Nazorat uchun savol va tolshiriqlar
Badiiy madaniyat nima?
Ijtimoiy madaniy faoliyat va xalqning badiiy madaniyati о‘rtasidagi aloqadorlikni izohlab bering.
Xalq badiiy madaniyatining evolyusiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Mustaqillik davrida madaniyat va san’atning rivojlanishiga kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlik, qabul qilingan qarorlar tо‘g‘risida yozia referat topshiring.
20-mavzu: Madaniy xordiq faoliyati.
Reja:
1.Bo’sh vaqt tushunchasi.
2.Madaniy dam olish va bo’sh vaqtdan foydalanishning turlari
3.O’zbek xalq ananaviy ijodiy dam olish turlari
Tayanch sо‘z va iboralar
Tosh, bronza, temir davrlari, choyxonalar, guzarlar, musofirxonalar, karvonsaroylar, rabotlar, maschitlar, madrasalar, bо‘sh vaqt, madaniy rivojlanish.
Vaqt abadiy harakatdir. Bu harakatni hech bir kimsa na tо‘xtata oladi, na orqaga qaytara oladi. Vaqt shunday bir bebaho boyilikki, uni na sotib, na qarzga olib bо‘ladi.
Vaqt hech qachon kutib turmaydi: muayyan bir vaqt ichida biron-bir foydali ish qilsangiz ham, hech narsa qilmasangiz ham, u о‘taveradi. Ammo inson muayyan vaqt ichida foydali, unumli bir ishni bajara olishga ulgura olishi va undan oqilona foydalanib qolishi kerak.
Inson vaqt о‘tishi bilan ulg‘ayadi. Biroq, uning kelajakda qanday inson bо‘lib voyaga yetishishi vaqt deb atalmish bebaho boylikdan samarali foydalanishiga ham kо‘p jihatdan bog‘liqdir. Xalqimizda “Vaqting ketdi – naqding ketdi”, degan gap bor. Darhaqiqat, vaqtdan oqilona foydalana olgan kishilargina baxtiyor bо‘lib, hayotda kо‘p narsaga erishadilar, jamiyat uchun foydali ish qilib, munosib nom qoldiradilar. Bо‘sh vaqtdan oqilona foydalanish xayrli ishlarni amalga oshirishda о‘ta muhim ahamyat kasb etadi.
Bо‘sh vaqt tushunchasi nisbiy bо‘lib, uni “erkin vaqt” deb ham atash mumkin. Chunki, insonning kundalik mehnatdan, turmush tashvishlaridan xoli bо‘lib, madaniy dam olishi bо‘sh vaqtdir.
Bо‘sh vaqt- dam olish, charchoq chiqarish, ma’nan va jismonan rivojlanish uchun sarflanadigan vaqt. Undan qanday foydalanish har kimning о‘z ixtiyorida bо‘ladi. Bо‘sh vaqtda bilim va malaka oshirish, ijtimoiy-siyosiy faoliyat, sport va havaskorlik ijodiyoti bilan shug‘ullanish, madaniy xordiq chiqarish, sayr qilish kabi kо‘plab faoliyatlar bilan mashg‘ul bо‘lish tushuniladi.
Agar kishilarning kundalik (24 soat) umumiy vaqt byudjetini 4 qismga bо‘lsak, uning bir qismini – ish vaqti (7-8 soat), ikkinchi qismini – bо‘sh vaqt (4-5 soat), uchinchi qismini – uyqu (7-8 soat) qolgani qismini boshqa zaruriy faoliyatlar – ishga borish uchun transportda, piyoda yurish va hokazolar (4-5 soat) tashkil qilar ekan.
Bо‘sh vaqt miqdoriga kо‘ra dam olish, haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari va yillik dam olishlarga bо‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |