O’quv materiallari


Mutolaa,kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o’rni



Download 2,01 Mb.
bet99/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

1.Mutolaa,kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o’rni

2.Mutolaa madaniyatining muhim tarkibiy jihatlari.

3.Komil insonni tarbiyalashda mutolaa madaniyatining tutgan o’rni.

Tayanch sо‘z va iboralar

Kitob, mutolaa, mutolaa madaniyati, shaxs, komil inson, jamiyat, tanlab о‘qish, kitobxon ijodkorligi, kutubxona.

«Mutolaa» sо‘zi aslida arabcha о‘qish degan ma’noga ega bо‘lsa-da, bugungi kunda u kitob о‘qishdan kо‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda. Ijtimoiy-madaniy hodisa bо‘lgan mutolaaning shaxs va jamiiyat hayotida tutgan о‘rniga kо‘ra uni mutolaa madaniyati kontekstida olib qarash zarur.

“Mutolaa madaniyati” tushunchasi haqida gap ketar ekan, madaniyat hodisasiga maxsus yondashish, unga ta’rif berish lozim bо‘ladi.

Madaniyat tushunchasining murakkab va kо‘p qirrali ekanligi ijtimoiy fanlarda mazkur tushunchaga yondashuvning xilma-xilligiga, barchani qanoatlantiruvchi yagona ta’rifning qabul qilinmay kelayotganligiga sabab bо‘ldi. Manbalarning guvohlik berishiga kо‘ra, bugungi kunda ilm-fanning turli sohalarida madaniyatga 250 dan ortiq ta’rif berilgan11.

Sharq mutafakkirlari madaniyat tushunchasini ma’rifat, farosat, aql bilan uyg‘un tushuncha sifatida talqin qilib kelgan.

Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning asarlarida bayon etilgan madaniyat tо‘g‘risidagi fikrlarini umumlashtirib, shunday xulosaga kelish mumkinki, madaniyat bilim, aql va axloq omillarining uyg‘unligidan hosil bо‘ladi. Agar xoh jamiyat, xoh jamoa, xoh shaxs bо‘lsin, ularda ana shu omillar mutanosib ravishda muvozanatni saqlamasa, bu tanazzulga olib keladi. Chunki madaniyatsiz jamiyatda adlu adolat, jamoada – dо‘stlik, hamjihatlik, shaxsda esa komillik bо‘lmasligi shunday oqibatlarga sabab bо‘ladi.

Shoir о‘zining «Majolis un-nafois»idan о‘rin berilgan ba’zi ijodkorlar nechog‘lik iste’dodli bо‘lishidan qa’i nazar, ularning fe’li, xulqi, xatti-harakatlari nafaqat о‘z boshlariga, balki jamoa, hatto, saltanat taqdiriga ham ne-ne kо‘rguliklar solganligini dalillar bilan aytib о‘tgan. Bunga xususan, Abdulatif Mirzo haqida bildirgan fikrlari yorqin misol bо‘la oladi: «savdoyi mijoz va vasvasiy tab’ va devonasor kishi erdi. Mundin о‘zga dag‘i g‘arib badfe’lliqlari bor erdikim, zikridin behijobliq lozim kelur…. Ammo ta’bi nazm erdi va she’rni obodon aytur erdi»12.

Alisher Navoiyning inson о‘qib-о‘rganish, halol mehnat va yaxshi xulq orqasidan komillikka erishishi, jamiyatda obrо‘-e’tiborga, izzat-ikromga ega bо‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlashi biz uchun juda muhimdir. «Mir Murtoz kichik yoshdin berikim, ilm kasbig‘a mashg‘uldur. Anga tegrukim kо‘prak ulumda donishmand bо‘ldi – о‘z mutolaasi bila bо‘ldi. Kecha tong otquncha va kunduz oqshom bо‘lg‘uncha ishi mutolaa erdi. Bovujudi bu zuhdi dag‘i a’lo martabada va soyim ud-dahr (yil bо‘yi rо‘za tutadigan – Tahririyat) erdi. Bu riyozatlar jihatidin mavoli anga Mir Murtoz ot qо‘ydilar va holo bu laqab bila mashhurdir."13

Bizning nazarimizda madaniyat tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emasligiga asosiy sabablardan biri – mazkur hodisa turmush tarzining deyarli barcha sohasiga kirib borib, inson hayotining barcha jabhalarida namoyon bо‘lib borayotganligidir. Shu jumladan, jamiyatda mutolaa madaniyatining tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishida ham umumiy madaniyatning, ya’ni aholining yalpi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy tayyorgarligi yuksalganlik darajasining о‘rni va roli beqiyosdir. Shunday qilib, qayd etish joizki, mutolaa madaniyati umumiy madaniyatning hosilaviy kо‘rinishidir.

Mutolaa madaniyati esa о‘z navbatida kitobga qiziqish, odamlarning adabiyotlar bilan kengroq tanishish rag‘bati, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga, shuningdek, axborot manbalaridan tо‘liq foydalanishga yordam beruvchi kо‘nikma va malakaga ega bо‘lishni taqozo etadi.

Mutolaa madaniyati kishining manbani tо‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bо‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, о‘zini qiziqtirgan masalalarga doir manbalarni topib olish va undan о‘qishda, ishda, hayotda foydalanish yо‘llarini о‘rgatadi. Kitobni tanlash, uni tez о‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, о‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga kiradi. Demak, mutolaa madaniyati insonni bevosita amaliyotga kirishish, hayot bilan uyg‘unlashish, ma’naviy foyda olishga yо‘naltiradi.

Ayni chog‘da mutolaa madaniyatini ta’lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan ixtisoslashgan ma’lumotni inson hayoti davomida turli manbalar – kitoblar (badiiy, ilmiy, о‘quv, ensiklopedik va boshqa), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniye, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qо‘llanma va hokazolar), shuningdek subekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari, ish yoki о‘qish joyidagilar, qо‘ni-qо‘shnilar va boshqa insonlar) orqali ega bо‘linadigan turli yо‘nalish va shakldagi umumiy ma’lumotdan farqlash lozim bо‘ladi. «Ixtisoslashgan ta’lim insonga bir soha doirasida cheklangan bilim va malaka beradi. Umumiy ta’lim insonga keng va tо‘liq dunyoqarashga ega bо‘lish, hayotning turli tomonini … tushunish imkonini beradi»14.

Demak, mutolaa madaniyatining muhim tarkibiy jihati undagi ixtiyoriylik, ta’lim olishdagi anglash, faoliyatni erkin tanlash, takomillashuvga bо‘lgan ongli rag‘bat, ichki da’vat tamoyillari bо‘lib, ular inson taraqqiyoti uchun о‘ziga xos harakatlantiruvchi omillar sanaladi.

Ruhshunoslarning ta’kidlashicha bola tashqi olamni aql-idrok bilan emas, avvalo tuyg‘u bilan, hissiyot bilan qabul qilar ekan. Shuning uchun ham ta’sirchan voqealarga boy, g‘aroyibot, mо‘jizalar koni hisoblangan xalq ertaklari, dostonlari, rivoyatlari bitilgan kitoblarni bolalarga о‘qib berishdan charchamaslik kerak. Asta-asta ularning sehri, jozibasi yosh qalbni butunlay zabt etishi, bolaning о‘zi savodi chiqqach, kitobdan zavq olish, lazzatlanish uchun mutolaani odat qilishi tayin.

Yoshlarda kitobxonlikka о‘chmas havas uyg‘otishdan muddao – ularni yetuk, komil inson etib tarbiyalashdan iboratdir.

Inson kamoloti pirovard natijada jamiyat rivojini tashkil etishi ma’lum. Ularning munosabatlari xususiy holning umumga nisbatidan iborat. Bu ularning biri ikkinchisi makonidagina amal qila olishini, ikkinchisining esa kо‘lam jihatidan birinchisini о‘z tarkibida ifoda etishini anglatadi.

Inson kamoloti bilan bog‘liq muhim jihatlardan biri, uning jamiyat rivojiga nisbatan mustaqillik darajasidir. Markschilar ijtimoiy munosabatlarda jamoaviylikning ahamiyatini mutlaqlashtirib, komil insonning jamiyat rivojiga ta’sirini inkor etadi. Biroq jamiyatning inqirozli davrlarida voyaga yetgan Abu Nasr Forobiy yoki Amir Temurning yetuk zakovati mazkur qarashlarning notо‘g‘ri ekanligini kо‘rsatadi. Zero, ekzistensializm nazariyasiga kо‘ra, hayotining asosiy mazmuni о‘z-о‘zini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bо‘lgan insongina komillikka da’vogar bо‘la oladi. Darhaqiqat, insonning komillik sari intilishida mustaqil bilim olish va mutolaaning о‘rni beqiyos bо‘lib, inson har qanday sharoitda ham, jamiyat rivojining har qanday bosqichida ham mutolaa yordamida о‘z-о‘zini rivojlantirishi, kamol toptirishi mumkin. Bu esa, mutolaa omilini favqulodda ijtimoiy zarurat darajasiga chiqaradi. Zotan, buyuk istiqbolni kо‘zlab intiluvchi har bir jamiyatda mutolaa madaniyatiga ustuvor masala sifatida yondashilishi bejiz emas.

Amaldagi nazariy-empirik tajribalar tahliliga kо‘ra, jamiyat rivoji inson kamolotiga ikki xil yо‘nalishda ta’sir qilishi mumkin.

Birinchidan, jamiyat hayotining takomillashuvi fuqaro shaxsi oldiga yangi-yangi dolzarb talablarni qо‘yib boradi. Masalan, fan va texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi va ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi yangi ixtisosliklar, yuqori malaka va maxsus bilimlarni egallashni kun tartibiga qо‘ymoqda hamda jamoaviy mahsulot mazmunida shaxsiy ulush mas’uliyatini oshirishni dolzarblashtirmoqda.

Ikkinchidan, yangicha shart-sharoitlar kishilarning о‘zaro munosabatlarga kirishish usullarini ham о‘zgartirmoqda. Paydo bо‘lgan mazkur yangiliklarni о‘zlashtirish va tartibga solishga intilish ham inson kamolotiga xizmat qiladi. Masalan, kompyuter texnologiyalari va internetning kundalik hayotimizga shitob bilan kirib kelganligi, internetning kishilararo ma’lumot almashish vositasiga aylanib borayotgani internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish va uni turmush tarzining deyarli barcha jabhalariga joriy etishni talab qilmoqda.

Ijtimoiy hodisa bо‘lgan komil insonni tarkib toptirishga tarixiy shart-sharoit bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Xalqimizning tarixiy tajribasi shuni kо‘rsatadiki, ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida turlicha xususiyatlarga ega bо‘lgan tarbiya usullari va jarayonlari, ijtimoiy mо‘ljallar va qadriyatlar ustuvor mavqe kasb etib, о‘zgarib borgan. Ular konkret shaxsning yoki guruhning jamiyatda tutgan о‘rni, mavjud davlat tuzumi va boshqa shu kabi omillar, kо‘plab ijtimoiy hodisalar qatori «komil inson» g‘oyasiga munosabat va uni tarkib toptirish jarayonlariga ham turlicha yondashuvlarni yuzaga keltiradi. Bu esa, komil insonni tarbiyalashning tarixiy tizimini anglatadi.

Komil insonni tarkib toptirish jarayonining yana bir tizimini uning subektlaridan farqlash mumkin: 1) butun bir jamiyatning komillik sari intilishi; 2) alohida guruhning komillik sari intilishi; 3) shaxsning individual kamoloti.

Komil inson shaxsini kamol toptirish jarayonini mazmuniga yoki subektiga kо‘ra, tarixiy rivojlanish yoki amal qilishiga kо‘ra tuzilmalarga ajratishdan maqsad mazkur jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdir. Tarixiy rivojlanish natijasida komil insonni tarkib toptirishning barcha jihatlari о‘zgarishga uchraydi. Konkret tarixiy sharoitlarda «komil inson» g‘oyasi, unga xos xususiyatlar, uni shakllantirish usullari va hokazolar turlicha bо‘ladi, eng muhimi esa, vaqt о‘tishi bilan takomillashib boradi. Buni xalqimizning tarixiy-madaniy rivojlanish evolyusiyasida «komil inson» g‘oyasining davr bilan hamohang о‘zgarib, takomillashib borishida ham kuzatishimiz mumkin.

«Avesto»da komil inson g‘oyalarining juda asosli va teran qо‘yilganligi diqqatni о‘ziga tortadi. Jumladan, «о‘z xalqiga xayrixoh, odil tuzumga mos yaxshiliklar g‘oyasi nihoyatda chuqur mazmunga ega bо‘lib, komillik mezonlarining qirralarini tashkil qiladi. Ayniqsa, insonga yuksak ma’naviyat sohibi darajasiga kо‘tarilish vazifasi qо‘yilganligi alohida ahamiyatga molik»15.

Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tarkib yasovchi tushunchalaridan biri bо‘lgan komil inson hodisasiga xos xususiyatlar xalqimiz tafakkurida zardushtiylik dini bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan edi. Darhaqiqat, komil inson g‘oyasi о‘zining rivojlanish tarixi davomida zardushtiylik dinidagi asosiy g‘oyalar – ezgulik va yovuzlik kurashi hamda ezgulikning ulug‘lanishi asosida shakllanib keldi. Zero, «komil inson g‘oyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bо‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezkulikka undaydigan olijanob g‘oyadir»16.

Barkamol shaxsni tarbiyalash azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, ma’naviyatining uzviy bir qismi bо‘lib kelgan. Buning isbotini mutafakkirlarimiz asarlarida teran ifodalanganligidan kо‘rishimiz mumkin.

Abu Ali ibn Sino insonning tо‘liq kamolotga erishishi uchun uning aqli bilan birga axloqi va jismoniy xislatlari ham mukammal bо‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha tarbiya: 1) avvalo aqliy tarbiya – yoshlarni ilm-fanga о‘rgatish; 2) jismoniy tarbiya (bunga tibbiyot ilmi ham xizmat qiladi); 3) axloqiy tarbiya; 4) estetik tarbiya hamda 5) yoshlarni ma’lum hunarga о‘rgatish tarbiyasi kabilarni о‘z ichiga oladi17.

IX – XII asrlarda ijod etgan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib va boshqa bir qancha allomalar ijodida kuzatiladigan holat – jamiyatning kamolotga erishuvida «odil shoh»ning yuksak ahamiyatidir. YA’ni, yetuk, har tomonlama komillikka erishgan odil shoh jamiyatni kamolotga olib kelishi mumkin. Mazkur yondashuvda umum va xususga, ya’ni yuqoridan kо‘rsatilgan ta’sir (qonunlar, qoidalar, tartibotlar, axloqiy sifatlar, ibrat va hokazo) pastdagi jamiki holatlarni tubdan о‘zgartirishiga qat’iy ishonch yorqin namoyon bо‘ladi. Ammo mazkur yondashuvda yuqoridan kо‘rsatiluvchi ta’sirlar maxsus tasnif etilmaydi. Bundan farqli ravishda, tasavvuf falsafasida jamiyat kamoloti uchun har bir shaxs, u xoh shoh bо‘lsin, xoh oddiy fuqaro, komillikka erishuvi lozim. Ushbu jihatdan, tasavvuf falsafasida «komil inson» konsepsiyasi, aytish mumkinki, yangi bosqichga kо‘tarildi.

Komil inson g‘oyasi tasavvuf falsafasining doimiy diqqat markazidagi asosiy о‘zak masala hisoblanadi. Tasavvufda inson mavzui, uning kamoloti haqidagi masala doimiy bahsu munozara manbai bо‘lib kelgan. Lekin bu kamolot insonning surati, zohiri emas balki, «mо‘jaz xilqat» – insonning ichki olami – botinidagi ziddiyatlar, ruh va jismning о‘zaro kurashi bо‘lib sо‘fiylarni qiziqtirib kelgan. Tasavvuf namoyondalari nazdida inson bosh xilqat hisoblanib, ular odamning vujudiga emas, ruhiy tuzilishi, holu harakatlariga asosiy urg‘u berganlari bejiz emas.

Shayx Aziziddin Nasafiy о‘zining «Zubdatul haqoyiq» («Haqiqatlar qaymog‘i») asarida insonning tugal kamolotini shunday tavsiflaydi:

«Ey darvesh, komil inson (ta’kid bizniki –Tahririyat) xalq orasida rostlikni qaror toptirish va yomon rasmu odatlarni xalq orasidan kо‘tarish va xalq orasiga yaxshi, xayrli qoida-qonunlarni joriy etish va odamlarni Xudoga da’vat qilish va oxiratni madh etish va dunyoni yomonlash va darveshlikning foydasini kishilarga tushuntirishdan kо‘ra afzalroq toatni bilmaydi. Shu yо‘l bilan odamlar qalbida darveshlikka mehr uyg‘otadi va boylik bilan shahvatga nafrat paydo qiladi... xalqni bir-biriga mushfiq-mehribon qiladi, toki odamlar bir-birlariga ozor bermasinlar va bir-birlarini suyasinlar. Va odamlarga bir-birlarining tinchligi omonligini saqlashni buyursin, toki odamlar ham til bilan, ham qо‘l bilan bir-birlarini qо‘llasinlar va bunga ahd qilsinlar va bu ahdni buzmasinlar va agar buzsalar iymonsiz bо‘ladilar»18.

Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, Aziziddin Nasafiyning ta’riflaridagi komil inson bizning tasavvurimizdan ham begona emas. Nasafiyning komil inson borasidagi qarashlarida bir yoqlamalikka yо‘l qо‘yilmaydi. Yuqorida kо‘rganimizdek, uning nazaridagi komil inson martabasi axloqining gо‘zallashuvi va о‘zini tanimoqligidan boshlanadi. Axloqi gо‘zal bо‘lgan insonda ma’rifat nuri yog‘du kо‘rsatadi va shu nur orqali asl mohiyatni anglamoqqa yaqinlashadi.

Alisher Navoiy komil inson tavsifida insonning borliqda egallagan о‘rniga tavba va shukur izhor etib yashash, о‘zligini doimiy yaxshilash bobida muntazam say-harakat qilish, kasb-korini e’zozlash, islom qoidalariga rioya qilish, jamiyat tartibotlariga hurmat, kamtarlik, о‘zaro hurmatni saqlash, xushmuomala bо‘lish, saxovatli, mard, boshqalarning dardiga hamdard bо‘lib yurish, sabr-toqatlilik, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, maqsad sari qat’iyatlilik va nihoyat, jamoaga kerakli bо‘lib yurish fazilatlarini alohida ta’kidlaydi.

Xullas, komil inson, komillik g‘oyasi Zardusht zamonlaridayoq kurtaklagan bо‘lsa-da, tasavvuf g‘oyasi sifatida shakllanib, adabiyot, san’at va falsafaga kо‘chgan holda ilohiylik bilan odamiylik orasidagi bir mо‘tadil kamolot kо‘rinishini kasb etdi. Har qanday inson jamiyatga keltirgan foydasi bilan qadrli hisoblanadi. Boshqalarga ziyon yetkazadigan, jamiyat osoyishtaligini buzadigan, surati siyratiga tо‘g‘ri kelmaydigan kishi hech qachon komil inson da’vosini qila olmaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»19.

Komil inson ta’rifi borasida fikr yuritgan ulug‘ allomalar, mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan mulohazalarni umumiy tahlil etish shundan guvohlik beradi-ki, komil shaxs siymosidagi bosh belgi – mehr-muruvvat fazilati, ya’ni insonning boshqalarga ezgu munosabati ekanligi ayonlashadi. Zero, mehrsiz qilingan barcha say-harakatlar oxir-oqbatda xudbinlikka olib keladi. Komil inson siymosidagi ikkinchi umumlashtiruvchi xususiyat esa bilim, ilm, о‘qishga katta mayl va rag‘batdan iboratdir. Eng qadimgi yozma obidamiz «Avesto»dan tortib, Prezident Islom Karimovning komil inson konsepsiyasigacha bо‘lgan manbalarning barchasida bilim, ma’rifatga kuchli rag‘bat shaxs kamolotiga keng yо‘l ochishi asoslab beriladi.

Modomiki, barcha say-harakatlarimizning pirovard maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, jamiyatda mutolaa madaniyatini shakllantirish, avvalo fuqarolarning о‘zini о‘zi muttasil va muntazam rivojlantirish payida bо‘lishi, izlanish zavqidan chekinmaslik, о‘qish, о‘rganishda izchillikka erishish bosh muddao bо‘lmog‘i zarur.

Jamiyatimizdagi kichik sotsial guruh hisoblangan oila mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali komil farzandlar tarbiyalashda muhim о‘rin tutadi. Buning uchun oilaning о‘zi mustahkam, totuv, ruhiy-ma’naviy sog‘lom bо‘lishi lozim. Darhaqiqat, oila mustahkamligining negizlari nimalardan iborat?

Bizningcha, oilada qonuniy asoslar, iqtisodiy asoslar, demografik asos (ya’ni oilada farzandlar tug‘ilishi), ruhiy-ma’naviy asoslar mavjud bо‘lishi uning mustahkamligi uchun zamin tayyorlaydi.

Ruhiy-ma’naviy asoslar sirasiga oiladagi о‘zaro mehr-muhabbat, izzat-hurmat va hokazolar bilan birga umumiy qiziqishlar ham kiradi. О‘z navbatida umumiy qiziqishlar doirasi ham nihoyatda keng bо‘lib, oila a’zolarining biror kasb-hunarga, san’atga, sportga va boshqa sohalarga intilishi, muxlisu muhibligi ham ular orasidagi bog‘liqlikni kuchaytiradi, yaqin munosabatlar rishtasini uzviylashtiradi.

Mutolaaga qiziqish, oilaviy kitobxonlik an’analarining mavjudligi ham oilani jipslashtiradigan omillardan biridir.

Ma’lumki, mutolaa madaniyatini egallash, mutolaa jarayonlarini tashkil etish, kitob ma’nosini tо‘kis anglay olish, idrok etish, ayniqsa badiiy asarning о‘ziga xos uslubda tasvirlangan, kо‘p qatlamli g‘oyaviy mazmunini “kashf qilish” kitobxondan muayyan tayyorgarlik, kо‘nikma va tajriba talab etadigan murakkab masaladir. Ana shunday paytda oilada voyaga yetayotgan о‘smir yoshlarning eng yaqin kо‘makchisi ularning kitobsevar ota-onalari, bobo-buvilari bо‘lishlari mumkin.

Mutolaa samaradorligini ta’minlash, badiiy asarning nozik qirralarini ilg‘ay olish, undan zavqlanish va g‘oyaviy mazmunini tо‘liq idrok etish uchun muallif ijodkorligi bilan bir vaqtda kitobxon ijodkorligi ham talab etiladi.

Misol uchun, Abdulla Qodiriy “О‘tgan kunlar” romanining о‘quvchi tomonidan о‘zlashtirilishini olib kо‘raylik. Kо‘pchilik adabiyot muxlislari tan olganicha, “О‘tgan kunlar” ishq-muhabbat mavzuiga bag‘ishlangan tarixiy asar. Unda XIX asr о‘rtalarida bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealar fonida ikki yoshning gо‘zal, lekin baxtsiz muhabbati tasvirlangan. Shu bilan birga bu roman vatanparvarlik tо‘g‘risidagi betakror asardir. Oddiy о‘quvchi undagi muhabbat sarguzashtlariga, ayriliq iztiroblari-yu, visol lazzatlari ifodalangan voqealarga maftun bо‘lishi, qahramonlar bilan birga shu tuyg‘ularni yurakdan kechirishi mumkin. Aslida ushbu badiiy zavqning о‘zi ham kam emas. Ammo sinchkov kitobxon shu bilangina cheklanib qolmaydi. Endi u yozuvchi tomonidan batafsil tasvirlanmagan bо‘lsa-da ishoralar, qochirimlar, qisqa izohlar (xabarlar) orqali kо‘rsatishga harakat qilingan mazmun, ijodiy niyatni anglab yetishga intiladi. Bu asarning bosh qahramoni Otabek nafaqat sof va ulug‘vor sevgi egasi, balki ona tuproq uchun jonini fido qilishga tayyor vatanparvar inson obrazi sifatida taqdim etilganidir. Shunisi borki, roman oxirida shahid bо‘lganligi qisqa satrlarda aytib о‘tilgan Otabek va Usta Olimlarning vatanparvarligi abstrakt tushuncha emas. Buni romandagi ba’zi voqealar silsilasidan, ularning zamiriga singdirilgan ma’nodan anglab olish mumkin.

Ma’lumki, Otabekni qaynotasi uyiga kiritmay, quvib solgandan keyin u Marg‘ilon kо‘chalarida tentirab, oxiri shoyi tо‘quvchi Usta Olimning eshigiga duch keladi, uning mehmoni bо‘ladi va mezbonning sevgi sarguzashti, xotini Saodatning vafoti tufayli boshidan kechirgan g‘am-anduhlaridan, ayriliq azoblaridan voqif bо‘ladi. Yuksak insoniy tuyg‘ular bu ikki g‘amli kо‘ngilni bir-biriga yaqinlashtirib, sirdosh dо‘stlarga aylantiradi. Voqealar rivoji Otabekning muhabbati – Kumushbibini ham tuproqqa qо‘yadi. Har ikki yigitning mahbubasi, yurak toji shu zaminda abadiy qо‘nim topadi. Endi ular uchun bu tuproq oddiy yer emas, muhabbatga yо‘g‘rilgan muqaddas zaminga aylandi. (Otabekning tungacha qabristonda qolib ketishini eslang). Endi bu zaminni aziz saqlash, toptalishiga yо‘l qо‘ymaslik nomusli kishining oriyat ishiga aylandi. Vatan sarhadlariga g‘ayridinlar bostirib kelganda Otabek ham, Usta Olim ham kо‘ngillilar qatori qо‘lga qurol olib, jangga otlanganining, Toshkentdan ham, Marg‘ilondan ham ancha olisda jon taslim qilib, shahid bо‘lganining boisi shunda.

Modomiki, muallif bu voqealarning mufassal tasvirini bermay, qahramonlarning xatti-harakat motivlarini batafsil yoritmas ekan, bu о‘rinda asarning mohiyatiga chuqur kirib borish uchun “kitobxon ijodkorligi” zarur bо‘ladi.

Shu о‘rinda mutolaa qiluvchilarning toifalari xususida ham tо‘xtalmasdan bо‘lmaydi. Muayyan о‘quv dasturini о‘zlashtirish majburiyati yuzasidan qо‘lga kitob oluvchilar bor, kitob sirdoshiga, doimiy hamrohiga, ma’naviy ehtiyojiga aylanib qolgan shinavandalar bor. “О‘qishning uch xili mavjud, birinchisi о‘qib tushunmaslik, ikkinchisi о‘qib tushunish, uchinchisi о‘qish va hatto yozilmagan narsani ham anglab yetish”. Ana shu uchinchi toifa ta’rif aynan shinavanda kitobxonga tegishlidir. Ma’lumki, yuksak iste’dod bilan yaratilgan haqiqiy badiyat olami tabiat olami singari turfa rang, serjilo, ma’no-mazmunga boy bо‘ladi. Badiiy asarning ana shu xususiyati (invariantlik) ni anglash, his qila bilish uchun kitobxon ham tayyor bо‘lishi kerak. U asarning kо‘p qirrali ma’nolarini kashf qilish uchun gо‘yo muallif bilan ijodiy hamkorlikka kirisha olishi lozim. Bunday kitobxon faol, ijodkor kitobxon bо‘ladi.

Bu esa, yana ta’kidlaymiz, о‘quvchining tajribasiga, saviyasiga kо‘p jihatdan bog‘liqligi sababli kattalar ishtirokida (oilaviy yoki sinfda ustozlar bilan) mutolaani uyushtirishni talab qiladi.

Katta oila, ya’ni uch avlod birga yashaydigan oilalarda badiiy asar haqida tashkil etiladigan munozara va muhokamalar asarni oila a’zolarining barchasi tomonidan tushunishga, badiiy idrokning teran va kо‘lamli bо‘lishiga olib keladi. Bu esa oila a’zolarining qon-qardoshlik yaqinligiga fikriy va emotsional yaqinlikni ham qо‘shadi. Bular oxir-oqibatda oilada hamjihatlik muhiti rivoj topishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish bilan uning mustahkamligiga ham xizmat qiladi.

Shaxsning badiiy jihatdan taraqqiy topishini, kamolga yetishini ta’minlash juda muhim ijtimoiy vazifalardan sanaladi. Jamiyat a’zolarining gо‘zallikka nechog‘li oshufta ekanligi pirovard natijada hayotda ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat urug‘larining unib chiqishiga sabab bо‘ladi. Insonda badiiy salohiyatning mavjudligi, badiiy zavq va badiiy didning tarbiyalanganligi uning umumiy madaniyatlilik darajasining salmoqli qismini tashkil etadi. Bunda shaxsning mutolaa madaniyatini egallaganligi muhim omil hisoblanadi.

Mutolaa madaniyati kishining manbani tо‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bо‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, о‘zini qiziqtirgan masalalarga doir manbalarni topib olish va undan о‘qishda, ishda, hayotda foydalanish yо‘llarini о‘rgatadi. Kitobni tanlash, uni tez о‘qish, avaylab saqlash, о‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga kiradi.

Demak, mutolaa madaniyatining muhim tarkibiy jihati undagi ixtiyoriylik, ta’lim olishdagi anglash, faoliyatni erkin tanlash, takomillashuvga bо‘lgan ongli rag‘bat, ichki da’vat tamoyillari bо‘lib, ular inson taraqqiyoti, xususan badiiy taraqqiyoti uchun о‘ziga xos harakatlantiruvchi omillar sanaladi.

Rivojlangan davlatlarda mutolaa sotsiologiyasi va psixologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar mutolaa madaniyatining tizim yasovchi muhim belgilari – mutolaa texnologiyasi, mutolaa darajasi hamda mutolaa intensivligi ekanini ta’kidlaganlar.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish