O’quv qo’llanma



Download 157,29 Kb.
bet31/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Davlat qimmatli qog’ozlari davlat qarz majburiyatlari, obligatsiyalar va shu kabilar majmuidan iborat bo’lib, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vaqtinchalik bo’lib turgan mablag’larini jalb qilish uchun xukumat tomonidan chiqariladi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarishidan maqsadlar:



  • joriy byudjet taqchilligini moliyalashtirish;

  • ilgari chiqarib joylashtirilgan zayomlarning qaytarish pulini to’plash;

  • butun moliya yili davomida byudjetga mablag’larning bir maromda tushishini ta’minlash;

  • davlat byudejetining kassa ijrosini ta’minlash;

  • umummilliy iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan muassasa va tashkilotlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash:

Davlat kreditining rivojlanishi davlat qarzdorlarini boshqarish tuzilmasini yaratishni taqozo qiladi. Yangi zayomlarni chiqarish miqdori va muddatlarini belgilash bu boshqaruvning eng muhim vazifalari qatorida turadi.


Davlat qarzi - chiqarilgan va qaytarib olinmagan (uzilmagan) davlat zayomlari, olingan kreditlar, shu jumladan ular bo’yicha to’lanadigan foizlar va berilgan davlat kafilligi bo’yicha qarzdorlik summasi.
Davlat qarzlarini boshqarishda qarzdorlik turlari o’rtasida ularning muddatlariga ko’ra nisbatlari masalasi birinchi darajali, eng muhim ahamiyatga ega. Pul qadrsizlanishi kuchaygan va pul muomalasi barqarorlashgan sharoitlarda qisqa muddatli qarzlar salmog’i ortib boradi. Pulning inflyatsion qadrsizlanishi sharoitlarida investorlar o’z mablag’larini xukumatning uzoq muddatli majburiyatlariga qo’yishidan cho’chidilar.
Kreditorlar iflyatsion jarayonlar ta’sirida qadrsizlanish xataridan uzoqroq bo’lgan qisqa muddatli xazina majburiyatini afzalroq ko’radilar.
Davlat moliyaviy siyosatining, shu jumladan moliyalashtirish operatsiyalarining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdan iborat.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, byudjet taqchilligini qoplash uchun davlat tomonidan mablag’ jalb qilishning ichki (mamlakatning o’zidan) va tashqi (xorijdan) shakllaridan foydalanish mumkin. Bu shakllarining iqtisodiy tabiati har xil. Shunga muvofiq holda ular mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga turlicha, ba’zan bir-biriga zid ta’sir ko’rsatadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish jarayonini u yoki bu manbalarini tanlash, davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish shartlaridan (xatli, muomalada bo’lish muddatlari, daromadligi va hoqazolar), mohirona foydalanish, ichki va tashqi qarzlar nisbatlari aholining ichki jamg’armalarini saqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish, qimmatli qog’ozlar va qo’yilmalarni indeksatsiyalash, davlat qarziga xizmat ko’rsatish bo’yicha cheklashlar va boshqalar yordamida boshqarish mumkin. Byudjet taqchilligini samarali boshqarish davlat xarajatlarining ortishini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholini ish bilan ta’minlashni ko’paytirishga yo’naltirishni nazarda tutadi. Byudjetdan mablag’lar va kreditlar samaraga erishish darajasiga va mablag’larni qaytarishning aniq kafolatlari bo’lgan real dasturlarga ajratilishi lozim.
Shu sababli moliyalashtirish operatsiyalari davlatning umumiy iqtisodiy va moliyaviy siyosati bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Bundan tashqari shuni ham hisobga olish kerakki, jahon tajribasida byudjet taqchilligini kamaytirishda mamlakatga xorij kapitalini jalb qilishidan xam keng foydalaniladi.
Deflyatsion tadbirlarining murakkabligi ham shundaki, ularni amalga oshirish davlat xarajatlarini, kreditlarni qimmatlashtirishni, pul massasini kamaytirishni talab qiladi. Bularning barchasi esa yalpi talabning pasayishiga, kapital qo’yilmalarini qisqarishiga olib keladi, demak, iqtisodiy faollik pasayadi va ishsizlik ko’payadi.
Shunday qilib, byudjet taqchilligi muammolari pul massasi, byudjet siyosati, iqtisodiy faolikka va ijtimoiy soha jarayonlariga davlat ta’siri samaradorligi kabi murakkab muammolar majmui bilan bevosita bog’lanib ketadi.

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish