O'zbek bolalar adabiyoti fanidan testlar to'plami II kurs 201-guruh talabasi Jurayeva Zarifa



Download 14 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi14 Kb.
#755492
Bog'liq
Bolalar adabiyoti, test

O'zbek bolalar adabiyoti fanidan testlar to'plami


II Kurs 201-guruh talabasi Jurayeva Zarifa.

1. Uning qoʻlidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha oʻquv jihozlarini oʻzgartirdi. Bu yerda oʻqiydigan bolalarning koʻpchiligini kambagʻallarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boybadavlat doʻstlarining koʻmagida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini taʼminlaydi.


ezgu amallar sohibi qaysi ma'rifatparvar shoir bo'lgan?
A) H.Niyoziy B)A.Avloniy C)A.Fitrat D)S.Ajziy Aziziy

2.Abdulla Avloniy nima haqida ,,har insonga oʻz holini koʻrsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorongʻu kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat gʻoyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi.


A)Matbuot B)Teatr C) Badiiy asar D) Kino

3.Kimning asari “Maktab” sheʼri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, oʻqisa, savodxon boʻlsa, juda koʻp narsalarga erishishi chiroyli taʼriflanadi:


Maktab dur-u gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
Gʻayrat qilib oʻqing, oʻgʻlon!
A)H.Niyoziy B)A.Fitrat C) A.Avloniy D)S.Ajziy Aziziy

4. Hamza qaysi dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimen-talizmdan keng foydalangan?


A) Tuhmatchining jazosi B)Maysaraning ishi C) Zaharli hayot D) Boy ila xizmatchi

5.Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun tayyorlamagan oʻquv qoʻllanmalarini belgilang.


A) „Yengil adabiyot“ B)„Oʻqish kitobi“ (1914) C),,Qiroat kitobi“ (1915)
D),,Savodi ta'lim

6.Tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelmagan badiiy adabiyot namunasini toping.


A)Xojaning ,,Miftoh ul-adl" B)Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma") C) Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston" D)Jomiyning "Bahoriston"

7.Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham qaysi paytdagii maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi?


A) XIX asr oxiri B)XIX asr 2- yarmi XX asr boshi C) XVIII asr oxiri- XIX asr boshi

8.Oʻzbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlangan.,,Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi" singari adabiy ertaklari muallifi kim?


A)Z.Diyor B)Shukur Sadulla C)Sulton Jo'ra D)Q.Muhammadiy

9.Qaysi paytdagi oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilgan?


A)XX asr boshlari B)30- yillar C)50-60 yillar D) 80- yillar

10. Qaysi paytdagi Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot tamoyillari ustuvorlik qilgan?


A)XX asr boshlari B)30- yillar C)50-60 yillar D) 80- yillar

11. Qaysi paytdagi Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi?


A)XX asr boshlari B)30- yillar C)50-60 yillar D) 80- yillar

12.Qaysi janrdagi asarlar bola taqdirida muhim o`rin tutadi, bolaning intellektual o`sishida ,poetik va aqliy rivojida asosiy rol o`ynaydi.


A) maqol B) ertak C) Matal D) topishmoq

13.olim K.Imomov nima haqida ,,...hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy o`ydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-harakatlarning ajoyib-g`aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g`ayri tabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi." den yozadi.


A) maqol B) ertak C) Matal D) topishmoq

14.Qaysi shoir yaratgan qahramonlar yosh bo‘lishiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari,nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g‘azab bilan la’natlaydilar. ,,Qurol bering menga ham!“ she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralarni bitadi:


Meni kichik demangiz,
Kamsitmangiz kuchimni,
Bosqinchidan olgumdir
Xalq qasosi — o‘chimni
A)Z.Diyor B)Shukur Sadulla C)Sulton Jo'ra D)Q.Muhammadiy

15.Bolalarni bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e’tibor bermoqdalar. „Kichkina bog‘bon haqida doston“, „Suv bilan suhbat“, „Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa“ asarlari muallifi.


A)Z.Diyor B)Shukur Sadulla C)Sulton Jo'ra D)Q.Muhammadiy

16. Qaysi alloma dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi.


A)A.Avloniy B) A.Navoiy C) H. Niyoziy D) A. Jomiy

17.Shoir soʻlim bahorni koʻpgina sheʼrlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini oʻstiradi. Odatda, boychechak qor erib-erimasdanoq koʻzga tashlanadi. Buni koʻrgan odamlar “Ha, bahor yaqinlashib qolibdi”, deydilar. Shoir “Boychechak” asarida shu fikrni loʻnda qilib chizib beradi:


Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak,
Chunki bahor elchisi –
Shu mitti gul – boychechak.
A)Z.Diyor B)Q.Muhammadiy C) S. Jo'ra D)Sh.Sadulla

18.Navoiy qaysi asar qahramonning muhim xislatlari undagi qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va do‘stlik tuyg‘ularidir. Farhod elyurtining obodonligi uchun kurashadi hamda insonlarga ofat keltiruvchi dushmanlarga qarshi jang qilib, ularni mardona yengadi.


A)Majnun B) Shoh Bahrom C) Farhod D) Saddi Iskandar

19.Qaysi muallif o‘z masallarida majoziy qiyofalar orqali o‘sha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‘zaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.


A) Ezop B) Lafonten D) Gulxaniy

20.Kimning ,,Bahor keldi“, „Bulbul“, „Bola ila gul“, „Yolg‘onchi cho‘pon“, „Òulki ila qarg‘a“ kabi juda ko‘p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan.


A)H. Niyoziy B) A.Avloniy C) Q.Muhammadiy D)Z.Diyor

21.G'.G'ulom qaysi she'rida o‘rta maktabni bitirayotgan o‘g‘il va qizlarga ishonch va umid ko‘zi bilan qaraydi. Ularni kelajagimizning ishongan kishilari — „zamonlar tongining chiroqlari“ deb tasvirlaydi:


Sizsiz kelajak yo‘q, siz axir xalqning
Ming yilni ko‘rajak qarog‘larisiz.
Sizsiz yorimaydi osmonda Zuhra,
Zamonlar tongining charog‘larisiz
A)Bari seniki B)Siz mening yoshligimsiz C)Oltin medal D)Sog'inish

22.G‘afur G‘ulomning qaysi asarida jamiyatga dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik o‘rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati ko‘rsatiladi?


A)Netay B)Yodgor C) Tirilgan murda D)Shum bola

23.Shoir „Milliy ashulalar“, „Oq gul“, „Qizil gul“, „Yashil gul“ va boshqa to‘plamlarida qo‘shiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli bo‘lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.Gap kim haqida.


A) A.Avloniy B)H.Niuoziy C).A.Fitrrat D) Behbudiy

24.Hamza 1925- yilda „Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi“ darsligini yozdi. Bu kitob g‘oyaviy mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning qaysi asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan.


A) Majolis un-nafois B) Xamsat ul muttahayyirin C) Sab'ai sayyor D) Hayrat ul- abror

25.Kimning ,,Bahor keldi“, „Bulbul“, „Bola ila gul“, „Yolg‘onchi cho‘pon“, „Òulki ila qarg‘a“ kabi juda ko‘p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan.


A) A.Avloniy B)H.Niuoziy C).A.Fitrrat D) Behbudiy

26.,,Ber menga“ radifli she’ri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. G‘azal och qolgan kishining o‘z xo‘jayinidan non so‘rashi bilan boshlanib, lirik qahramon — navkarning qalb alamlari so‘nggi baytlarda izchil ochila boradi. Gap kim haqida?


A) Amiriy B) Husayniy C) Gulxaniy

27.Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,


Xanjar olmosdan bo`lur o`tkir.
Fikrning oynasi o`lursa zang,
Ruh ravshan, zamir bo`lur benur. Bayt muallifi kim.
A) A.Avloniy B)H.Niuoziy C).A.Fitrrat D) Behbudiy

28.Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisining „Qizil Shapkacha“. „Zolushka“, „Uyqudagi malika“, „Mitti bola“, „Etik kiygan mushuk“ kabi ertaklari dunyo kezib, kitobxon bolalar qalbini rom etmoqda.Ta'riflar kim haqida?


A)D.Defo B)J.Svift C)H.K.Andersen D)S.Marshak

29.Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi.Qaysi ertak haqida gap ketyapti?


A)Etik kiygan mushuk B) Zolushka C)Havorang soqol D)Uyqudagi malika

30.“Toʻrt-besh yoshlarimda, – deb eslaydi shoir, – sheʼrlar yoza boshladim. Oʻn bir yoshlarimda, bir qancha poemalar yaratdim. Goratsiyning “Odamlar”ini tarjima qildim. Bular kimning tarjimai holidan...


A)Pushkin B)S. Marshak C)Nekrasov D)Chukovskiy

31.Ikkinchi jahon urushi davrida Marshak ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. 1943 yilda yaratilgan asari nomi...


A)Kecha va bugun B) O'n ikki oy C) Sirk D)Korablcha

32.Qish ertagi“, „Dengizcha“, „Men yana keldim“, „Enagamga“, Bulut“, „Anchar“, „Tutqun“ kabi asarlar muallifi.


A)Pushkin B)S. Marshak C)Nekrasov D)Chukovskiy

33. Kimning ,,Sasha“, „Ayoz-hukmdor“, „Kuzak“, „Bulbullar“ she’rlarini maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar sevib tinglaydilar va katta estetik zavq oladilar.


A)Pushkin B)S. Marshak C)Nekrasov D)Chukovskiy

34. Qaysi ijodkor rus mumtoz sheʼriyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik kilishi bilan farqlanadi.


A)Pushkin B)S. Marshak C)Nekrasov D)Chukovskiy

35.Abdurahmon Akbarning qaysi kitobi 1991-yilda Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.


A)Ehtiyotkor toshbaqa B)Oyijonim yopgannon C)Uyquchining tushlari D)Kichkintoy va paxtaoy

36.A.Akbarning qaysi she’riy to‘plami 1998- yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda respublika „Mahalla“ xayriya jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda sovrinli o‘ringa loyiq deb topildi


A)Ehtiyotkor toshbaqa B)Oyijonim yopgannon C)Uyquchining tushlari D)Kichkintoy va paxtaoy

37.U Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini yaratdi. U Samarqand qoʻgʻirchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, qoʻgʻirchoq teatrlar festivalida 1-oʻrinni oldi.


)A.Akbar B) K.Turdiyeva C)H.Imonberdiyev T.Adashboyev

38. Uning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima qilinib, nashr etilmoqda. U 1994- yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan „Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun“ Xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.


) Q.Muhammadiy B)Q.Hikmat C)Z.Diyor D)N.Fozilov

39.Qaysi bolalar shoiri bolalar adaboyoti haqida: ,,,har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‘ladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko‘radi“deb aytadi.


A) S. Marshak B)Shevchenko C)Nekrasov D)Chukovskiy

40.U sevimli shoir, iste’dodli adib, shuningdek, yirik adabiyotshunos olim bo‘libgina qolmay, bilimdon tarjimon ham edi. Uning „Ikkidan beshgacha“ nomli mashhur tadqiqotida kichik yoshdagi bolalar xarakter xususiyatlari, nutqi va ruhiyati xususida qiziqarli hayotiy ma’lumotlar beriladi.

A) S. Marshak B) Chukovskiy C)Nekrasov D)Sh.Perro

41.U o‘zining ilk she’rlaridan biri „Mening Vatanim“da mehribon ona-Vatanning ulug‘vorligini ko‘tarinki ruh bilan kuylasa, „Bog‘cha“ she’rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog‘iga yetaklab kiradi. Vatan degan aziz so‘zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog‘chasiga ko‘chiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug‘ Vatan ekanini uqtiradi


A) S. Marshak B) Chukovskiy C)Nekrasov D)Sh.Perro

42. „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“ (1831), „Baliqchi ham baliq haqida ertak“(1833), „O‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak“ (1833), „Oltin xo‘roz haqida ertak“ (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.


)A.Pushkin B)Chukovskiy C) Nekrasov D) Marahak

43.Pushkin qaysi dostonida shoir pok muhabbat mangu bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshana teri to‘kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo‘lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi.


A)Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak
B)„Baliqchi ham baliq haqida ertak“
C)„O‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak“
D) „Qurumsoq kampir“

44.,,.Daraxt kesish“da xalq boyligi — o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshchikka pul kerak bo‘lib qolsa, o‘rmonni sotib yuborishi, puldor boy esa o‘rmonni tag-tubi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad o‘rmonlarning kamayib ketishidan shoir singari qayg‘urmaydi. Gap kim haqida.


A)A.Pushkin B)Chukovskiy C) Nekrasov D) Marahak

45. Bo‘lay desang bog‘bon,


Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak-
Bariga o‘qish kerak,
O‘quvchi sendan talab:
Maktabga bor ertalab,
O‘qi berib mehringni,
Qo‘yib ko‘ngil, zehningni.
Ushbu mashxur misralar muallifi kim?

A)Z.Diyor B)Shukur Sadulla C)Sulton Jo'ra D)Q.Muhammadiy
Download 14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish