Ijtimoiy-madaniy faoliyat samaradorligini oshirishda bо‘lajak faoliyatni baholash mezonlarini bilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat samaradorligini aniq baholash uchun shartlaridan biri tinglovchilar auditoriyasining о‘ziga xosligini xar tomonlama о‘rganish zarurdir. Hozirgi paytdagi mavjud amaliyotga kо‘ra auditoriyalar tinglovchilar tarkibiga kо‘ra tо‘rt turga ajratiladi::
Axborotlarni e’tiborsiz qabul qilishga о‘zini avvaldan psixologik yо‘naltirigan auditoriY. Bu auditoriya о‘zini tadbirda beriladigan axborotlar saviyasi va mazmunidan о‘zini yuqori qо‘yadi. Bunday auditoriya bilan ishlashda yig‘ilgan odamlar bilmagan kichik faktlar, qiziqarli misollarni avval-boshdan keltirish orqali ularda ijobiy munosabat shakllanadi.
Ijtimoiy faol auditoriY. Bular ma’lumotli, ziyoli, yangilikka о‘ch insonlar bо‘lib, ularga ta’sir kо‘rsatuvchi har qanday axborot muammoli, dolzarb, bahstalab bо‘lgani ma’qul. Talabalar, magistrant, aspirantlar, olimlar shular jumlasidandir.
Axborotlarni xar xil о‘zlashtiruvchi auditoriY. Bunday tinglovchilar bilan ishlashda auditoriyani bir necha guruhga bо‘lib ish texnologiyasi ish beradi.
Axborot mazmuniga avvaldan psixologik qarshi bо‘luvchi auditoriY. Bular ma’lum sabablarga kо‘ra tarbiyasi og‘ir kimsalar toifasiga kirib qolgan, hayotda aniq maqsadi va maslagi yо‘q, о‘z ustida ishlamaydigan insonlar. Ularning orasida asosan о‘smir va о‘spirinlar kо‘p bо‘ladi. Diniy aqidaparastlarning domiga tushib qolgan yoshlar ham shular jumlasidandir. Ular yangiliklar, tafsilotlarga boy axborotlarga о‘ch bо‘ladi. Shuning uchun bunday toifadagi kimsalarga baobrо‘ shaxslar orqali ta’sir kо‘rstaish ma’qul.
4. Maishiy dunyoqarash ustuvor bо‘lgan auditoriY. Asosan bekalar, qariyalar, ma’lum sabablar bilan nogiron bо‘lib, asosiy vaqtini uyda о‘tkazadiganlar. Ularni hayotiy videofilmlar, qiziqarli kо‘rsatuv va lavhalar о‘ziga jalb qiladi. Shundan kelib chiqib, bunday insonlar uchun mafkuraviy axborot tayorlanganda, ularning soddaligi, samimiyatga о‘chligi va insoniy e’tiborga muhtojligini inobatga olib ish kо‘rilsa, samarali bо‘ladi. Ular kо‘prok uy ishlari bilan band bо‘lgani uchun mulokoz va uchrashuvlar ularning dam olish vaktlariga mо‘ljallanishi, milliy udumlar, rasm-rusumlarimizning ijobiy jihatlaridan foydalanish, tadbir vakti va joyi masalasini mahalla faollari va xotin-kizlarkо‘mitalari bilan xamkorlikda о‘ylab kо‘rish kerak bо‘ladi. madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda auditoriyaning katta yoki kichikligi ham inobatga olinishi kerak. 100-200 kishidan ziyod odam bо‘lsa-katta. 15-100 tagacha odam bо‘lsa-о‘rtacha, 15 tagacha bо‘lsa kichik auditoriya xisoblanadi.
Ijtimoiy-madaniy tashkilotchining bilishi shart bо‘lgan qoidalar:
-katta auditoriyada -notiklik mahoratining о‘ta yukori bо‘lishi; kо‘rgazmali vositalardan foydalanishda aniklik; savollarning imkon darajasi kam bо‘lishi;
-kichik auditoriyada -savol va javoblarning imkon darajasi kо‘p bо‘lishi;
-rasmiyatchilikdan xoli bо‘lishi;
-notiqning mavzuga oid bilimlarining mukammal bо‘lishi; mavzu mazmunini yoritishda ijodiy yondashuv. Bundan'tashqari auditoriyaning yosh xususiyatlarini, ularning bilimlari darajasini xam hisobga olish zarur.
Ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini aniklash uchun, agar bunday ish kichik auditoriyalarda amalga oshirilgan bо‘lsa, unda tinglovchi-yoshlar, tarbiyalanuvchilar yoki talaba-qatnashchilarning dunyoqarashlarini bevosita suhbatlar, yozma ishlar va ularning ishga, voqea-hodisalarga bо‘lgan munosabatlari orkali aniqlab, mashg‘ulotlarni qayta-qayta о‘tkazish mumkin.
Agar auditoriya tarkibi aralash bо‘lsa, ya’ni, turli kasb sohasi vakillaridan iborat uning samarasini bir martada aniq belgilash murakkabdir. Chunki, psixologiyada shunday qonuniyat borki, auditoriyani tashkil etuvchi odamlar soni ortib borgani sari uning pedagogik samaradorligi susaya boradi. Shuning uchun 100 kishidan ortiq, ya’ni, 200, 300 kishilik auditoriyada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish odamlarning yetkazilayotgan ma’lumotni kay darajada о‘zlashtirayotgani bо‘yicha monitoring olib borish zarurdir. Bunday paytlarda yangilikka о‘ch tinglovchi notiqqa nisbatan neytral mavqeni egallashi, uning fikrlariga tо‘liq ergashmasligi mumkin. Katta auditoriyalarda pedagogik g‘oyalarga ergashtirish muhim ahamiyatga egadir. Agar muayyan guruh axborotni qabul qilishga moyil bо‘lsa, nafaqat tinglash, balki eshitib qabul qilish darajasi ham yuqori bо‘ladi. Mabodo, tinglovchilar orasida savol beruvchilar paydo bо‘lsa, bu savol kо‘pchilikka ma’kul bо‘lmasligi yoki ayrimlarga yokishi mumkin, bunday vaziyatda topqirlik va zukkolik qilib, barchaga ma’kul keladigan gaplarni topa olish lozim.
Shuning uchun Vatan va yurt takdiriga alokador muxim mavzulardagi uchrashuv va ma’ruzalar imkon kadar torrok davralarda, "davra suhbatlari" tarzida amalga oshirilsa, samarali bо‘lishi psixologiyada va ijtimoiy amaliyetda isbot qilingan. madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini о‘lchash mezonlari kuyidagilardan iborat:
-fuqarolarning bilim darajasi, ijtimoiy faolligi;
-jamiyatning ma’naviy sog‘lomligi, odamlarning о‘zlarini ruxan tetik va bardam tutishi;
-vatanparvarlikning turli kо‘rinishlari kundalik turmushda tobora kо‘proq namoyon bо‘lib borayotgani;
-aholida bilim saviyasini oshirishga intilishning kuchayishi, gazeta-----jurnal, vaqtli matbuotga talab va taklifning ortib borishi;
-jinoyatchilik va hukukbuzarlik xolatlarining kamayib borishi...., -------ayollar va о‘smirlar о‘rtasida sodir etiladigan jinoyatchilikning bartaraf etilishi;
-giyohvandlik va turli zararli odatlarning yoshlar о‘rtasida kamayib borishi, bunda keng jamoatchilikning ishtiroki;
-diniy-dunyoviy bilimlarga intilish, shu soxalardagi adabiyotlarga nisbatan ehtiyojning bir maromda saqlanishi(ARM lardan foydalanish uzluksizligi);
-oilalar mustaxkamligi, ajrimlarning kamayib borishi;
-fuqarolarda qonunlarga nisbatan itoatkorlikning shakllanishi;
-butun jamiyat miqyosida sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy muhitning shakllanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |