O‘quv qo‘llanma


Turli boshqaruv darajasidagi transport tarkibi sinflari



Download 1,03 Mb.
bet11/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

2.3. Turli boshqaruv darajasidagi transport tarkibi sinflari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishidan oldin uning temir yo‘llari O‘rta Osiyo temir yo‘llari tarkibiga kirgan bo‘lib, sobiq Sovet Ittifoqi temir yo‘l Vazirligining bevosita qaramog‘ida bo‘lgan (1-rasm).


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini joriy etish talab etildi. Bu masalaning bajarilishi muhimligi shunda ediki, O‘rta Osiyo temir yo‘llari tarkibida bo‘lgan Qirg‘iziston temir yo‘llari 1993 yilning yanvar oyidan, Turkmaniston temir yo‘llari 1993 yildan Ashxabad temir yo‘llari nomi bilan, 1994 yilning oxirida esa Dushanbe hamda Farg‘ona bo‘limining Leninobod uchastkasi asosida Tojikiston temir yo‘llari, mustaqil bo‘lib ajralib chiqdilar.


1994 yil 7 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti PF-982-Farmoni va 1994 yil 14 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №551-sonli qaroriga muvofiq O‘rta Osiyo temir yo‘llari tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha temir yo‘l korxonalari, uchastkalari, bo‘linmalari asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tashkil qilindi hamda boshqa masalalar bilan birgalikda temir yo‘l transportida ham o‘zini o‘zi boshqarish joriy etildi. Bu qaror bilan kompaniya ishlab chiqarishining va Markaziy boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Temir yo‘l bo‘linmalarining soni, hajmi, boshqaruv apparati tarkibiga kiruvchilarning soni kamaytirildi. Kompaniyaning boshqaruv apparatining soni 13 kishidan iborat etib tayinlandi, ulardan 8 kishi boshqaruvchilar Rotatsiya tamoyiliga tegishli lavozimdagi kishilardir.
Qaror qabul qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, temir yo‘l transporti boshqaruvining
tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va ratsionallashtirish yo‘llari izlana boshlandi.
Bu vaqt davomida asosan yo‘lovchilar tashish boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirildi. Bu esa o‘z navbatida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» korxonasini tashkil etish va yuk tashishning boshqaruv tuzilmalarini o‘zgartirishga undadi. Bular bilan bir qatorda boshqa tuzilmaviy o‘zgarishlar ham joriy etila boshlandi. Bu o‘zgarishlar bevosita tashish jarayonining boshqaruviga hamda markaziy tuzilmasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, temir yo‘l transporti sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va temir yo‘l transporti korxonalarini aksiyalashtirish jarayoni masalalarini echishga, hamda temir yo‘l sohasidagi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash masalalariga katta e’tibor berildi. Bunga asosan 2001 yilda 2 mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yo‘l transportini demonopolizatsiyalash va aksiyalashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni chiqarildi, shuningdek 2001 yil 3 martda Vazirlar Mahkamasining №108-sonli “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish” to‘g‘risida qarori tasdiqlangan. Bu hujjatlarga muvofiq temir yo‘l transporti boshqaruv va ishlab chiqarish tuzilmasi sezilarli ravishda o‘zgartirildi. Bu borada “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatga aylantirish, hamda tashish bo‘yicha hududiy funksional boshqaruv tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining yuqori boshqaruv organi kompaniya Kengashi deb tasdiqlangan, bu apparat 12 kishidan iboratdir. Kompaniya Kengashi o‘z ichiga Vazirliklarning xodimlari, tashkilotlar, shuningdek temir yo‘l transport xizmat sohasidan keng foydalanuvchi Vazirliklarning mas’ul shaxslarini oladi.
Kengash a’zolari Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulkchilik qo‘mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati vakolatri berilgan quyidagi tashkilotlar vakillaridan iborat «O‘zbekneftegaz» xolding kompaniyasi, «O‘zqurulishmateriallari» aksionerlik kompaniyasi, «O‘zmetkombinat» OAJ, «O‘zdavpaxtasanoatsotish» Davlat aksionerlik assotsiatsiyasi, «O‘zdonmahsulot» Davlat korporatsiyasi va Davlat temir yo‘l nazorati.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Aksiyadorlar jamiyati yig‘ini hamda Kuzatuv Kengashining yig‘ilishlari qarorlarini bajaradi.
Kompaniya boshqarmasi rais va uning muovinlaridan tashkil topgan.
Tarmoq faoliyatini bashqaruvchi kompaniya apparati 164 kishini tashkil qiladi. Hozirda bosh muhandis ya’ni «Bosh menedjer» lavozimi joriy etilgan bo‘lib, u kompaniya raisining muovini sifitida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 avgustdagi №366-sonli “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tashkiliy boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tizimi 5 asosiy bloklarga bo‘lingan (2-rasm):

  • tashish jarayonini ta’minlovchi bo‘linmalar;

  • tashishda xizmati qiluvchi korxonalar (yuk va yo‘lovchilarni tashish va jo‘natish);

  • ta’mirlash ishlab chiqarish korxonalari;

  • qurilish-ta’mirlash va ishlab chiqarish infratuzilmasi;

  • ijtimoiy infratuzilma.


-rasm. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining asosiy tizimlari


Ta’minlovchi bo‘linmalar deganda huquqiy shaxs hisoblanmaydigan funksional boshqarmalar, markazlar, ularning filiallari va umumiy yo‘l tuzilmaviy bo‘linmalari kiradi. Ular Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi, Elektr ta’minot markazi, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi, Signalizatsiya va aloqa markazi, Vagon xo‘jaligi boshqarmasi, YUk va tijorat ishlari boshqarmasi, YAgona dispecherlik markazi va boshqalarni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 noyabrdagi №378-sonli “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.
Bu qarorga muvofiq yuk tashish boshqarmasi va uning hududiy markazlari (PCH, ECH, SHCH, TCH) hamda vagonlardan foydalanish depolari asosida: Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qo‘ng‘irod, Qarshi-Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzellari (MTU) tashkil etildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining boshqaruv apparatida ham bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Mintaqaviy temir yo‘l uzellarining joriy etilishi temir yo‘l transportining boshqaruv tuzilmasini funksional va hududiy tarmoqlarini o‘zaro bog‘lashga imkoniyat yaratdi.
Biroq hozirgi paytdagi Respublikamiz iqtisodiyotidagi islohotlar temir yo‘l transporti boshqaruv tuzilmasini zamonaviylashtirish va yanada takomillashtirishni taqzo etadi. Bu narsa Vazirlar Mahkamasining 03.08.2004 yildagi №366-sonli “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruvini tashkil etishni yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topdi. Bu qarorga binoan 3-rasmda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi tasdiqlandi.
2009 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruvi ijroiya apparati tashkiliy tuzilmasiga -rasmdagidek o‘zgartirish kiritilgan. 2009 yilda avgust oyidan boshlab Qarshi-Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU) ikkiga ajiratilib, Qarshi va Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzellari tashkil etildi.




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish