O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet88/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Sirk san’ati. Arxeologik materiallar, qadimgi devoriy rasmlar sirk san’atining qadimdan rivojlanganligini kо‘rsatadi. «Avesto»da bayon qilinishicha, bayramlarda, sayillarda chavandoz, masxaraboz, polvonlar ham ishtirok etishgan. Tuproqqal’a, Bolaliktepa, Xolchayon, Dalvarzintepa, Afrosiyobda masxarabozlarning haykalchalari topilgan. Kо‘chmanchi xalqlarda ham chavandozlik, tuyani boshqarish va о‘yin kо‘rsatish keng tarqalgan. Turkistonlik chavandozlar uzoq ellarda ham turli bayramlarda qatnashgan.

Amir Temur davrida katta tantanalarda dorbozlik о‘yinlari namoyish qilinib, chavandozlar mashqlar bajargan, muallaqchi, nayrangbozlar о‘z hunarini kо‘rsatgan. Shu davrga oid qо‘lyozmalarda sirk san’ati haqida ma’lumotlar ham bor. Masalan, Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida, Vosifiy asarida shunday ma’lumotlar uchraydi.

XVII—XVIII asrlarda turkistonlik san’atkorlar Rossiya shaharlarida ham о‘z tomoshalarini kо‘rsatishgan. XX asr boshigacha Xorazm, Buxoro saroylarida hayvonlar sirki keng tarqalgan. Shu bilan birga, Turkiston mintaqasida Rossiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Afg‘onistondan san’atkorlar о‘z tomoshalarini kо‘rsatgan.

О‘zbek sirkining rivojiga dorboz Toshkanboyevlar, chavandoz Zaripovlar, ot ustida turli murakkab mashqlar bajaruvchi Xо‘jayevlar, muallaqchi Madaliyev-Rо‘zixо‘jayevlar, qiziqchi, masxaraboz Yusupov va boshqalar muhim hissa qо‘shganlar. О‘zbekistonda sirk san’ati avloddan-avlodga saqlanib kelyapti.

Tadqiqotchilar aytishicha, 1942 yil ilk bor о‘zbek sirki jamoasi tuzildi. Jahon sirkidagi barcha tur о‘yinlar — hayvon va parrandalarni kо‘rsatish (O. Zaripova va b.; yо‘lbars о‘ynatuvchi F. Yunusov; ayiq va bо‘g‘ma ilon о‘ynatuvchi ota-bola Matchonovlar), chavandozlik (Karima Zaripova); dorbozlik (Mamatovlar), havoda va yerda muallaqchilik (Yunusovlar); masxarabozlik (Qamashovlar) va boshqa о‘yinlar ijro etib kelingan. О‘zbek sirki artistlari turli mamlakatlarga ijodiy safarlarga chiqib, о‘zbek sirki san’atini jahonga namoyish etmoqda.

Yosh mutaxassislar an’anaviy о‘zbek sirk ustalari tomonidan «ustoz-shogird» tarzida, shuningdek, Toshkent estrada va sirk san’ati studiyasida tayyorlanadi.

Mustakillik davrida zamonaviy о‘zbek sirk san’atida ikkita yо‘nalish mavjud: professional va an’anaviy sirk. Professional sirk namunalari Toshkent sirki maydonida va «Sahnadagi sirk» kо‘chma jamoalari tomonidan namoyish etilsa, an’anaviy sirk respublikamizda keng tarqalgan bо‘lib, asosan, oilaviy guruhlar sifatida shakllangan va boy an’analar bilan shakllanmoqda. Milliy sirk san’ati qisqa vaqt ichida ravnaq topdi va xalqaro sirk maydonida munosib о‘rin egalladi.

«О‘zbekdavlatsirk» birlashmasi, о‘zbek milliy sirk san’ati ustalari qunt bilan mehnat qilganliklari ajoyib samara berdi. Tomoshabinlar talabiga tо‘la javob beradigan badiiy yuksak, raqobatbardosh sirk asarlari yaratilmoqda. Sirk dasturlarida asosiy о‘rin tutgan yirik shakldagi sirk asarlari, ya’ni attraksionlar sahnalashtirilib taqdim etildi. F. Yunusovning «О‘rgatilgan yо‘lbarslar»i, N. Aliyevaning «Ikki pog‘onali dor», K. Karayevning «Chavandoz yigitlar», R. Sharabiddinovning «Tuya ustida akrobatlar» atraksionlari shular jumlasidan.

Sо‘ngi yillarda «Sahnadagi sirk» repertuari bir necha yangi tomoshalar bilan boyidi. Ular orasida T.Tojiboyevning «Sehrli shou», M.Toshkanboyevning «О‘zbekiston darbozlari», B. Axnazarov va F. Axnazarovlarning «Polvonlik dostoni», T. Galimovning «О‘rgatilgan ayiqlar» tomoshalari о‘rin olgan.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish