9-2 Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi.
Marketing
Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim. - Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim.
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab faoliyatning aniq yo`nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ularning orasida eng muhimlari: bozorni atroflicha o`rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga etkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash hamda savdosini tashkil etishdir.
Marketing bozor iqtisodiyotining muhim elementi bo`lib, mamlakatimizda xo`jalik sub`ektlari va tadbirkorlar uni o`zlashtirish va tashkil qilish sohasida muayyan natijalarga erishdilar. Korxona va firmalarda marketing xizmati bo`limi tashkil etilmoqda.Marketingni joriy etish tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishni talab etadi. Korxonalarni rejalashtirish va uni boshqarish, ichki va tashqi savdo aloqalari tizimini yaratish, shuningdek, tovarlar bilan yuqori darajada ta`minlangan bozor kanallari bo`yicha tayyorlangan mahsulotlarni sotish shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |