O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet87/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Kino san’ati. О‘zbek kino san’atining yuzaga kelishida birinchi о‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonovning о‘rni katta. U milliy urf-odatlar, xalq mehnati, tashvish va quvonchlarini о‘z lavhalarida ifoda etdi. 1919 yilda Respublika xalq maorifi komissarligi qoshida kinobо‘limi tashkil etildi. 1923 yilda bо‘lim о‘rniga Turkiston Davlat kino tashkiloti («Turk-goskino») yuzaga keldi. 1924 yilda О‘rta Osiyoda birinchi kino tashkilot «Buxkino» tashkil bо‘ldi. 1925 yilda «Buxkino», «Turkgoskino» birlashtirilib, «О‘zbekdavlat kino» tresti («О‘zbekgoskino»), uning qoshida esa «Sharq yulduzi» kino fabrikasi ochildi. 20-yillarning 2-yarmida milliy kino о‘zining asosiy an’analarini shakllantira bordi. Dastlab xronikal kino rivoj topdi. «Mirzachо‘ldagi paxta», «Moy ishlab chiqarish sanoati», «Tabiat va sog‘liq», «О‘zbekiston ayoli», «Eski shaharlar», «О‘zbekistonda xalq sayli» kabi filmlarda о‘zbek xalqi hayoti tasvirlangan.

30-yillarda kino san’atida M. Kayumov, X. Sulaymonov, A. Raximov, SH. Zohidov, A Raxmonov, A Saidov kabi milliy kadrlar yetishib chiqdi. Ovozsiz kino davrida о‘zbek kinosining shakllanishida rus rejissyor va aktyorlar bilan birgalikda N. G‘aniyev, K. Yormatov, R. Pirmuhamedov, S. Xо‘jayev, E. Hamroyev, Y. A’zamov, M. Qayumov kabi kino vakillari salmoqli hissa qо‘shdi. 1937 yilda yaratilgan birinchi о‘zbek ovozli «Qasam» (rej. A. Usolsev) badiiy filmi madaniy hayotda muhim voqea bо‘ldi. «Qasam» filmida ilk bor chuqur va hayotiy yoritilgan ayol obrazi berilgan. Birinchi ovozli fil’mlar qatorida «Azamat» (rej. A. Kordyum), «Asal» (rej. M. Yegorov, B. Kazachkov) keltirish mumkin. 1941—45 yillarda bir qator filmlar rus kinematografistlari tomonidan olindi. Ular bilan hamkorlikda о‘zbek rejissyorlari ham «Oddiy ish» (rej. 3. Sobitov), «Biz yengamiz» (rej. K. Yormatov), «Dovyurak dо‘stlar» (rej. N. G‘aniyev, YE. Bryunchugin) kabi filmlarni yaratishgan. 40-yillarda suratga olingan «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari» (1945, 1946, rej. N. G‘aniyev), «Alisher Navoiy» (1947, rej. K. Yormatov) kabi filmlar о‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan о‘rin oldi.

50-yillarda о‘zbek kinematografiyasi safiga yangi avlod vakillari kelib qо‘shildi (rejissyorlar U. Nazarov, SH. Abbosov, A. Hamroyev, D. Salimov, E. Eshmuhamedov, Q. Kamolova; operatorlar H. Fayziyev, D. Fatxullin, L. Travitskiy, G. Eftimovskiy; rassomlar E. Kalantarov, YE. Puigin, N. Rahimboyev). Ularning mexnati samarasi sifatida «Boy ila xizmatchi», «Qutlug‘ qon», «Maftuningman», «Furqat», «Farzandlar» kabi filmlar yuzaga keldi.

60-yillarda о‘zbek kinosi yanada yuqori pog‘onaga kо‘tarildi. Filmlarning janr va mavzui sezilarli darajada kengaydi. Tarixiy va sarguzasht tasmalar, tarixiy filmlar, film-spektakllar, zamonaviy mavzudagi filmlar kinostudiya repertuaridan о‘rin oldi. Tadqiqotchilar fikriga kо‘ra, inson ichki dunyosini ochib beruvchi filmlar — kino rivojining asosiy tendensiyasiga aylandi. Zamonaviy filmlarda qahramonlarning kundalik hayoti, ularning orzu-umidlari, muhabbat, odob-axloq muammolari kо‘tarildi. «Mahallada duv-duv gap» (1960, rej. SH. Abbosov), «О‘tgan kunlar» (1969 y., rej. Y. A’zamov), «Osiyo ustida bо‘ron», «Inqilob chavandozlari» (1964, 1968, rej. K. Yormatov), «Ulug‘bek yulduzi», «Natashaxonim» (1965, 1966, rej. L. Fayziyev) kabi kо‘pdan-kо‘p filmlar о‘zbek kinosi fondini boyitdi.

70-yillar kinosi turli janr va mavzularni о‘ziga qamrab oldi. Bu davrda ishlangan «Qora konsulning halokati» (1970, rej. K. Yormatov), «Yoz yomg‘iri» (1970, rej. A. Kabulov), «Sevgi fojiasi», «Abu Rayhon Beruniy», «Olovli yо‘llar» (1971, 1974,1975—84, rej. SH. Abbosov) kinolari ham shunday filmlar jumlasidan.

80-yillar о‘zbek kinosiga yangi aktyorlar avlodi qо‘shildi. Bular ishtirokida U. Alixо‘jayev, M. Rajabov, SH. Ergashev, P. Saidqosimov, R. Sa’dullayev, R. Zokirova, T. Shokirova, B. Zokirov, D. Qambarova, O. Bakirova, D. Egamberdiyeva bor edi. «Alibobo va qirq qaroqchi» (1980, rej. L. Fayziyev), «Parol’ «Regina» mehmonxonasi» (1984 y., rej. Y. A’zamov), «Kelinlar qо‘zg‘oloni» (1984, rej. M. Abzalov), «Bо‘ysunmas» (1983, rej. A. Kabulov) kabi turli filmlar suratga olindi.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy, siyosiy о‘zgarishlar tufayli о‘zbek kinosida ham keskin burilishlar yuz berdi. Shu davrda Davlat kinokompaniyasi tashkil etildi. «Inson», «Yulduz», «Iymon», «Vatan», «5-studiya» mustaqil studiyalar yuzaga keldi. Natijada kino sohasi yana ham kengaydi. «Temir erkak» (1991, rej. I. Ergashev), «Kammi» (1991, rej. J. Ayziyev), «Kim jinni» (1992, rej. A. Hamroyev), «Dallol» (1993, rej. B. Odilov), «Qarib quyulmagan» (1993, rej. M. Abzalov), «Taqdir eshigi» (1994, rej. L. Fayziyev), «Bomba» (1994, rej. 3. Musoqov) kabi filmlar shu davrda olindi.

Uzbek kinematografiyasida bolalar kinosi, ilmiy ommabop va hujjatli filmlar, multiplikatsion kino ham muhim о‘rin egallaydi.

Ushbu davrda о‘zbek kinosida uslub va janr imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi muayan izlanishlar ijobiy samaralar bermoqda.

Jumladan:

ijodkorlarimizda kino janrlari diapazoni, uslublar rang-barangligi, badiiy mahorat, an’ana va navatorlik masalalariga yondashuvda о‘ziga xoslik yuzaga keldi;

turli mavzular, detektiv, komediya, tragediya, melodrama, dahshatli, fantastika kabi janrlarda filmlar suratga olinib, kinoijodkorlarimiz uchun о‘z mahoratini sinab kо‘rishga qulay imkoniyat va sharoitlar yaratildi;

yangi davrning о‘ziga xos milliy kinodramaturgiyasi shakllandi. О‘zbek filmlariga yangi mavzu, yangi qahramon kirib kelishi kuzatildi;

kinoijodkorlarda milliy an’analarga munosabat va yangicha qarashlar paydo bо‘ldi.



turli xil xususiy-tijorat kinostudiyalari tashkil topdi. Hozirgi kunda respublikamizda kinomahsulot ishlab chiqaruvchi 65 ga yaqin studiya mavjud.

Shuni e’tirof etishimiz lozimki, kino san’atimiz о‘zining milliy qiyofasi bilan dunyoga chiqa oldi. SH. Abbosov, R.Muhammadjonov, Y. Roziqov, 3. Musoqov, J. Qosimov va boshqa mahoratli rejissyorlarimiz kinofilmlari kо‘pgina xorij festivallarida mukofot va sovrinlarga sazovor bо‘ldi. «Abdullajon» (1991 yil, rej. 3. Musoqov) О‘zbekiston kino festivalda «Eng yaxshi о‘zbek filmi» Oltin Grifoni bilan mukofotlangan. Yaponiyadagi chet davlatlar filmlari reytingida 7-о‘rinni egallagan, «Yulduzingni ber, osmon» (1995 yil, rej. F. Davletshin) 1995 yil Anqaradaga Xalqaro KFda «Musiqiy janri uchun» Billur globus sovriniga ega bо‘lgan; «Voiz» (1998 yil, ssenariy muallifi va rej. Y. Roziqov) 1999 yili Anapa shahrida о‘tkazilgan MDH va Boltiqbо‘yi davlatlari kino festivalda Granpri bosh sovrini bilan taqdirlangan, «Fellini» (1999 yil, ssenariy muallifi va rej. N. Abbosov) 2000 yil «Eng yaxshi rejiseyorlik ishi uchun» milliy mukofotiga ega bо‘lgan. Ushbu film 2001 yil Varshavada «Zolotoy krest» sovrini bilan taqdirlangan, 2003 yil Shveysariyada bosh diplomlardan biriga sazovor bо‘ldi, 2003 yil Avstriyaning Izburg shaxrida Granpri mukofoti bilan takdirlangan.

«Qor qо‘ynida lola» (2003 yil, rej. A. Shahobiddinov, YO. Tо‘ychiyev) filmi 2004 yilda «Ijodiy parvoz» festivalida Gran-pri mukofotini olgan. 2006 yilda «Orzu ortida» (2004 yil, ssenariy muallifi va rej. YO. Tо‘ychiyev) filmi «Ijodiy parvoz» festivalida «Eng yaxshi operatorlik ishi uchun» mukofotlangan, 2006 yilda Fransiya kino festivalda Gran-pri sovrinini olgan, 2006 yil Qozog‘istondagi «Shaken yulduzlari» festivalida diplom bilan taqdirlangan.

«Chashma» (2006 yil, ssenariy muallifi va rej. YO. Tо‘ychiyev) Moskvadagi xalqaro kino festivalda «Perspektiva nominatsiya» bо‘limida Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.

Rejissyor 3. Musoqov Yaponiya, Germaniya mamlakatlari bilan ijodiy hamkorlik о‘rnatdi. Y. Roziqovning «Dilxiroj» filmi dunyoning mashhur filmlarini tо‘plovchi Yaponiya kino muzeyiga qо‘yildi. Mazkur asarni Germaniya, Fransiya telekompaniyalari sotib oldilar, Rossiya kinoshunoslari iqtidorli о‘zbek ijodkori «Yusuf Roziqov rejissurasi fe-nomeni»ni о‘rganishga kirishdilar.

О‘zbek kino olamiga rejissyor-ssenaristlardan Ayub Shahobiddinov, Yolqin Tо‘ychiyev, yosh aktyorlar Ra’no Shodiyeva, Bobur Yо‘ldoshev, Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Dilshod Kattabekov kabi iste’dodli yosh iste’dodlar kirib keldi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish