3.Topshiriq
1. A. Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” kitoblaridan joy olgan axloq, odob
halollik, poklikka doir she’r, hikoya va masalalarni tahlil qiling.
«Birinchi muallim»da Avloniy dastavval 32 harfning yolg’iz yoziladigan shakllarini bir
sahifa alifbo tartibida bergan. SHu sahifada alifning so’z boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini
ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.
«Ikkinchi muallim»da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya,
masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan.
Kitob «Maktab» she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon
bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab dur-u gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
2.“Turkiy guliston yoxud axloq” darsligida keltirilgan yaxshi va yomon xulqlarni konseptual
jadvalga kiriting.
3. Hamzaning pedagogik faoliyati, ma’rifatparvarlik qarashlari yuzasidan esse yozing.
4. A. Avloniy va Hamza hayoti va ijodi yuzasidan taqdimot materiallari tayyorlash.
5. Hamzaning “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul” to‘plamlaridagi
qo‘shiqlardan namunalar tahlil qiling.
6. Abdulla Avloniyning 2-sinf “O‘qish kitobi”da keltirilgan “Ilm” mavzusidagi matn yuzasidan
fikr yuriting. Ilmning mohiyati haqida adibning xulosasi qanday? Ilmga oid xalq maqollaridan
namunalar ayting. “Ilm deb o‘qimoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni
o‘rganmoqqa aytilur. Ilm-dunyoning izzati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir
fazilatdir. Zero, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni,
fikrimizni o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Ilmning foydasi shu qadar
ko‘pdirki, ta’rif qilgan bilan ado qilib bo‘lmaydi. Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan
qutqaradi.
Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqaradi. Yomon fe’llardan, buzuq
ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va adab sohibi qiladi.
Xulosa qilib aytganda, butun hayotimiz – salomatligimiz, baxtimiz, g‘ayratimiz ilmga
bog‘liqdir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Darslik. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
2. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. -Buxoro: Durdona, 2019.
3. Qosimov B va boshq. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. –Toshkent: Ma’naviyat, 2006.
4. Qosimov B, Dolimiov U. Ma’rifat darg‘alari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1990.
5. Abdulla Avloniy. Asarlar. Ikki jildlik. –Toshkent: Ma’naviyat, 1998.
6. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. –Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
7. Barakayev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. -Toshkent: Fan, 2004.
8. Hamza Hakimzoda Niyoziy. Mukammal asarlar to‘plami. To‘rt tomlik. -Toshkent: Fan,1979-
81.
Axborot manbalari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Do'stlaringiz bilan baham: |