Musiqa san’ati. Musiqa san’ati о‘zbek xalqining eng qadimgi san’at turlaridan biridir. Asrlar mobaynida og‘zaki an’anada avloddan-avlodga musiqa merosi davrma-davr saralanib kelgan. О‘zbek musiqa merosi deganda biz mehnat va marosim kuylari, qо‘shiqlardan tortib murakkab doston, ashula, katta ashula va maqomni nazarda tutamiz. Tarixiy manbalar qadimga musiqa san’ati haqida kо‘pdan-kо‘p ma’lumotlar beradi. Avestoda mil. av. davrlarda bevosita Zaratushtradan meros qolgan «gatlar» tadqiqotlarda qо‘shiqlar deb nomlanadi. Arxeologik topilmalar (Ayritom, Afrosiyob, Dalvarzintepa yodgorliklari va boshqa), yunon tarixchilari Gerodot, Ktesiy, Kseno-font, Strabon, Ptolemey asarlari, tarixchilar Narshaxiy, Beruniy, Bobur, adiblar Firdavsiy, Kaykovus, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy musiqa san’ati haqida atroflicha ma’lumot beradi.
Undan tashqari, musiqani tarixiy, nazariy va boshqa masalalari IX—XIX asrlarda Muso Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Safiudsin al-Urmaviy, Mahmud ash-Sheroziy, Abdul-qodir Marog‘iy, Abduraxmon Jomiy, Nadjmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy, Vojid Alixonlarning asarlarida tadqiq etilgan.
О‘zbek musiqa asarlarini 2 turga bо‘lish mumkin. Birinchisi, musiqa folklori: mehnat, marosim kuy, qо‘shiqlari, oddiy ashulalar. Ikkinchisi, professionalkasbiy musiqa: doston, katta ashula, murakkab shaklli ashula, cholg‘u kuylar, maqomlar.
An’anaviy о‘zbek ijrochiligi va ijodiyotida Farg‘ona-Toshkent, Buxoro—Samarqand, Surxondaryo—Qashqadaryo, Xorazm mahalliy mintaqalari ustuvorlik qilib kelmoqda.
О‘zbek xalqining turmush tarzi musiqaviy jarayonga boydir. «Alla», «Yor-yor», «О‘lan», «Tо‘ylar muborak», «Kelin salom», «Yig‘i» (marsiya) kabi qо‘shiqlar urf-odatlar va marosimlar bilan chambarchas bog‘liq.
Mehnat folklori о‘zbek xalqi musiqa merosini beqiyos qatlamini tashkil qiladi. Unda dehqonlarning «Boychechak», «Sustxotin», «Xо‘sh-xо‘sh», «Laylak keldi», «Choy momo», «Mayda», «Charx», «CHо‘poncha», «Lola», «Navrо‘z», «Qovun sayli» va boshqalar о‘rin olgan.
Mumtoz janrlarning eng qadimgilaridan biri dostonlardir. Ularning ikki turi mavjud: Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand (ba’zan Toshkent, Namangan va boshqa) viloyatlarida dо‘mbira, Xorazmda esa turli sozlar jо‘rligida ijro etiladi.8
Katta ashulachilik Farg‘ona vodiysida yuzaga kelgan. Katta ashula hofizlar tomonidan ijro etilib, mazkur janrda falsafiy yondashishlar katta о‘rin olgan. Hofizlar orasida diniy kitoblardan olingan matnlar bо‘yicha aytiluvchi va erkin mavzulardagi, Sharq shoirlari g‘azallariga kuylanuvchi katta ashulalar keng tarqalgan. Bular, odatda, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Huvaydo, Mashrab, Muqumiy, Furqat kabi mumtoz shoirlar she’rlari bilan ijro etilgan.
Musiqiy janrlar orasida eng mukammal janr bu maqomlardir. Hozirgi kunda О‘zbekistonda Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona—Toshkent maqom yо‘llari hamda cholg‘u maqomlar amaliyotda saqlanib kelmoqda.
Maqom, katta ashula, ashula, doston kabi mumtoz musiqiy janrlar yuzaga kelishida, bastakorlar ijodida doimo folklorga tayanib kelgan.
Tadqiqotchilar fikricha, XVI asr oxiri — XVIII asr mobaynida Buxoro, Xiva, Qо‘qon xonliklarining yuzaga kelishi musiqa san’atida mahalliy (lokal) xususiyatlar ustuvorlashishiga olib keladi. Natijada, Buxoroda mukammal «Shashmaqom» (1. Buzruk; 2. Rost; 3. Navo; 4. Dugoh; 5. Segoh; 6. Iroq), Xivada Xorazm maqomlari (1. Rost; 2. Buzruk; 3. Navo; 4. Dugoh; 5. Segoh; 6. Iroq, ayrim manbalarda о‘zgarishlar kiritilgan), Qо‘qon xonligi doirasida (Chorgoh, Bayot, Shahnoz-Gulyor, Dugoh Husayniy) ashula yо‘llari shakllangan.
Turkiston Rossiya tomonidan bosib olinganidan sо‘ng, ayrim an’analar yо‘qqa chiqarila boshlandi. Bu jarayonda yevropacha musiqa janrlari, ijrochiligi va ta’lim tizimini singdirish ishlari olib borildi. Bu jarayon mahalliy san’at ahli hamda shinavandalarida qarshilik tug‘dirdi.
XX asrda о‘zbek qо‘shiqchiligida individuallik emas, balki «hammaboplik» alomatlariga urg‘u berila boshlandi va keyinchalik bu nuqson mualliflik qо‘shiqlaridan kantata, opera, oratoriya, musiqali drama, komediyalarga kо‘chib о‘tdi.
20—30-yillarda musiqa ta’limi, ijrochiligi va ilmida bir qancha voqealar sodir bо‘ldi. Turkiston xalq konservatoriyasini ochilishi (1918 yil), musiqa texnikumi (1924 yil), davlat konservatoriyasi (1936 yil) va boshqa ta’lim muassasalarining tashkil etilishi musiqa san’atining rivojlanishiga katta turtki bо‘ldi.
30-yillarda atoqli о‘zbek ijrochilari chet el gastrollarida bо‘lishgan va о‘zbek musiqa san’atini dunyoga tanitishgan. 50-yillarda T. Jalilov, Y. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, N. Hasanov, I. Ikromov, S. Kalonov, G‘. Toshmatov kabi bastakorlar; T. Sodiqov, D. Zokirov, S. Yudakov, M. Leviyev, A. Muhammedov singari kompozitorlar ommabop qо‘shiqlar yaratganlar.
60-yillardan estrada yо‘nalishi ham rivojlanib kelmoqda. Bu jarayonda S. Yudakov, SH. Ramazonov, A. Dvoskin, E. Solihov, I. Akbarov asarlari yuzaga keldi. Ijrochilikda B. Zokirov, Y. Tо‘rayev, R. Sharipova, «Navo», «Yalla» ansambllari ijodiy izlanishlar olib borishdi. Hozirgi paytda bu yо‘nalish juda ham kengayib bormoqda. Ba’zan unda folklor an’analariga tayangan holda yevropacha estrada musiqasiga kо‘r-kо‘rona taqlid qilish ustuvorlik qilishi kо‘zga tashlanmoqda.
О‘zbek musiqali dramasida ham e’tiborga sazovor asarlar paydo bо‘ldi. Bu qatorda T. Jalilovning «Muqimiy», «Tohir va Zuhra», «Surmaxon», M. Leviyevning «Oltinkо‘l», «Toshbolta oshiq», S. Boboyevning «Vatan ishqi», A. Muhammedovning «Jon qizlar», I. Akbarovning «Momo yer» asarlarini keltirish mumkin.
50-yillar va keyingi davrlarda opera janri ham rivojlandi. Bu jarayonda S. Yudakovning «Maysaraning ishi», T. Sodiqov, Y. Rajabiy va B.Zeydmanlarning «Zaynab va Omon», T. Jalilov va B. Brovsinlarning «Tohir va Zuhra», I. Akbarovning «Sо‘g‘d elining qoploni», S. Boboyevning «Hamza», M. Burxonovning «Alisher Navoiy» operalari yaratiddi.
О‘zbekistonda 60-yillarda simfonik musiqa ham rivojlandi. Agar oddingi davrlar simfonik musiqasida milliy musiqiy meros talqin qilinmagan bо‘lsa, hozirgi davrda simfonik musiqa uchun asl omillar, mavzu va mazmun manbai izlab topilmoqda. Bu jarayon, milliy an’analarga su-yangan holda zamonaviy asarlarni yaratish, kamer cholg‘u musiqada ham, jо‘rsiz xorga mо‘ljallangan turli turkumlarda ham seziladi.
Mustaqillik yillari о‘zbek an’anaviy musiqasiga e’tibor yanada kuchaydi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarning tiklanishi musiqa sohasida ham ancha о‘zgarishlarga sabab bо‘ldi. Qadimiy milliy musiqaning boy badiiy-tasviriy vositalari bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini о‘zlashtirish natijasida о‘zbek musiqa san’ati yuksak darajaga kо‘tarildi. О‘zbek musiqa san’ati shu kunga qadar ikki asosiy qatlamda yetib kelgan bо‘lib, biri «xalq musiqasi» yoki «musiqiy folklor», ikkinchisi «mumtoz-kasbiy» yoki «ustozona» musika deb yuritiladi.
Mustaqillik davridagi zamonaviy О‘zbekiston musiqa san’ati о‘z ichiga serqirrali ijodiy izlanishlarni, yutuqlarni va muammolarni qamrab oldi. An’anaviy monodiya qadriyatlari va yevropazamin kо‘povozli musiqa yо‘nalishlari pallasini о‘zlashtirish, ularga yanada yangi talqin berish dolzarb masalalardan biridir. О‘zbekistonda taniqli ijrochilardan, an’anaviy uslubdagi xonandalardan M. Uzoqov, J. Sultonov, K. Otaniyozov, O. Alimaxsumov, O. Otaxonov, O. Imomxо‘jayev, F. Mamadaliyev, B. Davidova; zamonaviy milliy yо‘nalishdagi kо‘ylovchilardan K. Rahimov, SH. Jо‘rayev, G‘. Yoqubov; estrada xonandalaridan B. Zokirov, F. Zokirov, N. Abdullayeva, Y. Usmonova va boshqalar; sozandalardan — T. Alimatov, G‘. Hojiqulov, A. Ismoilov va boshqa; musiqali drama, opera va balet solistlari — L. Sarimsoqova, H. Nosirova, S. Qobulova, K. Zokirov, G‘. Abduraxmonov, N. Axmedova, S. Yarashev, E. Yо‘ldoshev, N. Hoshimov; dirijyorlar — M. Ashrafiy, F. Shamsiddinov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov va boshqalar о‘zbek musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qо‘shdilar.
Musiqali anjumanlar ham mazkur san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 1996 yil 27 avgust kuni «О‘zbekiston — Vatanim manim» qо‘shiq bayrami haqida maxsus farmon qabul qilindi. Unda «О‘zbekiston — Vatanim manim» qо‘shiq kо‘rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma’naviy hayotida unutilmas voqea bо‘lgani, minglab fuqarolar tomonidan zо‘r mamnuniyat va kо‘tarinki ruh bilan qо‘llab-quvvatlanganligi qayd qilindi va «har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «О‘zbekiston - Vatanim manim» qо‘shiq bayrami kuni» deb e’lon qilindi. Xalqning qо‘shiqqa bо‘lgan ehtiyoji kuchli bо‘lgani va respublika rahbariyatining qо‘shiqchilik san’ati rivojiga e’tibori asosida bu bayram har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu kо‘rik-tanlov bosqichma-bosqich: о‘quv yurtlari va tashkilotlarda, mahalla, qishloq va shaharlarda, tuman va viloyatlarda va nihoyat poytaxtda kо‘tarinki ruh bilan о‘tkazilmokda.9
«Sharq taronalari» musiqa festivali, «Musiqiy — simfonik festival» xalq musiqa ijodiyotining turli janrlariga bag‘ishlangan kо‘rik-tanlov, festivallar dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlarda ham katta taassurot qoldirmoqda.
Samarqandning yuragi hisoblangan kо‘hna Registon maydonida bо‘lib о‘tadigan an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining obrо‘yi tobora oshmoqda. О‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan, har ikki yilda bir marta о‘tkazilayotgan an’anaviy mazkur festival о‘zbek mumtoz musiqa madaniyatini jahonga yanada kengroq tanitish, ayni paytda dunyo musiqa madaniyati yangiliklarini yurtimizda namoyish etishda katta xizmat kо‘rsatmoqsa. YUNESKO bu anjumanni о‘z rahnamoligiga olgan. О‘tgan davr ichida festival xalqaro hamjamiyatda katta obrо‘, nufuzga ega bо‘ldi. Festival xalqlar о‘rtasida madaniy xilma-xillikni targ‘ib etish vositasiga aylandi. «Sharq taronalari» musiqa festivali xalqaro miqyosda e’tibor qozonib, Sharq va G‘arb dunyosidagi kо‘plab san’at namoyandalarini ham о‘ziga jalb etayotgani mazkur anjumanning qisqa muddat ichida ajoyib an’ana va katta nufuzga ega bо‘lib borayotganidan dalolat beradi.
Bu festival jahon ahlining о‘zaro madaniy muloqotga bо‘lgan hayotiy ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, gо‘zallik va nafosatga intilish hissini rо‘yobga chiqarishda beqiyos vosita bо‘lib xizmat qilmoqda.
«Yangi avlod» festivali san’atga endi kirib kelayotgan yoshlarni kashf etdi. Yosh talantlarning «Nihol» kо‘rik-tanlovi esa nafaqat musiqa olami, balki oddiy xalqning ham sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan va katta mavqega ega. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ish-tirokida «Tuda», «Xonuma», «Halima», «Romeo va Djuletta» kabi musiqali spektakllar sahnalashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |