2002 yilda byudjet daromadlarida bevosita va bilvosita soliqlar hissasi, tegishlicha, 27% va 56,8%, resurs to’lovlari esa 10,7%ni tashkil qildi.
Bu esa ishlab chiqaruvchilarni va ishlab chiqarishni rag’batlantirishga, shuningdek, byudjetni bilvosita soliqlarga urg’u bergan holda shakllantirishga qaratilgan davlat soliq siyosati bilan bog’liq.
Davlat byudjetining soliq va soliqdan tashqari (nosoliq) daromadlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
1-jadval
1991-2002 yillarda O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari tuzilmasi
Daromadlar
|
1991
|
1992
|
1993
|
1994
|
1995
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002
|
D.s.h.5
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
D.s.h.
|
Daromadlar, jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
shu jumladan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bevosita soliqlar
|
18,5
|
13,2
|
28,4
|
29,7
|
38,5
|
36,1
|
37,1
|
36,0
|
30,4
|
31,1
|
27,0
|
25,9
|
- yuridik shaxslardan foyda solig’i
|
13,2
|
17,6
|
20,8
|
21,0
|
28,6
|
25,8
|
23,9
|
21,5
|
16,4
|
13,5
|
10,5
|
9,3
|
- jismoniy shaxslardan foyda solig’i
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
*
|
*
|
*
|
1,7
|
2,2
|
- daromad solig’i
|
-
|
-
|
0,1
|
0,9
|
0,3
|
0,4
|
0,8
|
1,9
|
1,6
|
2,4
|
2,3
|
2,3
|
Bilvosita soliqlar
|
5,3
|
7,5
|
7,6
|
7,9
|
9,6
|
9,9
|
12,4
|
12,6
|
12,3
|
15,2
|
12,5
|
12,1
|
- qo’shilgan qiymat solig’i
|
0,7
|
55,2
|
42,2
|
43,9
|
49,3
|
39,4
|
41,0
|
41,4
|
51,0
|
50,2
|
56,8
|
59,2
|
- aktsizlar
|
-
|
27,4
|
25,7
|
17,0
|
19,1
|
17,7
|
25,1
|
25,3
|
31,6
|
29,7
|
24,6
|
28,6
|
- bojxona boji
|
-
|
27,5
|
15,7
|
25,2
|
27,0
|
20,0
|
14,4
|
13,4
|
17,4
|
19,1
|
29,5
|
26,9
|
- chetdan keltiriladigan tovarlar uchun jismoniy shaxslardan soliqlar
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,5
|
-
|
0,5
|
1,1
|
2,0
|
Resurslar uchun to’lovlar
|
0,7
|
0,3
|
0,8
|
1,7
|
3,1
|
1,6
|
1,5
|
2,1
|
2,0
|
1,3
|
1,6
|
1,7
|
- mulk solig’i
|
-
|
0,3
|
0,51
|
1,5
|
5,2
|
6,4
|
10,4
|
14,0
|
11,3
|
12,9
|
10,7
|
9,4
|
- er solig’i
|
-
|
0,3
|
0,5
|
0,5
|
2,3
|
2,5
|
2,7
|
3,7
|
3,2
|
2,8
|
3,0
|
3,1
|
- er osti boyliklari solig’i
|
-
|
-
|
-
|
0,7
|
2,3
|
3,0
|
3,6
|
5,0
|
5,4
|
5,1
|
3,9
|
2,5
|
- suv uchun to’lovlar
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,3
|
0,6
|
1,3
|
2,1
|
2,1
|
1,3
|
1,1
|
0,9
|
- transport vositalariga egalik solig’i
|
-
|
-
|
0,005
|
0,3
|
0,3
|
0,3
|
0,3
|
1,0
|
0,6
|
0,8
|
0,5
|
0,4
|
- respublikadan tashqariga chiqariladigan xom ashyo va mahsulotlarga soliq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2,5
|
2,7
|
-
|
2,9
|
2,2
|
2,4
|
- iqtisodiy soliq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,5
|
0,5
|
1,3
|
1,0
|
1,6
|
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i
|
|
0,1
|
0,1
|
0,3
|
0,7
|
0,8
|
0,2
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1,2
|
Boshqa daromadlar
|
80,8
|
19,3
|
28,8
|
22,0
|
6,3
|
18,4
|
14,2
|
9,0
|
4,8
|
4,6
|
4,5
|
2,9
|
* Davlat byudjetining soliq daromadlari
Yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan undiriladigan soliq – to’g’ri soliq bo’lib, yuridik shaxs daromadi (foydasi)ning bir qismini tashkil qiladi, qat’iy belgilangan tartibda byudjetga olinadi. O’zbekistonda 1992 yilga qadar foizlar va mehnat resurslari uchun to’lovlar bilan birgalikda undiriladigan foyda solig’i amal qilgan. 1992 yildan bu soliq daromad solig’i bilan almashtirildi, soliqning stavkasi o’rtacha 12%ni, solishtirma hissasi byudjet daromadlarida jami tushumlarning 17,6%ni tashkil qilgan.
1995 yil yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini kuchaytirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida»gi farmoni bilan yuridik shaxslar foydasiga asosiy stavkasi 38% va bir qator pasayuvchi va ko’payuvchi koeffitsientlari bo’lgan foyda solig’i joriy qilindi. 1996 yildan hozirga qadar jismoniy shaxslar daromadi (foydasi) solig’i stavkasi pasayish tendentsiyasiga ega:
1997 yilda – 37%, 1999 yilda – 33%, 2002 yilda 24%. Bu holni ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan davlat siyosati bilan izohlash mumkin, ya’ni soliq stavkalarini pasaytirish hisobiga korxonalarda ishlab chiqarishni kengaytirish va kapitalni o’stirish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Shu munosabat bilan byudjet daromadlarida daromad (foyda) solig’i solishtirma hissasining pasayishini ko’rish mumkin: 1996 yilda - 25,8%, 1999 yilda - 16,4%, 2000 yilda - 9,4%, 2002 yilda –
9,3%.
Daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1997 yil 29 dekabrdagi 382-sonli «Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida»gi Yo’riqnomasi (keyingi o’zgartirishlar va to’ldirishlar bilan eng so’nggi 382-5 to’ldirish va o’zgartirishlar 2001 yil 10 yanvarda kiritilgan).
Daromad (foyda) solig’ini moliya yilida soliqqa tortiladigan daromad (foyda)ga ega bo’lgan yuridik shaxslar to’laydilar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining pirovard qiymat natijasi daromad (foyda) solig’i undiriladigan soliqqa tortish ob’ekti hisoblanadi. Bunday natija umumiy daromad bilan chegirmalar o’rtasidagi ayirmadan iborat umumiy vazifalarni hal qilish uchun birlashtiriladigan badallar, paylar va ustav fondidagi o’zga maqsadli qo’yilmalar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.
Umumiy daromadga jo’natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun olingan, korxona oladigan yoki tekinga (qaytarib berilmaydigan) olgan pul mablag’lari yoki boshqa vositalar kiritiladi.
Bunday daromadlarga quyidagilar kiradi:
tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan olingan tushumlar;
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar, intellektual mulk ob’ektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromadlar;
foiz ko’rinishidagi daromadlar;
dividendlar;
bepul (tekinga) olingan mol-mulk;
mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 7)royalti;
tekin moliyaviy yordam (subsidiyalar bundan mustasno);
valyuta hisob varaqlaridagi kurs bo’yicha farq;
favqulotda daromadlar;
boshqa daromadlar.
Soliqqa tortilishi lozim bo’lgan daromadlarni aniqlashda umumiy daromaddan quyidagilar chegiriladi:
barcha turdagi soliqlar summasi;
kreditlar uchun foizlar to’lovlari summasi;
xodimlarga ish haqi to’lash bo’yicha xarajatlar;
renta to’lovlari summasi;
ijara to’lovlari;
asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
majburiy sug’urta to’lovlari bo’yicha o’tkaziladigan qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar;
belgilangan me’yor chegaralarida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari summasi;
korxona balansida bo’lgan sog’liqni saqlash ob’ektlari, keksalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya muassasalari, bolalar dam olish oromgohlari, madaniyat va sport ob’ektlarini saqlash va ta’minlash bo’yicha xarajatlar summasi.
Qonun hujjatlarida moliyaviy jazo choralari va hisoblangan penya summalari jami daromaddan chegirilmasligi nazarda tutilgan.
Belgilangan normalar doirasida soliqqa tortish davri davomida hisoblangan asosiy vositalar amortizatsiyasi ajratmalari summasi umumiy daromaddan chegirib tashlanadi, yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)ga 26%li stavka bo’yicha soliq solinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ayrim korxonalar uchun foydaga kamaytirilgan imtiyozli soliq stavkalari belgilanishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiradigan (asosiy faoliyati bo’yicha) korxonalar;
chet el investitsiyalari ishtirokchidagi korxonalar;
bolalarbop tovarlar ishlab chiqaradigan va badiiy hunarmandchilik korxonalari;
o’zi ishlab chiqargan tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar.
Qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi xududida foyda solig’i bo’yicha muayyan mezonlarga ko’ra korxonalarga bir qator imtiyozlar turlari nazarda tutilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
ayrim xarajatlar turlarini soliqqa tortiladigan foydadan chiqarib tashlash;
ayrim faoliyat turlarini foyda solig’idan ozod qilish;
muayyan turdagi korxonalar uchun soliq stavkalarini kamaytirish;
muayyan muddatlarga foyda solig’idan ozod qilish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlari soliq ro’yxatidan o’tgan joydagi soliq organlariga ortib boruvchi yakunlarda foyda solig’i bo’yicha hisoblarni choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etish muddatlarida topshiradilar.
Yuridik shaxslar foyda solig’ini foyda solig’i bo’yicha hisoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun mobaynida o’tgan hisobot davridagi moliyaviy natijalar asosida to’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |