16.3. “Toshkent-Markaziy Vokzali” filiali faoliyati tavsifi
Yirik temir yo‘l uzellarining vokzal majmualari har kuni o‘n minglab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu sharoitda vokzalning funksional xizmatlari yo‘lovchilarga individual va ommaviy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishadi. Vokzal xizmatlarining noan’anaviy turlarini bajarish va har bir mijozga individual yondashuvni talab etadigan yo‘lovchilarning servisga bo‘lgan talabining oshishi ancha vaqt, mehnat, texnik va moliyaviy resurslar xarajatini talab etadi. SHu bilan birga bu xizmatlar vokzallarning funksional va texnologik imkoniyatlariga mos kelmaydi va realizatsiya qilinmasdan qoladi hamda o‘z navbatida yo‘lovchilar tomonidan noroziliklar va shikoyatlarni keltirib chiqaradi.
Servis markazlarini yaratish vokzal xizmatlarining ushbu muammolaridan kelib chiqqan. An’anaviy xizmat ko‘rsatishda xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan vokzal tizimining servis markazlari bilan raqobatlashishi bir qancha sabablarga ko‘ra juda qiyin. SHuning uchun servis markazlar o‘zlarining moddiy bazasini mustaxkamlashda vokzallar bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilmaydigan yangi xizmatlarni yaratish va sotishga asta-sekin o‘tadi. Ancha oldin qurilgan vokzal majmualari o‘zida raqobatlashuvchi bo‘linmalarni yaratish va joylashtirishni oldindan o‘ylab ko‘rmadi, shuning uchun servis markazlarni vokzallarda joylashtirish yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun doimo ham muvaffaqiyatli emas. Hozirgi kunda vokzal majmuasi va uning har bir bo‘linmasiga xizmat ko‘rsatuvchi ikki tizimi sifatida qarash zarur: birinchisi – ommaviy yo‘lovchi oqimi uchun qat’iy belgilangan standart operatsiyalarni ko‘paytirish; ikkinchisi – kam xajmli yo‘lovchi oqimi uchun individual operatsiyalarni ko‘paytirish. Bunday yondashuv servis markazining raqobat elementini saqlab qolgan holda vokzal kompleksi ishiga qo‘shilishini osonlashtiradi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydi.
O‘z funksiyalarini amalga oshirishda servis markazi vokzal majmuasida:
Yo‘lovchilarga majmuaviy xizmat ko‘rsatish uchun birlashtirilgan bitta(ikkita) zal;
Mijozlarga biletlarni etkazib berish, sotish va bronlash; bagajni etkazib berish, saqlash va rasmiylashtirishni tashkil qilish;
Joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish;
Avtotransport xizmatini ko‘rsatish, transfer ta’minlash;
Ekskursiya-turistik xizmatlari bo‘yicha ma’lumot-axborot xizmati;
Mobil qo‘l telefonlari, pochta-telegraf xizmatlari, valyuta ayirboshlash, kompyuter, poligrafiya va foto xizmatlar bilan ta’minlash;
Bar(bufet)i bo‘lgan, videotizim bilan ta’minlangan yuqori komfortga ega dam olish zali;
Korporativ mijozlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi zal;
Servis markazi xodimlarining ruhiy charchog‘ini chiqarish uchun ayrim xonasi mavjud bo‘lgan ma’muriy-boshqaruv personali uchun bino;
Qo‘l yuki va bagajni saqlash uchun bino;
Sanitar-gigienik majmua;
Avtotransportlar uchun turar joylarga ega bo‘lishi lozim.
Yo‘lovchilarga servis xizmatlarini tashkil qilishdagi asosiy muammolardan biri chipta sotishni tashkil qilish hisoblanadi. Turistik sohada servis markazi ichki va xalqaro turlarni shakllantiradi, temir yo‘l transporti bilan birgalikda turistik dasturlarni ishlab chiqadi va vizalarni, chet el pasportlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Temir yo‘l transporti iktisodiy rivojlangan holda samarali ishlashi uchun o‘z sarflarini qisqartirishi, foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga va so‘rovlar o‘zgarishidagi o‘sib borayotgan talablariga egiluvchan munosabatda bo‘lishi bu eng asosiy tadbirdir.
Temir yo‘l transportining iktisodiy muammolari va ularni xal etishning mavjud yo‘llarini tadqiq qilish, tarmokning tarkibiy islohotlari Dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ning transport xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga qulay sharoit yaratadi. Korxonaning bosh maqsadi yo‘lovchilarga madaniyatli xizmat ko‘rsatish, yo‘lda yurish davomida yo‘lovchi poezdlarida maksimal qulay sharoitlar yaratish, yo‘lovchilarga, yuridik va jismoniy shaxslarga temir yo‘l, tijoriy, bagaj, yuk bagajlari tashuvlarida ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini yanada yaxshilash, xamda bu turdagi faoliyatdan qo‘shimcha daromad olish. Vokzallarda yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni pulli va bepul ko‘rsatiladigan xizmatlarga ajratish mumkin.
Temir yo‘l vokzali yo‘lovchilar oqimining kesishadigan joyi hisoblanganligi sababli zamonaviy vokzal majmuasini rejalashtirayotganda hududni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiqlashtirish lozim.
-rasm. Ko‘p funksiyali temir yo‘l vokzali majmuasining konseptual tuzilish sxemasi
Quyida temir yo‘l vokzal majmuasida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro’yxati keltirilgan.
-jadval
Temir yo‘l vokzal majmuasida ko‘rsatiladigan xizmatlar
Xizmat tipi
|
Xizmat nomi
|
Shartli-bepul xizmatlar
|
Axborot-ma’lumot xizmati
|
Bilet-kassa xizmati
|
Kutish zali
|
Sanitariya xonalari xizmati
|
Tibbiyot punkti
|
Pulli xizmatlar
|
Kamera xraneniya
|
Aloqa xizmati
|
YUqori komfortabelli zal
|
Ona va bola hamda uzoq muddatli dam olish xonasi
|
Servis markazi xizmatlari
|
YUk tashuvchilar xizmati
|
“Toshkent-Markaziy Vokzali” filiali o‘z faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra yo‘lovchi servis markazi hisoblanadi va u “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJning 2008 yil 28 apreldagi L-89-sonli buyrug‘iga ko‘ra tashkil qilingan.
“Toshkent-Markaziy Vokzali” filiali o‘zining faoliyatini 2008 yilning may oyidan boshladi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ Direktori tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan filial temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan servis xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida Toshkent Markaziy vokzali hududida tashkil etilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasining 2015 yil 19 yanvardagi №11-000522 sonli guvohnomasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ deb qayta nomlangan.
Filial “O’ztemiryo’lyo’lovchi” aksiyadolik jamiyatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Filialning asosiy maqsadi yo‘lovchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish, vokzalda maksimal qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini rivojlantirish va assortimentini ko‘paytirish, shuningdek faoliyatning ushbu turidan qo‘shimcha daromad olish.
Filialning asosiy funksiyasi va vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
- temir yo‘lda yo‘lovchi tashuvlarning jozibadorligini oshirish bo‘yicha marketing tadbirlarini amalga oshirida faol qatnashish, yo‘lovchi tashishning daromadliligini oshirish, optimal ish usullarini tadbiq qilishni amalga oshirish va takliflar ishlab chiqish, filialning tarkibiy birliklari faoliyatining texnologik jarayonlarini takomillashtirish;
- passajirlarga tarkibiga mahalliy va davlatlararo qatnovchi poezdlarga sutka davomida chiptalar sotishni tashkil qilish, qo‘l yuklari uchun saqlash kameralari va tashish xizmati, yo‘lovchilarga dam olish xonalarini taqdim qilish, bolalar uchun o‘ynash xonasi ishini tashkil qilish kabi xizmatlar kiruvchi madaniy-maishiy va servis xizmatlarini ko‘rsatish;
- temir yo‘l vokzali va uning hududida servis nuqtalarini ochish, ular orqali xalq iste’mol tovarlarining ulgurji va chakana savdosini tashkil qilish, yo‘lovchilar va boshqa tashrif buyuruvchilarga ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish;
- kadrlar tarkibini shakllantirish va zaruriy kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, muhandis-texnik xodimlar va boshqa mutaxassislar malakasi va lavozimlaridan optimal foydalanish, ishchilarning ijtimoiy-mayishiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, texnik va texnologik intizomni mustaxkamlash;
- xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, ular tomonidan xavfsizlik qoida va me’yorlariga amal qilish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi tadbirlari bo‘yicha zarur bo‘ladigan tayyorgarlikni ta’minlash;
- yo‘lovchilarning vokzal hududida bo‘lgan paytida, shuningdek barcha yo‘nalishlar bo‘yicha poezdlarga chiqish yoki tushishlari davomida havfsizliklarini ta’minlash;
- ishlab-chiqarish-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha nazoratni amalga oshirish, rejaviy, moliyaviy, hisoblar va shtat intizomiga rioya qilish, davlat va jamoat mulkining saqlanganligini ta’minlash.
“Toshkent Markaziy Vokzali” filiali tomonidan respublika aholisi va poytaxtimiz mehmonlariga taqdim qilayotgan xizmatlari ro‘yxati turli tuman bo‘li yo‘l chiptalarini sotishdan boshlanib turli xizmatlar ko‘rsatish bilan yakunlanadi.
Kun davomida vokzal hududiga 4 mingdan ortiq yo‘lovchi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishadi. Vokzalning sutkalik o‘tkazish qobiliyati 4 ming kishi.sutka. Vokzalning asosiy vazifasi mazkur yo‘lovchi oqimiga sifatli va tezkor xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning “Toshkent Markaziy Vokzali” filiali tomonidan ko‘rsatiladigan assoiy servis xizmatlari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |