O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet97/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Tayanch sо‘z va iboralar: Muzey, tarixiy xotira, madaniy muassasalar, eksponat, moddiy va ma’naviy yodgorliklar, ashyoviy dalillar.
Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni tо‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan о‘rganib kо‘rgazmalarga qо‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari о‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qо‘lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi.

Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, qatag‘on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Muzeylar mazmun jihatdan quyidagi turlarga birlashadi:



    • Tarix muzeylari, tarix-arxitektura va tarixiy adabiyot muzeylari;

    • О‘lkashunoslik muzeylari;

    • Xotira-yodgorlik muzeylari;

    • San’at muzeylari;

    • Soha muzeylari;

    • Turli muzeylar.

Muzeylar qachon paydo bо‘lgan va ularning ahamiyati nimalardan iborat? «Muzey» - yunoncha atama bо‘lib, «muza» sо‘zidan kelib chiqqan. Qadimgi Yunon mifologiyasida san’at va fan ma’budalari «muzalar» deb yuritilgan. Muzalar, ya’ni ma’budalar yoki xudolar shoir va san’atkorlarga ilhom beradi, deb e’tiqod qilingan. Shuning uchun antik poeziya asarlarining boshida kо‘pincha Muzaga murojaat qilingan. San’at va adabiyotga, tarixga oid bir qancha ma’budalar mavjud bо‘lgan. Jumladan, antik shoirlardan Gesiod (mil.avv. 7-asr) 9 ta ma’budani sanab о‘tadi: Klio – tarix; Yevterpa – poeziya va musiqa; Taliya – komediya; Melpomena – tragediya; Terpsixora – о‘yin; Erato – muhabbat lirikasi; Poligileniya – gimnlar; Uraniya – astronomiya; Kalliopa – epos ma’budalaridir. Appolon Muza xudosi hisoblangan. Muza obrazi Yevropa tasviriy san’atida о‘z ifodasini topgan. Ma’budalar – turli shakldagi haykallar alohida ehtirom bilan muqaddas sanalgan imoratlarda saqlangan. Odamlar ma’budalarni ziyorat qila turib, orzu-istaklarini amalga oshirishini tilaganlar. Natijada muzalar joylashgan dargoh insonlarning ziyoratgohiga aylangan. Bu dargohda eng asl buyumlar, nodir, qimmatbaho ashyolar va gо‘zal san’at asarlari ham saqlana boshlagan. Ular bu bino sahnini bezash bilan birga, ziyoratchilar qalbida ham alohida taassurot qoldirgan. «Muzeun» - bu gо‘zal buyumlar saqlanadigan, ilhom parilari tо‘planadigan joy degan ma’noni anglatadi.

Shuningdek, «Moziy» sо‘zining «Muzey» atamasiga monand ekanligini ham e’tirof etish kerak. «Moziy» sо‘zining lug‘aviy ma’nosi tarix, о‘tmish degan mazmunni anglatadi. Muzeylar ham vazifasiga kо‘ra tarixni, о‘tmishni namoyish qilish bilan avlodlarga bilim beradi. Shunday ekan, muzeylar tarixdan saboq beradi, u xalqning asrlar davomida qо‘lga kiritgan yutuqlari, ilm-ma’rifatga qо‘shgan hissasi haqida ma’lumot beradi, kо‘rgazmali, ishonchli, ilmiy asoslar bilan insoniyatga ma’rifat tarqatadi desak xato bо‘lmaydi.

Muzey dastlab Yunoniston va Rimda paydo bо‘lgan. Bu mamlakatlarda ayrim san’at yodgorliklari ibodatxonalarda tо‘planib, turli kо‘rgazmalar tashkil etilgan. Keyinchalik Ellinizm davrida muzey kolleksiyalari vujudga keldi. San’at, madaniyat va fan erishgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar tо‘plash Uyg‘onish davrida Italiyada, sо‘ng esa Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda rasm bо‘ldi. Temuriylar davrida tasviriy, Amaliy va me’morchilik san’atlarida ulkan yutuqlarga erishildi. Saroylar, madrasa, maqbaralar va boshqa binolarni nafis suratlar, naqshlar bilan bezash taraqqiy etdi. Bibixonim masjidi, Gо‘ri Amir, Shohi-zinda, Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidi, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Ulug‘bek qurdirgan rasadxona va madrasalar о‘zining ulug‘vorligi bilan Sharq me’morchiligining shoh asarlari bо‘lib, ularda xalqimizning yuksak did va mahorati, aql-zakovati namoyon bо‘lgan.

Bu davrda savdo-sotiq, hunarmandchilik shunchalik rivojlangan ediki, Buxoro, Samarqand ustalari tomonidan ishlangan buyumlar dunyo bozorlarida yuqori baholanardi. Hirot ustalarining zargarlik buyumlari, Samarqand, Buxoro duxobasi katta shuhratga ega edi. Temur davrida Movarounnahr ustalarining ijodiy ishlari kо‘rigi bо‘lib turardi.

1469 yili Ali Isfahoniyning san’ati tahsinga sazovor bо‘ldi. Usta guldon idishni kо‘rikka qо‘yadi. Bu guldonda 32 hunarmandning ish uslubi kо‘rsatilgan edi.

Hunarmandlar о‘z mahoratlarini yangi qurilgan masjid, maqbara va boshqa inshootlarda namoyon etar edilar. Masalan, Bibixonim masjidi uchun ustalar tomonidan ishlangan shamdonlar va masjid darvozasi kandakorlik san’atining chо‘qqisi edi. Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun tabrezli usta Abdul-Aziz ikki tonnalik mis qozon yasagan (1381 yil). Shamdonlarni va qandillarni esa isfahonlik usta Izoddin yasagan edi. Gо‘ri Amirning 1405 yil Temur kо‘milgandan keyingi ichki kо‘rinishi “Harbiy memorial muzey”ni eslatar edi. Maqbaraga qо‘yilgan har bir buyum nodir tarixiy va madaniy yodgorlik edi.

Tarixchi Arabshohning yozishicha, Maqbara ichiga sohibqironning kiyimlari, devorlariga qurol-yarog‘lari osilgan edi. Bu qurollar oltin-kumushdan yasalgan bо‘lib, qimmatli la’l-yoqut toshlar bilan bezatilgan edi. Maqbara gumbazi ostida osmondagi yulduzlarni eslatuvchi oltin-kumush qandillar osilgan edi. Bitta qandil 4000 misqol tillodan yasalgan. Yerga maqbara о‘lchovida ipak va duxoba gilamlar solingan edi.

Temuriylar sulolasidan Husayn Boyqaro Hirotni gо‘zal binolar, masjid, madrasalar bilan obod etdi. She’riyat sultoni Alisher Navoiy bilan birga Hirotni shoir va fozillar bog‘iga aylantirdi. Shu davrda tarixchi olimlar Mirxond (1498 yil vafot etgan) va uning nabirasi, tarixchi Xondamir, buyuk mо‘yqalam sohibi Kamoliddin Behzod ijod qildilar.

Bu davrda Hirot miniatyura san’ati ustalari maktabi vujudga keldi, sanoqsiz qо‘lyozmalar iste’dodli xattotlar tomonidan kо‘chirildi va zarhallar bilan bezatildi.

Sharqshunos olim A.Y.Yakubovskiyning yozishicha, Alisher Navoiyning (1441-1501) juda katta, nodir qо‘lyozmalarga boy shaxsiy kutubxonasi bо‘lgan. Bu kutubxonadan tarixchi Xondamir, musavvir Behzod va boshqa olimu fozillar foydalanganlar.

Buxoro-Xiva xonliklarida ham nodir qо‘lyozmalar, miniatyuralar kolleksiyasini tо‘plab saroy va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bо‘lgan edi.

Shunday qilib, О‘rta Osiyoda dastlabki muzeylar nodir buyumlar, noyob qо‘lyozmalar va boshqa san’at va hunarmandchilik buyumlarini tо‘plab namoyish etish shaklida namoyon bо‘lgan.

Mustaqillikka erishganimizdan sо‘ng xalqimiz oldida bir necha yangi va muhim muammolar paydo bо‘ldi. Ularning mohiyati, mazmuni eng avvalo millatimizni har tomonlama rivojlanishi va ravnaq topishini ta’minlash bilan bog‘liqdir. Prezidentimiz I. A. Karimov tarix fanining dolzarb muammolari haqidagi maqolasida bu boradagi muhim yо‘nalishlarni kо‘rsatib berdi: “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib о‘sgan yurtida о‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland kо‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak”.

Uzoq о‘tmish davrlarga borib taqaladigan tarixga boy, qadim madaniyatga ega bо‘lgan xalqimiz oldida о‘z о‘tmishini, kelib chiqishi, ota-bobolari, urf-odatlari, ma’naviy boyliklarini, yuksak madaniyati, san’atini yanada chuqurroq о‘rganish, anglash va bevosita davom ettirishdek vazifa turadi. Prezidentimiz “...tarix – xalq ma’naviyatining asosidir”, deb ta’kidlar ekan, mustaqil vatanning har bir fuqarosi, ayniqsa uning kelajagini belgilab beruvchi yoshlar о‘z tarixi va madaniyatini yaxshi bilishlari shartdir.

Tarixiy xotirani shakllantirish, uni rivojlantirish, shu Bilan birga hozirgi avlod ruhida milliy g‘urur tuyg‘ularini paydo qilish ishida barcha madaniy-ma’rifiy muassasalar qatorida muzeylar ham о‘ziga yarasha hissasini qо‘shmoqda. Darslik, qо‘llanma kitoblardan biz nazariy bilimlarni olar ekanmiz, shu haqdagi amaliy kо‘rgazmalar, ashyoviy dalillar namoyish etilgan muzeylar bevosita ana shu nazariy bilimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayni paytda falsafiy meros ham xalq ma’naviyatining ajralmas va asosiy qismi hisoblanadi. Darhaqiqat, tarix, tarixiy xotira ham ijtimoiy-falsafiy merosning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim manbalaridan biridir. Shu sababli ularning ikkovi ham inson faoliyati, xalqning hayot yо‘lini, tarixiy jarayonning umumiy mohiyatini tushunish obektidir. Shu bois yurtboshimizning “О‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi” va “Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, о‘zlikni anglash mumkin emas” degan fikrlari juda qimmatlidir. Shuni aytish kerakki, tarixni tushunishda, yaqin о‘tmishda bо‘lganidek faqat ishlab chiqarish omillariga bog‘lab о‘rganmasdan, balki uni har tomonlama anglab, ayniqsa, ma’naviyatimizning asosiy manbai va negizi sifatida о‘rganish zarur.

Tarixiy xotira – har bir xalq, millat о‘zining zamon va makondagi о‘rnini, nasl-nasabini, о‘zligini anglashi, о‘zining haqiqiy tarixini, ma’naviyat va madaniyati jihatdan tutgan о‘rnini, uning rivojiga qо‘shgan hissasini, о‘zining milshliy iftixorini, g‘ururini mustaqil va xolisona anglab olishidir.

Albatta, agar xalq о‘zining tarixiy xotirasiga, tarixiy ongiga ega bо‘lsa, u muqarrar о‘zi kechirgan tarixiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqurroq tushunadi va talqin qiladi. Bu urinishlar xalqning vakillari – olimlari, mutafakkirlarining ilmiy faoliyatida mujassamlanadi va ular tomonidan jamiyatni, inson hayotini va ma’naviyatini ilmiy-nazariy tahlil etishda, uning ma’lum nazariyasini, tamoyillarini yaratishda namoyon bо‘ladi.

Muzeylar tarixiy xotirani jonlashtirish omili bо‘lib xizmat qilar ekan, unda namoyish etilayotgan materiallar ashyoviy dalil sifatida о‘z davriga xos xususiyatlarni aks ettirganligi Bilan, о‘sha davr madaniyati, san’atidan beradigan xabari bilan juda qimmatlidir. Ular xalqimizning yuksak rivojlangan madaniyati, adabiyoti, san’ati hamda ma’naviy dunyoqarashiga asoslangan xususiyatlari bilan tomoshabin e’tiborini qozonadi. Unda bevosita shu buyumlarda aks etgan joziba, sehr, geometrik aniqlik, kimyoviy barkamollik, qurilish-arxitektura inshootlarining о‘ta aniq va pishiq loyihalariga nisbatan inson aqlini lol qoldiradigan bir ta’sirini uyg‘otadiki, bu uning beixtiyor faxrlanish, qoyil qolish va undan о‘rnak olib yangi san’at asarlarini yaratish sari ilhom uyg‘otadi.

Mustaqillik tufayli respublikamizda muzeylarga bо‘lgan e’tibor yanada oshdi. Xususan keyingi 10 yil ichida Davlat qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, О‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, Badiiy San’at Koshonalari 10 ta, me’morial muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni paytda bularda 1 million 600 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.

Maktab muzeyi yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat va harbiy arboblarning, xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan binolar, inshootlar, esdalik joylarni о‘z о‘lkasiga bog‘lab о‘rganishni, ikkinchidan, arxeologik yodgorliklarni: kо‘hna shaharlar, qо‘rg‘onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yо‘llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylar – mozoratlarni, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlarni, qadimiy buyumlarni о‘z joyiga bog‘lab о‘rganishni; uchinchidan, me’morchilik obidalari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, kо‘chalar, shahar va boshqa aholi yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilishi va qoldiqlarini; sanoat, harbiy, diniy, xalq me’morchiligi inshootlarini, tabiat landshaftlarini о‘z hududiga moslab о‘rganishni; tо‘rtinchidan, san’at yodgorliklari – monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san’at asarlarini; beshinchidan, yodgorlik hujjatlari – davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa qо‘lyozmalar hamda arxivlar, folklor va muzika yozuvlari va shu kabi nodir materiallarni izlab topish, о‘rganish va umumlashtirish vazifalarini qо‘yadi.

Maktab muzeyi oldiga juda katta va ulkan vazifalar qо‘yilgan bо‘lsa-da, xalq va davlat muzeylaridan о‘ziga xos xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Birinchidan, bu muzey maktab о‘qituvchilar jamoasi hamda yoshlar tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan materiallar asosida tashkil etilgan, ikkinchidan, bu muzey о‘quvchilar uchun mо‘ljallangan, uchinchidan, muzeydan faqat yuksak tarbiyaviy maqsaddagina emas, balki ta’lim jarayonida ham unumli foydalanish mumkin.

Maktab muzeyi tashkil qilingan maktablarda о‘quvchilarning ijtimoiy fanlardan olayotgan bilimlari, mustaqil ishga va mehnatga, о‘tmish tarixi va madaniyatiga qiziqishlari о‘sib borayotganligi aniqlanmoqda. Shuningdek, yuqori sinf о‘quvchilarining bilim doirasi kun sayin kengayib, dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlariga bо‘lgan qiziqishi sezilarli darajada о‘smoqda. Davlat muzeylari bо‘lmagan rayonlarda maktab muzeyining vazifasi yanada murakkabroq bо‘ladi. Bunday hollarda maktab muzeyi mahalliy aholini ham о‘ziga jalb qiladi va tarixiy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishga bо‘lgan qiziqishini orttiradi.

Muzeylarimizda saqlanayotgan amaliy san’at asarlari ilmiy tadqiqotlar uchun bebaho moddiy manba ekanligi bilan ham alohida ilmiy qimmat kasb etadi. Muzeylararo qо‘shma kо‘rgazmalar kо‘lamini har galgidan ham kengaytirish zarur. Negaki, Buxoro, Xiva, Surxondaryodagi muzey zaxiralarida shunday asarlar borki, ular nafaqat mamlakatmizdagi markaziy muzeylarda, qо‘yingki, dunyoning hech bir muzeyida uchramaydi. Muzeylararo qо‘shma kо‘rgazmalarning afzallik tomonlaridan biri, avvalo, minglab muzey ixlosmandlariga qulay imkoniyat yaratilishidir. Qolaversa, muzey xodimlari о‘zaro tajriba almashadilar va ilmiy uslubiy yordam oladilar.

О‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi Muzeylar boshqarmasi, Respublika «О‘zbekmuzey» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh uyushtirgan «XXI asrda О‘zbekiston muzeylari» mavzuidagi Respublika seminar-kengashi qatnashchilari viloyat va tumanlardagi muzeylar faoliyati bilan tanishib chiqib, kо‘plab fikr-mulohazalar bildirishdi.

Muzey ishining yana bir muhim jihati-turizm bilan bog‘liq muammodir. Hozir muzeylarimizda ajdodlarimizdan qolgan, xalqning faxri va kо‘rki bо‘lgan, uning ma’rifiy va ma’naviy darajasini belgilovchi ulkan va ulug‘vor tarixiy meroslarimizni dunyo miqyosida namoyish etishning barcha imkoniyatlari mavjud. Muzey-faqat tarixiy meros, san’at asarlarini asrash va saqlashgagina xizmat qilib qolmay, tarbiyaning eng ta’sirchan, omilkor vositasi hamdir. Zero, buni tarbiyaning hech bir usuli bilan qiyoslab bо‘lmaydi.

Avlodlarimizni uzoq о‘tmish ma’naviyati va madaniyatidan bahramand etish, ularning qalbida Vatanga, shu aziz tuproqqa mehr ruhini singdirishda muzeylarning о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shunday ekan, «Muzey kо‘rgazmalariaro sayohat» nomida bolalarga mо‘ljallangan turli adabiyotlar salmog‘ini oshirish va saviyasini kо‘tarish lozim. Televideniyeda muzeylar haqida kо‘rsatuvlar kо‘lamini kengaytirish, uning mazmundorligi va ta’sirchanligiga erishish ham davrning muhim talabidir.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tо‘g‘risidagi 1999 yil 12 yanvardagi farmoni juda muhim ahamiyatga molik voqea bо‘ldi. Farmonda kо‘tarilgan masalalar о‘z ahamiyati, qamrovi jihatidan juda muhim bо‘lib, ular О‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar, millatlar о‘rtasida barqarorlikni ta’minlashda, ayniqsa, о‘zbek xalqining о‘zligini anglashda alohida о‘rin tutadi. Ayni paytda, ushbu hujjatda muzeylar faoliyatini takomillashtirishning madaniy iqtisodiy tomonlari, mazkur madaniy-ma’rifiy muassasalarning barkamol avlodni tarbiyalashdagi muhim ahamiyati masalalari о‘zining yorqin ifodasini topgan. Darhaqiqat, О‘zbekiston va о‘zbek xalqi jahon hamjamiyatida о‘zining alohida о‘rniga ega. Hududimizdagi tо‘rt mingdan ortiq madaniy tarixiy yodgorliklar esa bunga guvohdir. О‘zbekistonda jahon madaniyatining noyob gavharlari kо‘p bо‘lgan. “YUNESKO” kabi nufuzli tashkilot muhofazasiga olingan qadimiy Buxoro va Xiva muzey shaharlarining 2500 yilligi keng nishonlandi.

Yuqorida qayd etganimizdek, О‘zbekiston tarixiy obidalar va tabarruk qadamjolarini sanab adog‘iga yetish qiyin bо‘lgan mamlakatdir. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishini ham О‘zbekiston va о‘zbek xalqining buyuk hissasi nuqtai nazaridan baholash mumkin. Mustaqillik yillarida О‘zbekiston respublikasi madaniy-tarixiy yodgorliklar faoliyatidagi о‘ziga xos jihatlarga ma’naviyati, xususan, madaniy-ma’rifiy, axloqiy-mafkuraviy qadriyatlarni targ‘ib etishning muhim usullaridan biri sifatida alohida e’tibor bermoqda.

Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tо‘plash, saqlash, о‘rganish va tashviq qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-ma’rifiy maskan bо‘lib, о‘zining ekspozitsion va kо‘rgazmalari vositasida tashviqot va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

Mustaqillik yillarida Respublikamizning turli shaharlarida, jumladan, poytaxt Toshkentda 1996 yil “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, 2002 yilda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda Termizda “Arxeologiya muzeyi” tashkil topdi. “О‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi”, “О‘zbekiston Davlat San’at muzeyi” va viloyatlardagi qator muzeylar qayta ta’mirlandi. Hozirgi kunda respublikamizda 1200 dan ortiq turli yо‘nalishdagi katta-kichik muzeylar faoliyat kо‘rsatmoqda.

“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi PF-1319-sonli Farmoni muzeyshunoslar kо‘pdan kutgan hujjat bо‘lib, muzeyshunoslik fanining ravnaqiga keng yо‘l ochib berdi. Farmonda kо‘zlangan maqsadlardan biri, respublikamizdagi barcha muzeylarni yagona bir tizimga birlashtirish, ya’ni ularni ma’naviy boshqaruvchi markaziy rahbar organ yaratishdan iborat edi. О‘sha Farmonga binoan yangi tashkil topgan “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi faoliyatining birinchi kunlaridanoq о‘zining asosiy yо‘nalishlarini belgilab, amalga joriy etish lozim bо‘lgan vazifalarni aniqladi :

1. Respublikamiz muzeylari о‘z yо‘nalishlariga qarab xalqimiz boy madaniy merosini, uning taraqqiyot bosqichlaridagi о‘rnini haqqoniy aks ettirib, zamon talablari asosida istiqlol ruhidagi ekspozitsiyalar yaratilishi zarurligi ;

2. Asrlar davomida yaratilib, chetga chiqib ketgan merosimizni Vatanimizga qaytarish;

3. Muzeylarni ma’naviyat о‘chog‘iga aylantirib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbiga davlatimiz tarixiga, qadimda asos solingan ajdodlarimiz merosiga nisbatan g‘urur va faxr tuyg‘usini singdirish;

4. Muzeylarimizdagi boy eksponatlarni, yutuqlarimizni jahon jamoatchiligiga tanitish maqsadida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, viloyatlararo kо‘rgazmalar tashkil etishga kо‘maklashish;

5. Xalqaro turizmni rivojlantirib, О‘zbekiston muzeylariga chet ellik sayyohlarni jalb qilib, ularga yuksak madaniy xizmat kо‘rsatish;

6. Muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona rо‘yxatini tuzish ishlarida zamonaviy texnik vositalardan keng foydalanish hamda noyob eksponatlar aks etgan otkritkalar, bukletlar, yо‘l kо‘rsatkichlari, albomlar, kataloglar chop etish;

7. Kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy qarash maqsadida oliy о‘quv yurtlariga muzeyshunos olimlarni jalb etib, о‘qitish usullarini takomillashtirish, о‘quv mashg‘ulotlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan uzviy bog‘lab olib borish, respublikadagi yetakchi muzeylarda muzey xodimlarining malakasini oshirish.

Shu kunlarda muzeyshunos olimlarimiz respublikamizdagi muzeylar faoliyatini yanada yaxshilash niyatida muzeylarni rivojlantirishning maxsus ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. Mutaxassislar fikricha, bu borada О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi ekspozitsiyasining ilmiy tamoyillari barcha muzeylar uchun namuna bо‘la oladi. Hozir tamoyil va tematik-ekspozitsion rejalar kо‘paytirilib, respublikamizdagi barcha muzeylarga tarqatildi.

Keyingi yillar davomida muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Respublika “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi 2002 yil 16 mayda “XXI asrda О‘zbekiston muzeylari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazdi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muzeylarni milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanib jihozlanishning ahvolini о‘rganish va bu borada ularga yordam kо‘rsatish tо‘g‘risida”gi 2002 yil 11 iyundagi 07-105-282-sonli qarori respublikamizdagi barcha muzeylarning faoliyatini о‘rganishga qaratildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, muzeylarni qо‘llab-quvvatlash respublika «О‘zbekmuzey» jamg‘armasi qoshida muzeylar uchun elektron dasturlar yaratuvchi mutaxassislardan iborat maxsus markaz tashkil etish kun tartibidagi dolzarb masala, deb hisoblaymiz. Chunki, aynan shunday markaz orqali О‘zbekiston muzeylarida ma’lumot tarqatish va saytlar yaratishning yagona tizimini joriy qilish mumkin. Yirik muzeylarimiz xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda xalqaro standartlar negizida elektron axborot majmuini yaratishlari mumkin. Lekin bunda muzeylarda ma’lumotlar tо‘plashning turlicha uslub va kо‘rinishlari hosil bо‘lib, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Shuni hisobga olgan holda respublikaning turli yо‘nalishdagi 80 dan ortiq muzeyda saytlar, hisobga olish va kartotekaning yagona andozasi tayyorlansa, bu keyinchalik respublika muzey fondining yagona katalogini nashr qilishda juda asqotgan bо‘lardi.

Xullas, boshqa madaniy muassasalar qatorida muzeylarimizning ham elektron nashrlari bilan dunyo ma’lumotlar oqimiga qо‘yilishlarini tabiiy hol va zamon talabi deb qabul qilmog‘imiz lozim. Zero ma’lumot tarqatish bilan muzey о‘zini jamiyatda reklama qilishi, tomoshabinlarni kо‘paytirishi va horijiy hamkasblar bilan tez va qulay aloqa о‘rnatishi mumkin. Elektron axborot tarqatish vositalari tizimini joriy etish muzeylarimiz boyligini keng omma, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilishda ham о‘zining ijobiy rolini о‘ynaydi.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish