Yo‘l masofasi distansiyasi
MTUning ishlab chiqarish bo‘linmasi sifatidagi temir yo‘l masofasining asosiy maqsadlari va vazifalari uning Nizomida belgilanadi va ular quyidagi xizmatlardan iborat:
Yo‘l va inshootlar ahvoli ustidan nazoratni rivojlantirish, yo‘l va inshootlarning, poezdlarning belgilangan tezlikda uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan, yuqori sifatli joriy asralishi bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va tashkil etish, yo‘lning yuqori qurilmasi unsurlarining xizmat muddatlarini uzaytirish;
Yo‘l va inshootlarni reja – oldini oluvchi ta’mirlovlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek ta’mirlashning yuqori sifatliligini ta’minlash hamda yo‘l, tuproq ko‘tarmasi va sun’iy inshootlarda nosozliklar vujudga kelishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish;
Temir yo‘l o‘tuvlarida (pereezdlarda) poezdlar va avtomobil transportining xavfsiz harakatini ta’minlash;
Temir yo‘l o‘tuvlarini (pereezdlarni) 18.05.1998 yildagi №p-5198 yo‘riqnomaga muvofiq texnik soz holatga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
Fan, texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga kiritish;
Mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish quvvatidan unumli foydalanish, yo‘l ishlarining mexanizatsiyalash miqyosini orttirish;
Poezdlar ostida relslarni sinishini oldini olish maqsadida defektoskopiya vositalaridan unumli foydalanish;
Toshkent temir yo‘l masofasiga ishonib topshirilgan mol-mulkning asralishini ta’minlash;
Ekologik jihatdan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda ish joylaridagi atrof muhitning ahvoli ustidan nazorat qilish;
Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqish va sotish hamda aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish;
O‘zga korxona va tashkilotlarga, Jizzax temir yo‘l masofasining faoliyat predmetiga kiradigan, transport, ta’mirlov, qurish va bo‘lak xizmatlar ko‘rsatish;
Mehnatni muhofazalash talablarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish, ishlab chiqarishda travmatizmni bartaraf qilish;
Ijtimoiy-maishiy ta’minlov masalalarini hal qilish (maxsus kiyim, yoqilg‘i, uy-joy ta’miri, sog‘lomlashtirish-profilaktika oziqlantirish va h.k.);
Falokatga qarshi ishlarni o‘z vaqtida tashkil etish va nazoratni o‘tkazish.
Yo’l masofasining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi quyidagicha:
-rasm. Yo’l masofasining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi
Yo’l masofasi quyidagi asosiy faoliyat ko’rsatkichlar hisobotini yuritadi:
-jadval
Yo’l masofasining asosiy faoliyat ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |