari mavjud. SHulardan biri modallikdir.Uning o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda alohida ohangning mavjud bo‘lishidir. Boshqacha aytganda, har bir gap alohida ohang bir aytiladi va bir butunlikni tashkil qiladi. Gap mazmuniy va grammatik tuzilishga ega. Har bir gap muayyan mazmunni ifoda etadi. SHuning uchun ham unda gap sub`ekti va gap ob`ekti singari kategoriyalar amal qiladi. Mazmun ana shu sub`ekt va ob`ekt munosabati yaxlitligida shakllanadi. Nutqiy aloqa yuzaga keladi, ayni paytda, gap bundan ham yuqoriroq fikr mazmuniga qo‘shimcha tarzda turli hisemotsiya, ta`sirchanlik ifodalovchiestetik vazifani ham ado etadi. Mutaxassislar gaplarning tuzilishi jihatidan sodda, murakkab, qo‘shma turlari va periodlar mavjudligini ta`kidlaydilar. Ularning har biri alohida grammatik qurilish va ko‘rinishlarga ega. Masalan, ma`lum bir fikrni ifoda etadigan, maqsadni ifodalaydigan, grammatik va ohang jihatdan bir butunlikni tashkiletadigan sodda gaplar tuzilishiga ko‘ra ham o‘ziga xos. Ular yig‘iq yoki yoyiq gaplar bo‘lishi mumkin. Agar gap faqatgina bosh bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lsa, ular yig‘iq, agar gap tarkibida ikkinchi darajali gaplar ham qatnashsa, bunday gaplar yoyiq gaplar deb qaraladi. Gaplarning tarkibi ham turlicha va shunga ko‘ra ularni tilshunoslar bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ajrataldilar va bunda, yig‘iq va yoyiq gaplardan farqli o‘laroq, gapning bosh bo‘laklarining nutqda ishtirok etish-etmaslik masalasi asos qilib olinadi. Ikki tarkibli gaplar asosini bosh bo‘laklar – ega va kesim tashkil qiladi.«Gapning fikr predmetini anglatadigan bo‘lagi ega, ana shu fikr predmetining ma’lum bir belgisini anglatadigan bo‘lagi kesim deyiladi».Biz dissertatsiya ishimiz mavzusidan kelib chiqib, quyida bir tarkibli gaplar xususida mulohaza yuritamiz. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2002, -Б.221-222. 


2. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. - Тошкент: «ЎзМЭ», 2002, –Б.29. 
3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: «Universitet», 2006, -
Б.272. 
4. Ўзбек тили грамматикаси, II том. – Тошкент: «Фан», 1975, -Б.96. 
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili, -
Б.272. 
Download 17,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish