4. Turmush tarzi, ijtimoiy, madaniy xayotdagi muhim voqea va hodisalarga bag‘ishlangan mavzuiy tadbirlarda odamlarni butun mamlakatdagi bunyodkorlik ishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, viloyatlar, shahar, tuman, muayyan jamoa rivojiga doir masalalar kо‘tariladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
yoshlarni oilaga tayyorlash;
bunyodkorlik fazilatlarini tarbiyalash;
mening qishlog‘im: kecha va bugun;
tadbirkorlik barchaning ishi;
don rizq-rо‘zimiz;
jismoniy tarbiya va sport barchaning ishi. Bizningcha oilaning mukaddas ekanligini xisobga olib yoshlarni mustakil oilaga tayyorlash maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kuyidagi yо‘nalishlarda tashkil etish maqsadga muvofikdir:
Shuningdek, madaniy xayotdagi, kо‘pgina kamchiliklar, jumladan, ayrim kinolarimizdagi bachkana tasvirlar, teatrlarimizda qо‘yilayotgan spektakllarning talab darajasida emasligi, milliy estradamizda g‘arbona andozalarga taqlidning kuchayib borayotganligi, gazeta dо‘konlarini kо‘plab oldi-qochdi nashrlar bosib ketayotganligini ham о‘quvchi yoshlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir etadi deb bо‘lmaydi.
Bularning barchasi odamlar ongida Vatanga sadoqat, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy merosga, milliy, xususan, oilaviy qadriyatlarga yuksak hurmat tuyg‘ularini madaniy-ma’rifiy tadbirlar orqali singdirish, ularning samaradorligini oshirishni talab etadi.
Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga jismoniy-tibbiy jihatdan tayyorlash bilan bir qatorda huquqiy savodxonligini oshirish, oila iqtisodiyoti, madaniyati va psixologiyasi muammolari bilan bog‘lik bо‘lgan tadbirlarni muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Shu о‘rinda ta’kidlash zarurki, yoshlar uchun ularning balog‘at davriga xos bо‘lgan ma’rifiy tadbirlarni uzluksiz о‘tkazib borish lozimdir. Bu boradagi ijtimoiy-madaniy faoliyatni yoshlarning jinsi, temperamenti, ijtimoiy mansubligi, millati hamda hududiy xususiyatlarini puxta hisobga olib ish tutish lozimdir. Bu masala hozirgi kunda global ta’sir kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda hamda milliy qadriyatlarimizga yosh bо‘lgan g‘arbona turmush tarzi va odatlarini singdirishga intilish yaqqol kо‘zga tashlanayotgan bir paytda yanada dolzarblashadi. Ana shu yо‘nalishdagi faoliyatga qizlarni onalikka, ona bо‘lishga alohida tayyorlash masalasi ham kiradi. Sо‘nggi vaqtlarda bu borada kо‘zga tashlanayotgan muammolar, chunonchi, balog‘at yoshiga yetmagan qizlarni turmushga uzatish hollarining uchrayotgani, nikohdan tashqari tug‘ilayotgan chaqaloqlar sonining ortishi ayrim yoshlarning onalikdan voz kechib, о‘z farzandlarini boshqalarga tashlab ketayotganligi ayniqsa, bunday holatlarning yirik shaharlarda kо‘proq uchrayotgani tashvishlanarli holdir.
Qizlar о‘rtasida oila kodeksi va umuman huquqiy savodxonligini oshirish, oilani saqlash va uni barqarorlashtirish bilimlarini berish, oila buzilganida juda kо‘p muammolarga duch kelishini xam tushuntirib bormoq kerak. Buning natijasida oila buzilishidan kelib chiqishi mumkin bо‘lgan salbiy oqibatlarga nisbatan previntiv yondashuv shakllandi.
Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan tadbirlarda ularning tub moxiyatini о‘zida mujassamlashtirgan bu dasturlar asosida davlatimizning oilani mustahkamlash uchun olib borayotgan izchil siyosat insonparvarlikka yо‘naltirilganligi aniq hayotiy misollar, tarixiy tajribalar namunasida xam ilmiy-nazariy, ham amaliy misollar orqali tushuntirib berilishi zarur.
Masalan, “Oilada erkakning roli” deb nomlanuvchi tadbirda insoniylik, mehr muruvvat о‘zaro yordam, yaratuvchilik va rо‘zg‘orni tо‘kin qilish borasida er va xotin roli ochib beriladi.
Yukorida bayon qilinganidek, oila institutini mustahkamlash tadbirlari oldindan rejalashtirilib tashkil etilgandagina ularning tarbiyaviy ta’siri yuksak darajada bо‘ladi.
oila institutini mustahkamlash uchun konstitusiyamizda bayon etilgan huquq va erkinliklar tо‘g‘risida tо‘g‘risida yosh oilalar о‘rtasida intelektual ring о‘tkazish;
konstitusiya kuniga bag‘ishlab er va xotinning ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, kasbi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi, sо‘z erkinligi, о‘z fikrlarini bayon etishi, о‘zaro totuvlikni qadriyat deb bilishi, farzand tarbiyasiga baravar mas’ul ekanligini teran anglatishga bag‘ishlab suhbatlar tashkil etish, oila muhitida ota va ona о‘z farzandlariga bepul ilm olish huquqining davlat tomonidan kafolatlanganligi (41 modda) xukuki bilan birga tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni asrab avaylash, atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish majburiyati (49, 50 moddalar), О‘zbekiston Respublikasini himoya qilish' -О‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosining burchi ekanligi,
- fuqorolar qonunda belgilangan tartibda xarbiy yoki muqobil xizmatni о‘tashga majbur ekanligi (52 modda), ni tushuntirib borishlari ham zarurdir.Shuningdek, ijtimoiy-madaniy faoliyat mobaynida ota - onalarning о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga kadar bokish, tarbiyalashga majburligi (64 modda),
voyaga yetgan, mexnatga layoqatli farzandlar о‘z ota - onalari hakida -amxо‘rlik qilishga majburligi (66 modda) alohida uqtirib borilishi katta tarbiyaviy axamiyatga egadir.
Xullas oila institutini mustahkamlashga doir ijtimoiy-madaniy faoliyatni rejalashtirishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
har bir uchrashuv, suhbat yoxud disput avvaldan puxta rejalashtirilishi ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi, iqtidorini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. О‘tkaziladigan tadbirda reja bilan birga ssenariy ham ishtirokchilar tomonidan о‘zlashtirilgan va tо‘la anglab yetilsa samarali natijaga erishish mumkin.
Tadbirlarga taklif etiluvchi mehmonlar о‘zining mavqei, obrо‘si, salobati bilan odamlarni psixologik jihatdan bosib qо‘ymasligiga e’tibor qaratish zarur.
Tadbirlar jamoaning о‘z ichki imkoniyatlari hisobidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbir mavzusi tinglovchilar e’tiborini jalb etishi zarur. Masalan: “Ayollar qachon erga yon bosadilar. Qanday qilib erni kо‘ndirish mumkin” Bola tarbiyasida otaning ustuvorligi tо‘g‘rimi? Nima uchun onasini sevgan bola obrо‘ topadi? “О‘smir yoshdagi qizni qanday boshqarish kerak” singari nomlanishlar tabiiy ravishda e’tiborni tortadi deb о‘ylaymiz.
Tadbirlarni о‘tkazishda misollarni kо‘proq maxalladan tashqaridan olish va maxalliy xayotiy misollarni tadbir ishtirokchilari о‘zlari yashab turgan maxalladan keltirishsa, yanada kо‘proq muvafaqqiyat ta’minlanadi.
Tashkilotchilar tadbirlarni о‘tkazish mobaynida:
Auditoriyada tinchlik о‘rnatilishiga;
ishtirokchilarining о‘z fikrlarini о‘rtaga qо‘yishlariga;
Ssenariy bandlariga rioya etilishiga;
Reglamentdan chiqish holatlariga hurmatni saqlagan holda chek qо‘ya olishiga;
Tadbirni jarayonni sezdirmasdan qayd etib borishga;
Tadbirni о‘z vaqtida yakunlanishiga;
tahlil asosida kamchiliklarning sababini aniklash va keyingi tadbirlarda bunday kamchiliklarga yо‘l qо‘ymaslikka erishish zarur.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tarixiy, diniy, adabiy, lisoniy manbalarni о‘rganish, ularni tashkil etish, kiyoslash natijasida bahs-munozaralar uyushtirish ham qatnashchilar ma’naviyati va bilim darajasining oshib borishiga xizmat kiladi.
Bahs-munozaradan kuyidagi maksadlarda foydalaniladi:
- har bir qatnashchining о‘z nuqtai-nazarini himoyalay olish malakasini shakllantirish;
- yangi bilimlarni shakllantirish;
qatnashchilarda u yoki bu savollarni chukur о‘ylab kо‘rish,tub ma’nosiga yetishga motivatsiyani ta’minlash;
qatnashchilarni dalil va faktlarga asoslangan о‘z xulosasini shakllantira olishga о‘rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |