Yo‘l xujjatlarini (rasmiylashtirish) sotish Jamiyatning assoiy boshqarmasi joylashgan binoning pastki qavatida turli yo‘nalishlarga yo‘l chiptalarini sotishga mo‘ljallangan kassalar joylashgan. Bilet kassalari mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar bilan ta’minlagan. Barcha xizmat ko‘rsatuvchi personal o‘zbek va rus tillarida fuqarolarimiz va poytaxtimiz mehmonlari bilan bemalol muloqot qila olishadi. Xar bir bilet sotish bo‘yicha kassir yoki yo‘l xujjatlarini sotish bo‘yicha agent xar kuni o‘zining lavozim majburiyatlari bo‘yicha bilimi, ko‘nikmasi, shuningdek yo‘lovchilar bilan muomala madaniyati bo‘yicha zaruriy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Kassirlar Jamiyat tomonidan tasdiqlangan kasb kiyimida bo‘lishadi. Kassa smena bo‘yicha dam olish kunlarisiz ishlaydi.
VIP-Zal Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida vokzal hududida VIP-Zal joylashgan. VIP kassa orqali chipta sotib olgan yo‘lovchilar mazkur zalning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin, shuningdek xoxishiga ko‘ra VIP-zalning boshqa xizmatlardan qo‘shimcha to‘lovlar orqali foydanadilar.
Komfort zal Fuqarolarga sifatli va qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida binoning ichki qismida oldindan chiptalar sotish bo‘limi hududida komfort zal mavjud. Hohlovchilar mazkur zal xizmatidan foydalanishlari mumkin. Yo‘l xujjati, chiptani rasmiylashtirish vaqtida mijozlar zaldagi qulayliklardan va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Mijozlar kassada navbat kutish xaqida o‘ylamasdan kassaning navbatchi va agentlari tomonidan yuqori sifatda va tezkor ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishadi.
Saqlash kameralari (kamera xraneniya) Vokzal joylashgan hudda poezdlarni jo‘natish-qabul qilish joyiga yo‘lovchilar etib borishlari uchun er osti o‘tish joyi - tunnel mavjud bo‘lib, mazkur tunnelda saqlash kameralari joylashgan. Yo‘lovchilar yuklarining saqlanganligini ta’minlash maqsadida ushbu saqlash xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Qo‘l yuklarini tashish xizmati ( Uslugi nosilo’ikov) Og‘ir va katta bagaj yoki qo‘l yuki bo‘lgan yo‘lovchilar vokzal hududiga kirishlari uchun yuk tashuvchilar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Har bir yuk tashuvchi mustaxkam va yuk sig‘imiga ega bo‘lgan aravachalar bilan ta’minlangan. Yo‘lovchilarning qo‘l yuklari va bagajlari saqlangan holda va qulay narxlarda aytilgan joyiga etkazib beriladi.
Radio uzel Yo‘lovchilarni kutib oluvchilar yoki kuzatuvchilar vokzalning radio uzeli xizmatidan foydalanishlari, ya’ni e’lon berishlari mumkin SHuningdek radiouzel temir yo‘l e’lonlari, ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik ma’lumotlarini uzatish uchun ham xizmat qiladi
Temir yo‘l e’lonlariga quyidagilar kiradi:
1. Poezdlar xarakat jadvalini e’lon qilish;
2. Mahalliy va davlatlararo poezdlarning kelishi va jo‘nab ketish aniq vaqtini e’lon qilish.