O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Nazorat savollari: 
1. 
Lizimetrik tajribalar yordamida er osti suvlarining tuproqdan bug‘lanish va 
o‘simliklardan transpiratsiyaga sarfini aniqlash nima? 


172 
2. Er osti suvlarining tuproqdan bug‘lanishi qanday aniqlanadi? 
3. o‘simliklardan transpiratsiyaga sarfini qanday aniqlanadi? 
6.10.Tuproq aeratsiya qatlamida tuzlar to„planishiga ko„ra sizot suv sarfi 
aniqlash. 
6.10.1. Tuproq aeratsiya qatlamida tuzlar to„planishiga ko„ra sizot suvlar sarfini 
aniqlashni tashkil etish. 
Sizotning evopatranspiratsiga sarflanishini aniqlash bo„yicha keng tarqalgan 
va ko„pchilik qabul qilgan uslub lizimetrda olib boriladigan tajribalardir. 
Lizimetrik tadqiqotlar turli-tuman tabiiy sharoitlarni modellashtirish
ulardagi suv iste‟moli miqdorini belgilovchi zaxob sathi va sho„rlanish 
darajasining ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini, tuproqning suv-tuzlanish tartibi va 
boshqa omillarni batafsil o„rganish imkonini beradi. Ammo bu uslub katta sarfr-
xarajat va maxsus uskunani talab etadi. Bundan tashqari ba‟zi hollarda, ayniqsa, 
tuproq tuzilishi buzilgan lizimetrlarda olingan ma‟lumotlarga ko„ra, zaxob sarfi 
bunday suvlarning tabiiy sharoitda sarfiga nisbatan biroz kamroq bo„ladi. Bunda 
lizimertda zaxobning tabiiy bosimi yo„qligi ta‟siri seziladi. 
G„o„za va makkajo„xori bilan band bo„lgan dalalarda suvning yalpi sarfini, 
shu jumladan, bug„langan zaxob miqdorini tuproq aeratsiya qatlamidagi tuzlar 
to„planishiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun sug„orish paykalidan 25-30 
m
2
li 6 maydoncha tanlab olinadi. Ular quyidagi tarzdagi maydonchalardir: 
1.O„simliksiz yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfsiz). 
2.O„simlik bilan yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfi faqat taraspiratsiyaga). 
3.O„simlik bilan yopiq va sug„oriladi (sug„orishda namlik sarfi faqat 
transpiratsiyaga). 
4.O„simliksiz ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi bug„lanishga yaydoq yuzadan). 
5.O„simlik bilan ochiq, sug„orilmaydi (sug„orishsiz, namlik sarfi 
evapotranspiratsiyaga). 
6.O„simlik bilan ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). 


173 
Maydonchalar zovurlar va sug„orish shaxobchalari ta‟siri eng kam bo„lgan 
joydan tanlanadi. 
Birinchi maydonchada namlik yo„qotilishini va ikkinchi, uchunchi 
maydonchalarda namlik bug„lanishga sarflanishini bartaraf etish uchun yuza qism 
ikki qavat polietilin plyonka va 10 sm. tuproq bilan yopiladi. 
Maydonchalarni yon tomondan izloyasiya qilish maqsadida, ya‟ni namlik va 
tuzlarning ichkari (oqib kelishi) yoki tashqi (oqib ketishi) tomonga harakatini 
bartaraf etish uchun har bir maydoncha atrofida zaxob sathigacha aylanma chuqur 
kavlanadi. Maydonchalar yon devorlari ikki qavatli polietilen plyonka bilan 
yaxshilab qoplanadi. Ayniqsa, plyonkaning ikkala qavati choklari, shuningdek, 
maydoncha burchaklari ham yaxshi bekitiladi. 
YOpiq maydonchalarda ekish davrida 70x70 sm tizimda plyonka chigit 
uchun 60x60 sm va makkajo„xori doni uchun teshiklar ochiladi. Nihollar olish 
uchun teshiklar paxta bilan vaqtincha bekitiladi. 
Tajriba maydonchalari atrofdagi ziroatlar sug„orilayotganda tasodifan suv 
kirib ketishining oldini olish uchun 30-40 sm.li marzalar bilan o„raladi. 
O„simlik va ularsiz, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan, shuningdek, 
o„simlikli yopiq, sug„oriladigan maydonlarda barcha agrotexnik tadbirlar 
(sug„orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish va begona o„tlarni chopiq 
qilish) bajariladi. Bu tadbirlarni o„tkazish muddati va ularning turi xuddi atrofdagi 
xo„jalikdagi kabi. 
YOpiq o„simlikli, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan maydonchalarda 
o„g„itlarning yillik me‟yori ekishgacha (kuzgi shudgordan oldin va turoqqa ekish 
oldi ishlovi berishdan avvl) solinadi. 
O„simlikli yopiq maydonchada sug„orish uchun (3-maydoncha) qator 
orasida plyonka tilinib, egat qilinadi. Sug„orish tugagandan keyin tuproq yuzasi 
yaxshilab berkitiladi
Sug„orish muddatldari o„simlik bargi shirasining 
konsetratsiyasi bo„yicha qo„l refraktometri yordamida belgilanadi, me‟yorlari 


174 
tuproqdagi namlik taxchilligidan 30 % oshirib belgilanadi. Sug„orishda suv sarfi 
“CHippoletti” suv o„tkazgichi bilan amalga oshiriladi. 
Bahorda tajriba boshlashdan avval tuproq mexanik va mikroagregat tarkibi, 
namlik va solishtirma og„irlik, dala nam sig„imi namlik va tuz tarkibi har 0-10 va 
0-20 sm.da zaxob sathigacha aniqlanadi. 
Gumus va azot, fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari haydov (0-
30 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlari bo„yicha belgilanadi. Hajm va 
solishtirma og„irlik ma‟lumotlari asosida tuproq g„ovakligi hisoblanadi. Hajm 
og„irligi amal davri oxirda aniqlanadi. Hajm og„irligi qiymatlari asosida turoqning 
zichligi, tuzilishi tavsiflanadi. Hajm og„irligi qiymatlari shuningdek, namlik va tuz 
tarkibini % dan m
3
/ga va t/ga birliklarga o„tkazish uchun hm zarur. 
Namlik va tuz tarkibi barcha maydonchalar tuproqlarida amal davri boshida, 
g„o„za gullaganda yoki makkajo„xori, ro„vak chiqarganda, ko„sak ochilganda yoki 
makkajo„xori doni sut-mum pishishi va amal davri oxirida tahlil qilinadi. G„alladan 
keyin ekilgan dalalarda tegishli ko„rsatkichlar to„plashgacha, naychalashgacha, sut 
pishish va to„liq pishish davrilarida aniqlash muhimdir. Tuproq namunalari 
maydoncha markazida har 0-10 va 0-20 sm. dan zaxob yuzasigacha uch 
takrorlanishda olinadi. Burg„ulangan quduqdan zaxob namunasi olinadi. Amal 
davri boshi va oxirida olingan namunalarda quruq qoldiq, Sℓ
1
,NSO
3
1
va SO
4
11

boshqa muddatlarda olinganlarida eng quruq qoldiq va Sℓ
1
tahlil etiladi. 
Tajriba dasturiga ko„ra, namlik va tuz tarkibi amal davri boshida, keyin har 
oyda, shuningdek, har suv oldidan va undan keyin aniqlanadi. 
Ziroatli maydonchalarda o„sish va rivojlanish bo„yicha fenologik kuzatuvlar 
O„zPITI uslubi bo„yicha bajariladi. Ziroatlar hosildorligi (o„simliklar quruq vazni, 
paxta, g„alla-don hosili, makkajo„xori doni) hisoblanadi. 
O„simliklar orqali tuzlarning olib chiqib ketilishini hisoblash uchun quruq 
vaznli namunada quruq qoldiq, Sℓ va SO
4
tarkibi tahlil qilinadi. 


175 
Tajriba maydonida zaxob sathini kuzatish uchun kuzatuv qudug„i o„rnatiladi. 
Zaxob sathi har o„n kunda tuproq namunalari namlik va tuzlar tarkibi tahlili uchun 
olingan kunda o„lchanadi.
Ma‟lumki, suvda eriydigan tuzlar namlikning kapillyarlar orqali harakati 
jarayonida zaxob sathidan yuqori qavatga (aeratsiya qatlami) olib chiqiladi. Ammo 
tuzlar tuproq qatlamida diffuziya jarayonida ham qayta taqsimlanadi.
Tuzlar diffuziyasi jarayonini ¢rganish uchun ¢simliksiz yopiq maydoncha 
uslubi qo„llaniladi. Bunda tuproq namligi sarfi va namlikning yuqoriga qo„tarilishi 
ro„y bermaydi.
Kapillyar oqim bilan ko„tarilgan tuz miqdorini aniqlash uchun 2-6 
maydonchalarda ma‟lum vaqtda to„plangan jami tuz miqdoridan ¢simliksiz yopiq 
maydonchada diffuziya jarayonida shu davrda to„plangan tuzlar miqdori ayiriladi.
Hisob quyidagicha yuritiladi: umumiy tuzlarning (quruq qoldiq bo„yicha) 
birinchi maydondan boshqalarida to„plangan miqdori M harfi bilan, birinchi 
maydonda diffuziya yo„li bilan to„plangan tuzlar miqdori Md bilan belgilanganda, 
farqi Mk=M-Md (kapillyar oqim bilan aeratsiya qatlamida to„plangan tuzlar 
miqdori).
Endi tuzlar miqdori (Mk) va hisob davrida zaxobning o„rtacha 
sho„rlanganligi (m) aniqlangan holda zaxob sarfi (P) oson hisoblanadi.
SHunday qilib,
.
/
3
га
м
m
Мk
П

YUqorida qayd etilgan maydonchalarda bajarilgan tadqiqotlar asosida 
quyidagilarni aniqlash mumkin: 
1. G„o„za-g„alla don va makkajo„xori etishtirishda evapotranspiratsiyaga 
sarflangan suvning yalpi miqdori; 
2. Zaxob, yog„ingarchilik va tuproqdan suv sarfi; 
3. Sug„orishda va sug„orishsiz sharoitda alohida tuproq yuzasidan va 
o„simliklar transpiratsiyasiga suv sarfi; 


176 
4. O„simliklar rivojlanish pallalari bo„yicha suvning tuproq yuzasidan va 
o„simliklar transpiratsiyasiga sarfining o„zaro nisbati; 
5. Diffuziya jarayonida tuzlar harakatining miqdoriy qiymatlari. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish