Elektr ta’minot distansiyasi
Elektrta’minlash distansiyasi iste’molchilarini uzluksiz elektr bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bunda birinchi navbatda tashish jarayonida qatnashuvchi barcha texnik vositalar, elektrta’minot qurilmalarini doimiy ishlashini ta’minlaydi. Elektrta’minot tizimiga tortish podstansiyalari, havoelektr uzatgich liniyalari, elektr bilan ta’minlovchi temir yo‘l bekatlari va korxonalari, signal uzatish dastgohlari kiradi.
“O‘TY”AJ uchun elektr tortgichlar dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydigan tortgichlardan ko‘ra samaraliroqdir. Elektrovozlarni ishlatish tashish xarajatlarini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari elektr tortgichlar katta tortish kuchini ta’minlaydi va poezdlarni yurish tezligini oshiradi. Elektr tortgichi dunyo miqiyosida samaraliroq hisoblanadi, ekologik jihatdan foydalidir.
Elektrta’minlash distansiyalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Istemolchilarni uzluksiz elektr bilan ta’minlash va elektr ishlab chiqarish rejasini bajarish;
Distansiya tarmog‘iga kiruvchi aloqa vositalarini, jihozlarni, uskunalarni, yuqori volltli elektr uzatgichlarni, elektrstansiyalar, harakatlanuvchi texnik vositalarni, texnik qarovini va joriy ta’mirini bajarish;
Ichki elektr tarmoqlari, elektrsimlari, elektrdasgohlar, ishlab chiqarish va kommunal binolardagi temir yo‘l balansida turuvchi peregonlarda va stansiyalardagi strelka ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda yorituvchi asboblarga texnik ko‘rik va joriy ta’mirni bajarish;
Elektr ta’minot distansiyasi balansidagi yordamchi korxonalar elektrta’minoti xo‘jalik ob’ektlari kapital ta’mirini bajarish.
Elektr ta’minot distansiyasi bulardan tashqari o‘zining elektrta’minot xo‘jaligi shtatiga ega bo‘lgan zavod, lokomotiv, vagon depolari, yirik vokzallarda texnik nazoratni bajaradi.
Ish hajmi va murakkabligiga qarab elektrta’minot distansiyalari guruhlarga bo‘linadi, ular ish ko‘rsatkichlari yig‘indisi asosida belgilanadi va shartli o‘lchovlarda ballarda ko‘rsatiladi.
Elektr ta’minot distansiyasi quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha hisobot ishlarini yuritadi:
-jadval
Elektr ta’minot distansiyasining asosiy ko’rsatkichlari
№
|
Кўрсatgichlar
|
O’lchov birligi
|
1
|
Moslamalarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlar xajmi
|
Texn.o’lch.
|
2
|
T/tortuv xolatini baholash
|
Ball.
|
3
|
El.energiyani realizatsiya qilish xajmi
Shu jumladan tortish
|
Ming.kvt.soat Ming.kvt soat
|
4
|
Mehnat unumdorligi
|
Texn.o’lch.
|
5
|
Jami xodimlar soni
Shu jumladan:
Yuk tashish faoliyatida
|
Odam
Odam
|
6
|
Pullik xizmatlar
|
Ming.so’m
|
7
|
Umumiy xarajatlar
Shu jumla. yuk tashish faoliyatida
Yordamchi xo’jalik faoliyatda
|
Ming.so’m
|
8
|
Jami daromadlar
Shu jumla. yuk tashish faoliyatida
Yordamchi xo’jalik faol-dan
|
Ming.so’m
|
9
|
Debitorlik karzdorlik
|
Ming.so’m
|
10
|
Kreditorlik karzdorlik
|
Ming.so’m
|
11
|
Asosiy fondlarni urtacha yillik kiymati
|
Ming.so’m
|
Do'stlaringiz bilan baham: |