O’quv qo’llanma


Aholini ijtimoiy himoya qilish xrajatlari



Download 157,29 Kb.
bet26/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Aholini ijtimoiy himoya qilish xrajatlari


Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, o’zimiz uchun chiqargan yagona xulosamiz shuki, bozor iqtisodiyotini qurish shunchaki maqsad emas, barcha islohotlarning iqtisodiy, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadi - inson uchun munosib hayot tarzini, turmush sharoitlarini yaratishdan iboratdir.


O’z navbatida, aholining eng nochor va yordamga muhtoj qatlamlarini o’z vaqtida qo’llab- quvvatlash islohotlar muvaffaqiyati garovi, boshlangan qayta qurish va yangilanish jarayonini orqaga qaytarishga yo’l qo’ymaydigan ijtimoiy tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Islohotlarning dastlabki bosqichida biz jami aholini ijtimoiy himoyalash yo’lidan bordik. Shu tamoyilga sodiq qolgan holda Respublika xukumati vaziyatni nazorat qilish va ijtimoiy sohani mustahkamlash bo’yicha o’z vaqtida qat’iy chora tadbirlarni ko’rdi. Bu esa aholi turmush tarzini keskin pasayib ketishini bartaraf etishda muhim rol o’ynadi, respublikada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishning muhim omili bo’ldi.
Bu ishda davlat tomonidan tartibga solishning xilma-xil usullari va tartib-qoidalaridan foydalaniladi. Xususan, ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar va turli nafaqalar. Kompensatsiya to’lovlarini muntazam oshirib borishi bilan bevosita pul to’lovlaridan, shuningdek imtiyozlar va turli dotatsiyalar ko’rinishidagi bilvosita to’lovlardan keng foydalanildi. Masalan, islohotlarning birinchi bosqichida eng oz ish xaqi va pensiyalar soliqdan ozod qilindi. Korxonalarning o’z xodimlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha xarajatlari qisman byudjet mablag’lari hisobidan qoplandi.
Ko’pgina turdagi kundalik ehtiyoj is’temol tovarlari va xizmatlar narxlaridagi farqlar davlat tomonidan to’landi. Ayni paytda, bir qator qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar - boshlang’ich maktab o’quvchilari va yolg’iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga bepul ovqat, barcha maktab o’quvchilari va talabalar uchun imtiyozli ovqatlanish va boshqalar amalda bo’ldi. Kommunal xizmatlarning ayrim turlariga xaq to’lash bo’yicha ham imtiyozlar joriy qilindi.
Ijtimoiy himoya tadbirlari tizimida u ustuvor yo’nalishlaridan biri - narxlarning erkinlashtirilishi va inflyatsiya darajasining o’sishi munosabati bilan eng kam va o’rtacha daromadlar darajasini muntazam oshirib borish bo’ldi.
Bu tadbir amalda aholining barcha qatlamlariga daxldor bo’lib, islohotlarning birinchi bosqichi davomida keng qo’llanildi va hozir ham amal qilmoqda.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi muhim yo’nalishini respublikaning ichki is’temol bozorini himoya qilish va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda nooziq ovqat tovarlari is’temolini muayyan darajada saqlab turish bo’yicha ko’rilgan tadbirlar tashkil etdi.
Bu tadbirlarga qo’shimcha tarzda 1992-1994 yillarda non va non mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari, sut, shakar, o’simlik moyi, kir sovun, ayrim turdagi bolalar tovarlari, kommunal va transport xizmatiga dotatsiyalar qisman saqlandi. Bu esa daromad darajasi turlicha bo’lgan oilalar uchun ulardan bahramand bo’lish sharoitlarini yaratdi.
Islohotlarning boshlang’ich bosqichida faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi uchinchi muhim yo’nalish - aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab quvvatlash bo’yicha ta’sirchan tadbirlarni o’tkazish bo’ldi.
O’zbekiston iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida aholini ijtimoiy himoyalashning butun tizimi asta-sekin o’zgartirilib uni davrga moslashtirish boshlandi: aholini ijtimoiy himoyalashning samarasiz shakllari bekor qilindi, ayrim shakllari qayta tashkil etildi, ijtimoiy himoya maqsadlaridagi xarajatlar byudjet imkoniyatlariga qarab olib borildi.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, faqat respublika byudjetining o’zidan ijtimoiy himoya 30 nom va yo’nalishda amalga oshirilgan. Bu esa mablag’larning sochilib ketishiga olib kelar, bu yordamga hammadan ko’ra ko’proq muhtoj bo’lgan, ya’ni Respublikaning kam ta’minlangan fuqarolarini moddiy jihatdan jiddiy qo’llab quvvatlashga imkoniyat bermas edi. Natijada ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, ijtimoiy himoyalash mexanizmini takomillashtirishda sifat jihatidan yangi bosqich zarurati etildi. Shu munosabat bilan umumiy ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchil o’tish maqsadga muvofiq bo’lib qoldi. Natijada 1994 yilda O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi tubdan o’zgartirildi. Tomomila yangi ilg’or ijtimoiy himoya tizimi yaratildi. Bu ijtimoiy islohotlar sohasida iqtisodiy qayta qurishni birinchi bosqichining eng muhim yakuni bo’ldi.
Yangi tizim takomillashganligi, aniq is’temolchilarga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy himoyalashning yangi tizimida bola tug’ilganda beriladigan bir yo’la to’lov puli saqlanib qolgan holda yana quyidagi nafaqa va imtiyozlar turlari belgilangan:

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish