O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet82/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Amaliy san’at. О‘zbekiston amaliy san’atining ildizlari qadim о‘tmishga borib taqaladi. Amaliy san’atga oid bо‘lgan birinchi buyumlar kundalik rо‘zg‘orda ishlatiladigan buyumlar bо‘lib, mil. av. 5—2 ming yilliklarda yuzaga kelgan. О‘zbekiston amaliy san’atining asosiy manbalari arxeologik topilmalar, bizgacha saqlanib qolgan amaliy san’at asarlari va devoriy rasmlar, tarixiy haykaltaroshlik va miniatyura san’atidan olingan ma’lumotlardir. 4

Neolit davrida amaliy san’atning birinchi namunalari vujudga kelgan. Bu buyumlar turli vazifalarni bajargan: ehtiyojni qoniqtirish bilan birgalikda, kulfatlardan asrash va bezash kabilar. О‘zbekiston amaliy san’atining qadimgi turlaridan biri bо‘lmish kulolchilik san’ati qozon, xum, tovoq, piyola shakllari о‘sha davrlardayoq ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Mil. av. 2—1 ming yilliklarda kulollik charxi paydo bо‘lib, birinchi naqshlar va uslublar yaratilgan. Archa, taroqsimon, uchburchak, romb, tо‘rsimon, nuqtali naqshlar, ilon izi, bо‘yoq dog‘lari kabi naqshlar bosma, chizma, bо‘yama usullarda ifodalanilgan. Ibtidoiy jamoa davrida har bir naqsh ramziy ma’noga ega bо‘lib, о‘ziga ilohiy mazmunni qamrab olgan. Neolit davridan bizga zargarlik buyumlari ham yetib kelgan. Ular jez, oltin, kumushdan qilingan bilaguzuk, uzuk, munchoqlar, pardoz buyumlarini tashkil qiladi. Mil. av. 3-ming yillikda taqinchoqlarda chig‘anoq, tosh va feruza, lojuvard, aqiq, nefrit kabi qimmatbaho toshlar ishlatilgan. Ana shu davrning zargarlik san’atida «hayvonsimon tasvirlash uslubi» ustun turadi.

Badiiy tо‘qimachilik jihozlari ham ana shu davrda shakllanadi, biroq uning mahsulotlari bizgacha yetib kelmagan.

Ahomaniylar davri (mil. av. VI—IV asrlar) О‘zbekiston amaliy san’ati tarixida ikkinchi katta bosqichni bildiradi. Bu davr san’ati haqida bizga Amudaryo xazinasiga mansub buyumlar ma’lumot beradi. Xazina buyumlarini uch turga bо‘lish mumkin. Birinchisi, bu ahomaniylar usulida ishlangan buyumlar, ikkinchisi bu mahalliy xususiyatlarni о‘ziga qamrab olgan buyumlar va uchinchisi, «hayvonsimon tasvirlash uslubi»ni bildiruvchi buyumlar. Kо‘pchilik asarlarda shartlilik saqlanib qolingan.

Keyingi tarixiy davr - antik davri (mil. av. III asr -mil. III asr) bо‘lib, amaliy san’at sohasiga keskin о‘zgarishlarni kiritadi. Bu davr san’ati ellinistik, Rim va Hind badiiy an’analarini о‘zlashtirgan. Shunisi qiziqki, bu davr amaliy san’ati о‘ziga tasviriy san’at poetikasini ham qamrab olgan. Masalan, muhr va tangalarda portret janri haqida ma’lumot beradi. Ularda tasvirlangan rasmlarda yunon-baqtriya shohlarining ruhiy olamini ochishga harakat qilingan. Bu davrda kulolchilik san’ati ham keng rivojlangan va mukammalikka erishgan. An’anaviy shakllar bilan birgalikda nozik qadahlar, kosa, piyola, kо‘za va boshqa idishlar tayyorlangan. Badiiy shishasozlik, suyakdan qilingan buyumlar ham rivojlangan. Ana shu davrga oid zargarlik san’ati haqida Dalvarzintepa xazinasi katta ma’lumot beradi. Umuman olganda, bu davrning amaliy san’atida gandhar, ellinizm va sak an’analari xususiyatlari kо‘zga tashlanadi. Unda real mavzular bilan birgalikda mifologiya syujetlar ham о‘z aksini topgan.

Ilk о‘rta asrlarda (V-VIII asr) amaliy san’at sohasiga yangi g‘oyalar va yо‘nalishlar kirib keldi. Bu davrda badiiy metall sohasi katta yutuqlarga erishdi. Oltin, kumush, jezdan turli shakldagi buyumlar tayyorlandi. Mavzularni uch yо‘nalishga bо‘lish mumkin: hayotiy lavhalar, epik va afsonaviy syujetlar va nihoyat, hayvonlar tasviri. Badiiy metalldan tashqari amaliy san’at turlaridan kulolchilik, zargarlik, tо‘qimachilik, mayda shakllar haykaltaroshligi shakllandi. Masalan, о‘sha davrdagi О‘zbekiston tо‘qimachilik san’ati xorijiy mamlakatlarda ham tarqalgan va unga yuqori baho berilgan. Zandonachi matolari Buxoro viloyatida ishlab chiqarilib murakkab gulli rangdor nafis mato sifatida mashhur bо‘lgan.

Mayda shakllar haykaltaroshligi diniy tushunchalar bilan birgalikda, jonli hayotiy kuzatishlarni ham aks ettiradi.

Kulolchilik san’ati bu davrda yanada rivojlandi. An’anaviy shakllar bilan birga yangi nozik hajmli idishlar tayyorlandi. V—VIII asrlarda kulolchilik buyumlari asosan sirlanmagan, bezaksiz bо‘lgan, VIII asrdan keyin ularni bezash uslubi о‘zgargan, sir keng ishlatilgan.

VIII—XIII asrlarda amaliy bezak san’atiga islom estetikasi juda katta ta’sir qilgan. Lekin shu bilan birga unda islom davridan oldin paydo bо‘lgan mavzular, tushunchalar, yо‘nalishlar, uslublar ham saqlanib qolingan. Buyumlar bezagida naqsh mujassamoti о‘simliksimon, geometrik, handasiy, hayvon shakllari va yozuvli naqshlar bilan tо‘ldirilgan. Yog‘och о‘ymakorligi, ganch о‘ymakorligi, badiiy metall, kulolchilik sohalarida yangi bо‘lmish islom estetikasi hukmronlik qilsa, amaliy san’atning kashtachilik, gilamdо‘zlik turlarida xalq hunarmandchiligini badiiy an’analari о‘z aksini topgan.5

XIV-XV asrlarda amaliy bezak san’atining yuksak taraqqiyotini kо‘rishimiz mumkin. Temuriylar davrida mahalliy an’analar bilan bir qatorda О‘rta Sharq mamlakatlarining badiiy an’analari ham о‘zlashtirilgan. Buyumlar bezagida о‘simliksimon, «girih» kо‘rinishidagi geometrik naqshlar, arab xattotligi hukmronlik qilgan. Shu bilan birga hayvon va osmon jismlari mavzui uyg‘unlashgan. Temuriylar davri amaliy san’at tarixida juda katta о‘rin egallaydi. Ushbu davrdagi me’moriy bezaklar, kulolchilik san’ati, badiiy shishasozlik, naqqoshlik san’ati yutuqlari bugun О‘rta Sharqda tan olingan. Masalan, kulolchilikda XV asrdan «kobalt» turidagi xitoy chinnisi ta’sirida yangi usul shakllangan. Kulolchiliqda kо‘proq yangi usuldagi oq-kо‘k sir ishlatilgan.

XVI asr oxiri - XVIII asrda amaliy san’at sekin rivojlangan va unda asosan о‘tgan davrlar badiiy an’analari saqlanib qolingan. Amaliy san’at turlaridan tо‘qimachilik, gilamchilik, palos tо‘qish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, yog‘och, metallga badiy ishlov berish asta-sekin rivojlangan. Ularning bezagida geometrik naqshlar, osmon jismlari, buyumlar, yozuvlar va hayvon shakllari uyg‘unlashgan. Bu davr amaliy bezak san’atining barcha sohalari shakl, rasm va о‘ziga xoslikni XIX asr ikkinchi yarmiga qadar saklab qolgan.

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida amaliy san’atning taraqqiyoti murakkab kechgan. Buning asosiy sabablaridan biri, unda yangi uslublar, yangi siymolar, yechimlar paydo bо‘lgan. Chor imperiyasi istilosidan sо‘ng, mahalliy an’anaviy san’atning badiiy tо‘qimachilik sohasida Rossiyadan keltirilgan kо‘pdan-kо‘p anilin bо‘yoklar ishlatilgan, kulollikda ruhli sirlar qо‘llanilgan va hokazo. Bu esa asta-sekin badiiy an’anani о‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, badiiy metall sohasida naqshlar tizimiga hayvon, kо‘shk, memoriy obidalar tasviri ham kiritilgan. Kulolchilik sohasida ham yangi tasvirlar mavjud. Bular qatorida: musiqa asboblari, pichoq, miltiq, kо‘za, choynak, hayvonlar, kо‘shklar tasviri uchraydi. An’anaviy Buxoro matolariga kerosin lampa, zargarlik buyumlari, tumorlarda soat, chinni va boshqa mavzular joylashtirilgan. Badiiy sо‘zanalarda mahobatlilikka intilish seziladi. An’anaviy tо‘qimachilikda abr matolarning an’analari saqlangan. XIX asr zargarlik san’ati usullarning xilma-xilligi, shakllarga boyligi bilan ajralib turadi. Bosh, soch, peshona, chakka, bо‘yin, kо‘krak, qо‘ltiq, yelka, bel, quloq, bilak, burun taqinchoqlari shabaka, qoplama, qadama, zig‘irak, bosma, sovotkori, chizma, kandakori, sirlash, о‘yma, quyma ijro usullar bilan ishlangan. XIX asr yog‘och о‘ymakorligida rо‘zg‘or buyumlari, uy jihozlari, musiqa asboblarini bezashda ustalar о‘yma, bо‘yama va qadama usullaridan unumli foydalanishgan. О‘ymaning ikki turi — zaminsiz va zaminli turida yaratilgan naqshlar badiiy ifodaliligi bilan ajralib turgan. Naqqoshlik san’ati ham keng tarqalgan holda rivojlanib borgan.

Amaliy san’atning turli sohalarida mahalliy maktablar saqlanib qolgan. Shu bilan birga biz amaliy san’atda individual yondashishni kuchayib borishini kо‘rishimiz mumkin. О‘sha davrda ishlagan usta-kandakorlardan S. Otaullayev, F. Otaullayev, I. Mukarramov; kulolchilikda rishtonlik ustalardan usto Tо‘xta, usto Abdulla, kattaqо‘rg‘onlik usto Hidoyat va boshqalar shular jumlasidan. Agar XIX asrning ikkinchi yarmi amaliy san’atida hayotni chuqur his etish, san’at turlarining, binobarin, foydalaniladigan materiallarning kо‘pligi, yuksak mahorat kо‘zga tashlansa, XX asr boshidagi amaliy san’atda soddalashtirishga intilish kuzatiladi. Shu bilan birga uslubiy birlikning yо‘qligi, qarama-qarshi an’analarni kuzatish mumkin.

XX asrda О‘zbekiston amaliy san’atining taqdiri bir qadar mashaqqatli kechdi. Badiiy jihatdan bu davr tushkunlik an’analarini yengib о‘tish, о‘tmishning yaxshi an’analariga tayangan holda yangi taraqqiyot yо‘llarini izlash davri bо‘ldi. XX asr inson dunyoqarashiga, tafakkuriga katta о‘zgarishlar olib kirdi va bu jarayon san’at sohasida, aynan amaliy san’atda ham о‘z aksini topdi. 20—30-yillarda hunarmandchilikning kо‘p sohalari tiklandi. Umuman XX asr amaliy san’atining rivojlanishi yirik namoyondalar izlanishi bilan bog‘liq. Masalan, abrli matolarda A. Ahmedova izlanishlari, an’anaviy matoga gul bosishda A. Abdug‘ofurov, G. Qо‘ziyev, K. Kо‘ziboyev, kashtachilikda R. Rajabova, gilamdо‘zliqda G. Abdullayev, zargarliqda A. Abdurasulov, S. Pochchayev, K. Miroqovlar, kandakorliqda A. Hamidov, kulollikda T. Miraliyev, M. Ismoilov, U. Shermatov va boshqalarni hissasi katta.



XX asrning 30-yillarida badiiy sanoat sohasi rivojlana boshlandi. Lekin yuqori saviyadagi amaliy san’at asarlari badiiy hunarmandlik sohasiga oid bо‘lib qoldi. Bu davrda amaliy san’atning ayrim turlari notekis rivojlandi. Tо‘qimachilik, gilamchilik, dо‘ppidо‘zlik, kulollik taraqqiy etdi. Kandakorlik, yog‘och о‘ymakorligi va naqqoshlik о‘zining ahamiyatini yо‘qota bordi. Zardо‘zlik, mag‘zi paxtadan qilingan buyumlarni bezash kabi sohalar yо‘qolib ketdi. Mahalliy maktablar yо‘nalishlari asosida umummilliy xususiyatlar ortib bordi.

60—70-yillarda badiiy sanoatning yangi korxonalari yuzaga keldi. Bu qatorda biz Toshkent, Marg‘ilon tо‘qimachilik kombinatlari, Samarqand fabrikasi, Toshkent zargarlik zavodi, Toshkent va Samarqand chinni korxonalari kabilarni aytib о‘tishimiz mumkin. Bu korxonalar omma ehtiyojini qoniqtirgan holda, an’anaviy hunarmandchilikka katta zarar ham keltirgan.

70-yillarning oxirida an’anaviy hunarmandchilik sohasida qayta tiklanish jarayoni boshlandi. 1978 yilda «Usto» birlashmasi tashkil qilindi. Bu uyushmaning bevosita ishtirokida kandakorlik, chitga gul bosish, lakli miniatyura sohalari tiklandi. Shu bilan birga amaliy san’at sohasida 70-yillarda yangi, an’anaviy bо‘lmagan bezak san’ati turlari paydo bо‘ldi. Bular qatorida noan’anaviy kulolchilik, vitraj, badiiy shishasozlik, gobelen, chinni, batik san’atlarini aytib о‘tish mumkin. Bu noan’anaviy bо‘lmagan amaliy bezak san’ati turlari kо‘proq tasviriy san’atga yaqin bо‘lgan holda, о‘ziga xos ijodiy izlanishlarni qamrab oladi. Bu san’at turlarini rivojlantirgan rassomlardan kulolchilikda S. Sultonmurodov, A. Kedrin, A. Yarovoy, U. Mamatboyev, G. Sultonova; shishasozlikda A. Dudin; chinni san’atida SH. Muminova; tobelen sohasida M. Churlu, V. Useinov; batik san’atida L. Sayfi, I. Kolesnikova, R. Miraxmedova, N. Kuchina va boshqalarni kо‘rsatish mumkin.

Mustaqillik yillarida an’anaviy madaniyatta e’tibor kuchayib, О‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan bir qator yangi korxonalar vujudga keldi. 1997 yil «Musavvir» ilmiy-tekshirish markazi qoshida «Hunarmand» assotsiatsiyasi tashkil qilinib, respublikadagi turli hunarmandchilikda ijod qilib kelayotgan ustalarni qamrab oldi. Bugungi kunda an’anaviy hunarmandchilikning yо‘q bо‘lib ketgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardо‘zlik, an’anaviy tо‘qimachilik, kashtachilik, gilamdо‘zlik, dо‘ppidо‘zlik, yog‘och va ganch о‘ymakorligi, naqqoshlik turlari juda rivojlangan. Davrimizning yetakchi ustalaridan kulollar A. Rahimov, S. Otajonov, SH. Yusupov, R. Usmonov, A. Isoqov, A. Narzullayev, R. Zuxurov; kandakorlar M. Madaliyev, D. Xolidova, G.Rahmatova, U.Aliyev, O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov,G.Yо‘ldosheva, G.Tosheva; ganchkorlardan M.Murodov, X.Abdullayev, A. Muxtorov; yog‘och о‘ymakorlardan S. Xо‘jayev, M. Ibrohimov, O. Fayzullayev, A. Azlarov, S. Rahmatullayev; zardо‘z B. Jumayev; kashtachi Z. Obloberdiyeva va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Mustaqilik davrida badiiy sanoat va noan’anaviy bо‘lmagan amaliy bezak san’at turlari ham rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N. Qо‘ziyevaning asarlari mо‘jazgina ishlangan. О‘zbekiston zargarlik maktabining vakillari orasida E. Gostev, U. Xolmurodov, A Ulumbekova hozirda zamonaviy, noan’anaviy yо‘nalishda ijod qilmoqda.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish