O’TKIR HOSHIMOV
Muallifning qisqacha hayoti haqida - O’tkir Hoshimov-taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi.1941-yil 5-avgustda Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan.Toshkent (2013-yil 24-may Juma kuni og’ir xastalik tufayli oilasi davrasida Toshkentda vafot etgan)Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan.Turli tahririyati va nashriyotlarda ishlagan.Shuningdek,u O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar qo’mita raisi vazifasini bajargan.Yozuvchining ilk asari 1962-yilda “Po’lat chavandoz”nomida ocherklar to’plami tarzida nashrdan chiqdi.O’tkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan.”Xazon bo’lgan bahor”,”Inson sadoqati”,”Vijdon dorisi”,”Qatag’on”kabi dra ma,komediya,bir qator kinossenariylar muallifi.
Tushda kechgan umrlar
Asar nomi: Tushda kechgan umrlar
Asar janri: Roman
Ijodiy metod: Realizm
Asar tematik tahlili Asar mavzusi - O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”romani 90-yillar o’zbek adabiyotidagi jiddiy voqea,muhim yangilikdir.90-yillar badiiy adabiyoti shaxs olamidagi ziddiyatlarni,shaxs va muhit o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganligidan dalolat beradi.Roman voqealari hayotning murakkab qirralarini badiiy talqin etish bilan bir qatorda,hayotiy ziddiyatlarning shaxs xarakteriga ta’sirini borligicha yoritishga harakat qilgan.
Asar g’oyasi Bu roman bir qarashda yangi o’zbek adabiyotida muayyan an’anaga aylanib qolgan mavzu-muammolar-mustabid tuzum tanqidi,afg’on urushi,:o’zbeklar ishi”qurbonlari haqida bahs etadi. Romanda yozuvchining yangi so’zi u yaratgan jonli va ko’lamli shaxslar timsoli orqali gavdalanadi.Romandagi xususan ikki yorqin qahramon-Rustam va Komissar obrazlarini yozuvchining bugungi adabiyotimizdagi yangi so’zi,badiiy kashfiyoti desa bo’ladi. Asar sarlavhasi haqida fikrim - Asar nomi o’z mazmuniga mos kelgan.Asar o’quvchini o’ziga torta oladi va bu bilan uni qoniqtira ham oladi.Bunda estetik tamoyillarning o’zgarishi,inson xarakteridagi ziddiyatlarni,ijtimoiy muhit o’rtasidagi vujudga kelayotgan qarama-qarshiliklarni o’sha davr nuqtai nazaridan O’tkir Hoshimov mukammal tarzda talqin eta olgan.
Asarning lingvistik tahlili - Joy nomlari:Afg’oniston,Toshkent -Chilonzor -Qatortol,Piskent,Qozirobod mozori,Tepaqo’rg’on,Beshyog’och,Qonqus,(Oymakon,Tajan,Farax,Kushka)SSSR davridagi joylar.
- Kasb-hunarga oid so’zlar:Komissar,kulliyot komsorgi,jangchi,shifokor,o’qituvchi,farrosh,komandir,mexanik haydovchi.
Asardagi tugun - Asardagi tugunni mana bu misol orqali ko’rishimiz mumkin.“Kuz o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi”jumlasi faqat qahramon qismatidagina emas ,asarda aks etgan davr,muhit,jamiyatga ham daxldor-darhaqiqat,o’sha yillari jamiyat bamisoli o’lim to’shagida yotgan bemordek talvasada edi.
Asardagi konflikt - Peyzaj va jamiyat o’rtasidagi konflikt:”Kuz o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi.Oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi…Erta-indin osmonga motam libosini kiygan bulutlar chiqadi.Yer ustida uzoq charx uradi-da,achchiq-achchiq ko’z yosh to’kadi.Sim-sim yomg’ir yog’adi:to’rt kunlik umrida dunyoga sig’magan,oxir-oqibat jon taslim etgan tabiatga aza ochib,unsiz yig’laydi”.Bu yerda peyzaj tasviri orqali inson ruhiyatini ng ma’lum bir qismi yoritilgan.
Asar kulminatsiyasi - Asar kulminatsiyasiga Rustamning o’limini misol qilib olish mumkin. Bosh qahramon,ya’ni Rustamning boshiga shunchalik ko’p savdolar tushadiki, bunday oriyatli,vijdonli yigitni bu ko’rgiliklardan o’limgina mosuvo etadi.Rustam obrazi talqinida o’ziga tamomila “begona dunyo”da,o’ziga “dushman dunyo”da yashagan shaxs fojiasini ko’ramiz.
Asardagi yechim - Romanda yechim yo’q,aksincha,roman voqealari hayotning murakkab qirralarini badiiy talqin etish bilan bir qatorda,hayotiy ziddiyatlarning shaxs xarakteriga ta’sirini borligicha yoritishga harakat qilgan.
Asardagi aforizm va falsafiy mushohadalar
1
2
- Baxting chopmas ediku,baxtsizlik joningga oro krdi-da.
3
- Xotin kishining makri qirq eshakka yuk bo’ladi.
- Dard ketidan quvonch keladi.
Asardan olgan taassurotingiz - Asar menga juda ham yoqdi.Albatta,hammaga bu asarni o’qishni tavsiya etaman.Asar o’zining realistik xususiyati bilan ajralib turadi.Men o’ylaymanki,bu asardan o’zingizga tegishli xulosa chiqarib olasiz.
Venn diagrammasi
Rustam-fojeiy shaxs.Katta hayotga endigina kirib kelayotgan,ona yurtning yetuk bir farzandi,sodiq fuqarosi bo’lishi,el-yurt uchun ko’p ishlar qilishi,sevgilisi vasliga erishib baxtli hayot kechirishi mumkin bo’lgan bu navqiron o’g’lon umri o’n gulidan biri ham ochilmay turib xazonga aylanadi.Komissar obrazi murakkab obrazlaridan biridir.Uning murakkabligi shundaki,harakatlarini,faoliyatni oqlab ham,qoralab ham bo’lmaydi.Nazarimizda,u sovet davrining ramziy ifodasiga o’xshaydi.Qurbonoy-o’zbek ayollarining timsoliga o’xshaydi.Unda haqiqiy o’zbek ayollariga xos bo’lgan andisha ,mehr-oqibat,iymon,pokizalik saqlanib qolgan.
Kitobdan audiolavha
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |