Ijtimoiy fikrni о‘rganish bu — ma’naviy tadbirlarning keng xalq ommasi va yoshlar ongiga nechoglik chukur singib borayotganini о‘rganishning ishonchli yо‘llaridan biri. Ijtimoiy fikr-gurux yoki jamiyat tomonidan yakdil tarzda izhor qilinadigan umumiy nuqtai nazardir. Ijtimoiy fikr kо‘pincha psixologiya hamda sotsiologiya fanlari tomonidan о‘rganiladi. Lekin jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xos bо‘lgan jarayonlar ijtimoiy
fikrni faqat ma’lum guruh mutaxassislarigina emas, balki barcha faol shaxslar о‘rganishini taqozo etadi.
Kundalik xayotimizda, ayniqsa mamlakatimiz sharoitida ijtimoiy fikrning asosiy barometri, о‘lchovi mahalladir. Mahalla ahli har bir oilada rо‘y berayotgan hodisalarni biladi, insonlar taqdiriga befarq bо‘la olmaydi, faollar orkali ijtimoiy hayotdagi har bir о‘zgarish, odamlar ongi va qalbidagi his-kechinmalar о‘rganiladi. Shu ma’noda О‘zbekiston sharoitida maqallaning xakikiy demokratiya darsxonasi ekanligi uning ijtimoiy fikrni boshkarish imkoniyatlarida xam о‘z tasdig‘ini topgan.
Shunga qaramay, ma’naviy-ma’rifiy ishlar amaliyotida, jamiyatdagi ma’naviy barkarorlikni ta’minlash uchun ijtimoiy fikrni о‘rganib borish, bunga jamoatchilikning ilg‘or vakillarini jalb etish maksadga muvofik. Ijtimoiy fikrni о‘rganish kuyidagi yо‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin.
1. Sotsiologiya va psixologiyaning maxsus usullarini kо‘llagan tarzda, mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladigan tadbirlar. Bunda asosan sо‘rov usullari-anketa va intervyu yо‘li bilan jamoatchilik fikri о‘rganiladi. Anketa yozma sо‘rov shakli bо‘lib, unga kiritilgan savollar yordamida ma’naviyat va ma’rifatga oid masalalarning yoshlar tomonidan kay darajada о‘zlashtirilganini anikdash mumkin. Anketa savollari tinglovchilar
ongidagi bilimlar qay darajada mustaxkam ekani xakida ma’lumot olish imkonini beradi. Umuman, ma’naviyatning inson ongidagi monitoringini aniklashda. ma’lumotlilik darajasiga kо‘ra, ochik savollar bilan yozma fikrlarni tо‘plash, intervyu yо‘li bilan xilma-xil fikrlarni о‘rganish samarali qisoblanadi.
2. Joylarda, mahalla kо‘mitalari, о‘kuv maskanlarida "ishonch pochtaLari" tashkil etish mumkin. Bunda aholining, xat, ^abarlar orqali rо‘y berayotgan jarayonlar, ma’naviy-ma’rifiy о‘zgarishlar, mahallalar, turar joylar va mexnat jamoalaridagi ayrim salbiy xodisalarga munosabati aniklanadi, xalqning islohotlardan manfaatdorligi о‘rganiladi.
3.Hujjatlar, yozma manbalar va xatlarning mazmuni, televideniye, radio va vaktli matbuot sahifalarida mehnatkashlarning fikr-о‘ylarining bayonini am sifat, xam miqdor jihatdan taxlil qilish orqali ularning ma’naviy jarayonlar mohiyatini qay darajada tushunayotgani, ularga munosabati, bu jarayondagi ishtirokini о‘rganish mumkin. Bu ham jahon tajribasida sinalgan ishonchli usullardan biridir.
Shunday qilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayoni murakkab, kо‘p bosqichli va о‘ta ma’suliyatli bо‘lib, ular samaradorligini muttasil о‘rganib borish, yanada mahsuldor va ta’sirchan tarbiyaviy usullarni amaliyotda qо‘llash, takomillashtirib borish ushbu yо‘nalishdagi ishlarning tarkibiy qismidir.
Demak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshkarishda, eng avvalo maqsadni aniq belgilash, ushbu tizimga daxldor bо‘lgan barcha yо‘nalishlardagi faoliyatni muvofiqlashtirish va boshqarish alohida ahamiyatga egadir. Asosiy maqsadimiz esa, bugungi taraqqiyot darajasida fikrlay oladigan, yetuk insonlarni shakllantirishdan iboratdir. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda yuksak yutuqlarni kо‘lga kiritishda olib borayotgan „ishlarimizning samaradorligini aniq baholash, qо‘yilgan xato va kamchiliklarni о‘z vaqtida bartaraf etish xam muhimdir. Asosiy vazifa davr tomonidan qо‘yilgan dolzarb vazifalar va maqsadlar yо‘lida amalga oshirilayotgan faoliyatni yanada takomillashtirib borishlan iboratdir.
Ushbu darslikda madaniy-ma’rifiy ishlarning juda keng qamrovli ekanligini xisobga olib, ularning kata imkoniyatlaridan keng foydalanish maksadga muvofikanr. Bunda umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ana’nalardan foydalanishda uyg‘unlikka e’tibor berish, qatnashchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fukarolik tarbiyasi, ularda soglom ma’naviy extiyejni shakllantirishga rag‘bat uyg‘otishda muxim omillar, kulay usul va vositalarni qо‘llay bilish orqali ta’sir etiladi. Bu ta’sir: Byrinchidan, qatnashchilar ongiga milliy g‘oyani singdirish orkali mahnaviy-ahloqiy tarbiyalash, ularni rag‘batlantirish, о‘z munosabatlarini bildirishga yо‘llash, tafakkurini shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, qatnashchilarda ma’lum xulk meyorlarini paydo qilishga yо‘naltiriladi. Bu ta’sir shaxs ongini shakllantiruvchi; shaxs faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy xulqni rivojlantiruvchi; shaxs faoliyati va xulqini rag‘batlantiruvchi metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunda an’anaviy metodlardan kо‘ra tadbirlarning noan’anaviy shakllari, ta’lim va tarbiyaning interfaol metodlaridan foydalanish samarali natijalarg‘a olib keladi. madaniy-ma’rifii ishlar mazmuni va yо‘nalishi qatnashchilarning ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishi uning samaradorligini ta’minlashda asosiy omil bо‘lib xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |