MTUning ishlab-chiqarish-ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari
№
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
O‘lchov birligi
|
1.
|
Yuk jo‘natish
|
Ming t.
|
2.
|
Yuk aylanmasi
|
Mln.tkm
|
3.
|
Yo‘lovchi aylanmasi
|
Mln.pass.km
|
4.
|
O‘rtacha tashish masofasi
|
Km
|
5.
|
Poezdning o‘rtacha tarkibi
|
Vagon
|
6.
|
Tranzit vagonlar
|
O‘rt.sut.vag
|
7.
8.
|
Yuklar eksporti
|
Tonna
|
Vagon
|
9.
10
|
Yuklar importi
|
Tonna
|
vagon
|
11
|
Yuk tushirish
|
Vagon
|
12
|
Ishchi parki
|
Vagon/sut
|
13
|
Yuk vagoni aylanmasi
|
Sutka
|
14.
|
Mahalliy vagon aylanmasi
|
Sutka
|
15.
|
Tranzit vagonning turib qolishi
|
Soat
|
16.
|
1 yuk operatsiyasida turish vaqti
|
Soat
|
17.
|
Uchastka tezligi
|
Km/soat
|
18.
|
Lokomotiv unumdorligi
|
Tkm.br
|
19.
|
Poezdning o‘rtacha og‘irligi
|
Tonna
|
20.
|
Mahalliy yuklar
|
Vagon
|
15.2. Mintaqaviy temir yo‘l uzelining ishlab chiqarish tuzilmalari
Lokomotiv deposi
Deponing asosiy faoliyati yuk va yo‘lovchi tashish hamda xo‘jalik ishlarida mashg‘ul bo‘lgan poezdlarni texnik jixatdan soz lokomotivlar bilan ta’minlash, texnik bekatlarda manevr ishlarini bajarish va poezdlarni tortish vositalarini ta’mirlashdan iborat. Depoda lokomotivlarni belgilangan turdagi joriy ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilishi bilan birga, lokomotiv brigadalari, lokomotivlarni ta’mirlovchi chilangarlar va boshqa toifadagi ishchilar jamlanadi, shuningdek depodagi ishlab chiqarish va xizmat – dam olish binolarini risoladagidek saqlab turish ishlari olib boriladi. Depoda ekipirovka va ombor xo‘jaligi, lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari va lokomotiv brigadalari shtablari mavjud.
Lokomotiv depolarning namunaviy boshqaruv tuzilmasi quyidagicha:
-rasm. Lokomotiv lepolarning namunaviy boshqaruv tuzilmasi
Ixtiyorida lokomotivlar parki va ularga xizmat ko‘rsatish qurilmalari kompleksiga mavjud bo‘lgan lokomotiv deposining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: tashish jarayonini to‘liq va uzluksiz ravishda texnik soz lokomotivlar bilan ta’minlash va ularga barcha xarakat yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish; poezdlar harakatlanish jadvaliga so‘zsiz amal qilish; teplovozlar xolatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish; belgilangan ko‘rsatkichlarni va me’yorlarni bajarish; texnik taraqqiyotga asoslangan holda ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonida ularni tejash tamoyillariga qat’iy amal qilish va boshqalar.
1-chizma. Lokomotiv deposining asosiy vazifalari
Lokomotiv deposi quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha hisobot ishlarini yuritadi.
-jadval
Lokomotiv deposining asosiy ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |