O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet86/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Raqs sanati. О‘zbek raqs san’ati qadimdan taraqqiy etib kelgan. IV—VIII asrlarda Samarqand, Buxoro, Toshkent raqqosalari xorijiy Sharq mamlakatlarida mashhur bо‘lgan. Zamonaviy о‘zbek raqsining tipologiyasini gavdaning nafis harakatlari, qо‘l, barmoq, yelka, bel harakatlarining uyg‘unligi tashkil qiladi.

О‘zbek raqsi ikki turga bо‘linadi: an’anaviy mumtoz raqs va xalq raqsi. An’anaviy mumtoz raqsi Farg‘ona («Katta о‘yin»), Buxoro («Maqom raqsi»), Xorazm («Maqom ufori») maktablaridan iborat. О‘zbek an’anaviy raqsida lirika, osmon va tabiat hodisalari aks ettiriladi, mehnat mavzulari, о‘lim qashusi, baxt va baxtsizlik ifodalanadi.

Xalq raqsi о‘z rangbarangligi bilan ajralib turadi, u turli janr va mavzularga boy. Xalq raqsi lirik, dramatik yoki kulgili bо‘lishi mumkin. Uning mazmunini inson va tabiatning о‘zaro munosabatlari, mehnat va turmush mavzulari tashkil qiladi. Xalq raqsi 2 turga bо‘linadi: yilning ma’lum davrida ijro etiladigan raqslar (bahorni qarshilash, hosil yig‘ish, birinchi egatni olish va h.k.) va bо‘sh vaqtlarda ijro etiladigan raqslar. Xalq raqslarida musiqa asboblari о‘rniga yog‘och qoshiq, qayroq toshlardan foydalaniladi, imo-ishora, mimika qо‘llaniladi.

1926 yilda birinchi о‘zbek davlat konsert-etnografik ansambli tuzildi. Uning asoschilari yetuk arbob Yusufjon qiziq Shakarjonov, doirachi usta Olim Komilov, shogirdi Tamaraxonim ommaviy raqslar yaratgan.

1936 yilda birinchi о‘zbek ashula va raqs ansabli tuzildi. 1956 yilda u «Shodlik» nomini oldi. Bu ansablning rivojlanishida xoreograflar Usta Olim Komilov, I. Oqilov, L. Petrosova, YE. Baranovskiy, M. Turg‘unboyeva, keyinchalik A. Mо‘minov, Q. Mо‘minovlar qatnashgan.

1957 yilda mashhur raqqosa M. Turg‘unboyeva tomonidan «Bahor» о‘zbek xalq raqs ansambli tashkil qilindi. Uning baletmesterlari: M. Turg‘unboyeva (1957—78), Q. Mirkarimova (1979-88), R. Sharipova (1988-90), M. Ergasheva (1990 yildan) bо‘ldi.

1958 yilda «Lazgi» Xorazm ashula va raqs ansambli tuzildi. Bu raqs ansambllari zamonaviy о‘zbek raqsini rivojlantirdi. An’anaviy raqs shakllari va harakatlari asosida ommaviy va yakka ijro etiladigan raqslarda yevropa klassik va xalq raqsining ayrim usullari qо‘llanildi.

XX asr О‘zbekiston madaniyatiga balet san’ati ham kirib keldi. 1929 yildan О‘zbek Davlat musiqali teatri, uning qoshida tashkil qilingan raqs studiyasida о‘zbek raqqoslari Yevropa klassik baleti bilan tanishdi. 1933 yilda respublika balet maktabi ishga tushdi. 1933 yilda birinchi milliy balet-pantomimasi «Paxta» baleti sahnalashtirildi. 1939 yilda Davlat musiqali teatri О‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylantirildi. (1947 yildan Alisher Navoiy nomida, 1967 yildan hozirgi nomda).

О‘zbek balet tarixida «Shohida» baleti (baletmeyster A. Tomskiy, Usta Olim Komilov, M. Turg‘unboyeva), «Gulandom» (baletmeyster I. Arbatov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, V. Gubskaya), «Oqbilak» (baletmeyster Usta Olim Komilov, M. Turg‘unboyeva) spektakllari ilk qadamlar sifatida tanildi.

1947 yilda Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil etildi. О‘zbek balet san’atini rivojlantirishda B. Qoriyeva, B. Zavyalov, V. Proskurina, K.Soatov, I. Yusupov. R. Sultonov, A. Abduraxmonov kabi san’atkorlar katta hissa qо‘shdi.

1964 yilda Samarqandda О‘zbekistonda ikkinchi Davlat opera va balet teatri ishga tushdi.

О‘zbekiston balet teatrlarida kо‘p yillardan beri P. Chaykovskiyning «Oqqush kо‘li», «Uyqudagi gо‘zal», A. Adanning «Jizel», «Korsar», Shopen Glazunovlarning «Shopeniana», L. Minkusning «Don Kixot», L. Delibning «Koppeliya» spektakllari yangilanib, qо‘yilib turildi. Shu bilan birga, mahalliy baletmeysterlar tomonidan, jumladan, I. Yusupov «Spartak», «Korsar», «Zolushka», «Romeo va Juletta», G. Izmaylova «Bollero», «Don Kixot», «Sevgi afsonasi», «Boqchasaroy favvorasi», «Esmeralda» baletlarining varianti sahnalashtirildi.

Mustaqillik davrida balet teatrlarida milliy mavzuga e’tibor kuchayib boryapti. Mahalliy bastakor va baletmeysterlar о‘ziga xos milliy baletlarda yevropacha klassik raqsni shakllari bilan boyitmokda. Bu qatorda «Raqqosa», «Orzu», «Suhayl va Mehri», «Sevgi tumori», «Afsonalar vodiysida», «Tо‘maris» kabi milliy balet spektakllarni aytishimiz mumkin.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish