14.4.Signallashtirish va aloqa boshqarmasi
Signalizatsiya va aloqa boshqarmasi «O‘TY» AJ ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, harakat xavfsizligini so‘zsiz taminlagan holda signalizatsiya va aloqaning barcha texnikaviy vosita va qurilmalarining sozligini taminlaydi.
Temir yo‘l uchastkalarida poezdlar harakati xavfsizligini taminlash avtomatik blokirovka, stansiyalarda strelka va signallarni avtomatik boshqarish, dispetcherlik markazlashtirish bilan taminlanadi. Avtomatik blokirovka tizimi poezdni boshqa poezd band qilgan yoki hududida relslarning butligi buzilgan uchastkaga kirishini oldini olish (blokirovka qilish) uchun mo‘ljallangan.
YArimavtomatik blokirovka tizimlari poezdlarni stansiyalar oralig‘idagi peregonga chiqib ketishini oldini olish (blokirovka qilish) uchun mo‘ljallangan. Stansiyalarda strelka va signallarni avtomatik boshqarishning asosiy maqsadi stansiyalar hududida muayyan kesib o‘tilmaydigan yo‘nalishlar bo‘ylab poezdlar harakati uchun sharoit yaratishdir. Dispetcherlik markazlashtirish tizimlarining ishidan maqsad peregon va stansiyalar bo‘ylab poezdlarni shu tarzda o‘tish tartibini taminlashdi.
Jamiyatning signalizatsiya va aloqa boshqarmasi sifat va ishonchlilikning talab etiladigan standartlariga muvofiq avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini texnikaviy ekspluatatsiyasini taminlaydi. Jamiyatda mavjud signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mikroprotsessorli markazlashtirishning yuqori texnologik (MPS turidagi) tizimlarini joriy qilish strelkali o‘tkazgichlar va siglan qurilmalarini boshqarish bilan bir qatorda barcha uzellarning ishini diagnostika qilish, shuningdek, operatorlar yoki stansiya navbatchilarining harakatlarini nazorat qilish imkonini beradi.
Real vaqt rejimida poezdlar vaziyatini hamda stansiya va peregonlarda o‘qlarni hisoblashning elektron (ESSO turdagi) tizimini nazorat qilishga imkon beradigan mikroprotsessorli dispetcherlik markazlashtirish qurilmalarni joriy qilish poezdlar harakat xavfsizligini ishonchli taminlashga imkon beradi.
Hozirgi paytda «O‘TY» AJ ni signalizatsiya va aloqa qurilmalari bilan texnikaviy jihozlanishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
• 193 stansiya strelkali o‘tkazgichlar va signallarni elektr markazlashtirish qurilmalari bilan jihozlangan;
• 42 stansiya strelkali o‘tkazgichlar va signallarning mikroprotsessorli elektr markazlashtirish qurilmalari bilan jihozlangan;
• 24 stansiya kalitli bog‘lanish qurilmalari bilan jihozlangan;
• yo‘lning 1476,804 km peregonlarni avtoblokirovka qurilmalari bilan jihozlangan;
• 2845,398 km yo‘l yarimavtomatik blokirovka bilan jihozlangan, shundan 1161,181 km dan ko‘prog‘i mikroprotsessorli yarimavtomatik blokirovka qurilmalari bilan jihozlangan;
• 98,1 km yo‘l elektr jezl tizimi bilan jihozlangan;
• 2115,363 km yo‘l dispetcherlik markazlashtirish qurilmalari bilan
jihozlangan30.
Do'stlaringiz bilan baham: |