O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet75/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

18-mavzu: Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ularning turlari va ahamiyati.

Reja:

              1. Madaniy – ma’rifiy tadbirlar tushunchasi

              2. Mavzuli tadbirlar

              3. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga bag’ishlangan tadbirlar

4.Madaniy-ma’rifiy tadbirlar auditoriyasi
Tayanch sо‘z va iboralar: madaniy-ma’rifiy tadbirlar, turmush tarzi, mafkuraviy immunitet.

Madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar asosan katta yoshdagi aholining madaniy-axloqiy, badiiy-estetik, milliy- ma’naviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat “ma’naviy - ma’rifiy tadbir”, "ma’naviyat tadbirlari", "madaniy tadbirlar", "badiiy - ommaviy tadbirlar", "badiiy tadbirlar" sо‘z birikmalarini ham о‘z mazmunida ifoda etadi.

Professor U.H.Qoraboyev о‘zining "Madaniy tadbirlar" nomli kitobida kuyidagicha fikr bildiradi: "Tadbirlarda keng qamrovli ishlar olib boriladi va ular kishilarning ishdan bо‘sh vaqtida kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham unga kengroq tushuncha va atama zarur bо‘lmoqda. Ularni keng qamrovli "madaniy tadbirlar" deb atasa yaxshi bо‘ladi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, "ommaviy tadbirlar", "badiiy tadbirlar" atamalariga ham murojaat kilish mumkin"1 R.SH.Rustamovaning «Talaba- yoshlarni ma’naviy - axlokiy tarbiyalashda madaniy - ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari» mavzusidagi dissertatsiyasida esa «madaniy - ma’rifiy tadbirlar» atamasi qо‘llanilib, «Madaniy - ma’rifiy tadbirlar deganda aholini ma’naviy -axlokiy jihatdan tarbiyalash, ularning madaniy saviyasini oshirish, bilimini о‘stirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bо‘sh vaqtini, dam olishini kо‘ngilli о‘tkazish, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy extiyojlarini qondirishga xizmat kiluvchi tadbirlar tushuniladi»2 deb ta’rif beriladi.

Madaniyat muassasalarida ushbu tadbirlar shunchaki bо‘sh vaqtni tashkil etish, mazmunli hordiq chiqarish, kerakli axborot bilan ta’minlash bilangina cheklanib qolmasdan, о‘quvchi yoshlarni ma’naviy - axloqiy ruhda tarbiyalash, ular ongida milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, bilim berish orqali dunyoqarashni shakllantirishga kat’iy yо‘naltirilgandir.

Madaniyat muassasalarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar dastavval odamlarga ma’rifat rekreaitsion naf berishiga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Shu boisdan ham U.Nosirovning quyidagi fikriga qо‘shilib bо‘lmaydi. “Bо‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga yо‘naltirilgan tadbirlar madaniy tadbirlar hisoblansada, qatnashchilarga yangi bilimlar bermaganligi uchun ular ma’rifiy ahamiyatga ega bо‘lmasligi ham mumkin”.

Bizningcha "madaniy-ma’rifiy tadbirlar"-eng avvalo milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga, shuningdek, kishilarni ma’naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, ularning mohiyatini anglab yetishga qaratilgan tizimli shakllar, usullar, vositalar va maqsadli amaliy xarakatlar majmuidir. Madaniy-ma’rifiy tadbir ta’lim-tarbiyaning muhim yо‘nalishi sifatida uning asosiy maqsadi muayyan masala bо‘yicha bilim berish bilan birga anglangan hatti-harakatga yо‘naltirishdan iborat bо‘lib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning ikkita asosiy yо‘nalishi mavjuddir.

Birinchidan, insoniy fazilatlarni ulug‘lash, yuksak ma’naviyatli kishilar xayoti va faoliyatini ta’riflash, ularni ibrat, namuna qilib kо‘rsatish orkali kechadi. Ikkinchidan esa - muayyan illatlarni qoralash, ulardan xalos bо‘lishga da’vat, targ‘ibot qilish orqali amalga oshiriladi va bunda erishilgan yutuqlarni xolisona e’tirof etib yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar xolisona nuqtai - nazardan baholanishi muhim ahamiyatga egadir. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ulug‘ ajdodlarimizning hayot yо‘li, qoldirgan merosini biryoqlamalikka berilmay, tо‘g‘ri va haqqoniy aks ettirishga, faqat о‘tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmasdan, bugungi kunda yon-atrofimizda faoliyat kо‘rsatayotgan ilg‘or zamondoshlarimizni о‘rnak sifatida kо‘rsata bilish muhim ahamiyatga egadir. О‘tmish va kechagi kun bilangina yashab qolmasdan, bugungi kundagi murakkab voqelikka tayanib, jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng zamonaviy, ta’sirchan usullari va vositalaridan foydalangan holda ish olib borish hayotning qat’iy talabidir. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda bugungi murakkab an’naviy, jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil kilish va baholash, buzg‘unchi g‘oyalarning kimga va nimaga qarshi qaratilganligini aniqlash, ma’naviy -tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyatga ega. Ana shundagina madaniy–ma’rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odamlar kalbiga va ongiga yetib boradi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar orasida eng kо‘p qо‘llaniladigan shakllardan biri mavzuiy tadbirlardir.

Mavzuiy tadbirlar muayyan ijtimoiy hodisa mutaxassislar, san’atkorlar hamda tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda, ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlash asnosida jamoa uchun ijtimoiy jihatdan muhim hisoblangan voqealarga, sanalarga bag‘ishlab tashkil etiladi.

Bunday tadbirlarga misol qilib, “Bugungi yoshlar ma’naviyati”, "Milliy g‘oya-bizning g‘oya", "Milliy kadriyatlar”, "Ommaviy madaniyat tahdidi”, "Odob-ahloq-millat g‘ururi" mavzularidagi tadbirlarni sanab о‘tish mumkin.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida о‘tkaziladigan mavzuiy tadbirlar taklif etilganlardan tashqari auditoriyaga yig‘ilgan boshqa qatnashchi-tomoshabinlar bilan birga о‘tkaziladi. Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, sobiq shо‘rolar davrida bunday tadbirlar “mavzuiy kechalar” deb nomlangan bu holat A.Begmatov va R.Rustamovalarning ta’kidlashicha "Mavzuli kecha ishtirokchilarining passiv kuzatuvchi emas, balki tadbirlarning faol qatnashchilariga aylanishini ta’minlaydi"

Ta’lim muassasalarida о‘tkaziladigan mavzuli kechalar mahallalarda madaniyat saroylarida, korxonalarda, dam olish uylarida о‘tkaziladigan mavzuli kechalardan tubdan farq qiladi. Chunki, ishtirokchilarning ijtimoiy tarkibi, yoshi, jinsi, kasbi kabi xususiyatlarga kо‘ra tafovutlar mavjuddir. Bu tafovut faqat tashqi farq bо‘libgina qolmasdan, mavzuli kecha jarayoniga ijrochilar va boshqa qatnashchilar о‘rtasidagi hissiy-emotsional aloqaning о‘rnatilishiga ham jiddiy ta’sir о‘tkazadi.

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, mavzuiy tadbirlar ishtirokchilari ta’lim muassasalarida bir xil, ya’ni, talaba va о‘quvchilardan iborat bо‘lganligi uchun sahnada rol ijro etuvchilar bilan tomoshabinlar о‘rtasida hissiy - emotsional aloqa о‘rnatish ancha oson kechadi. Ular guruhdosh, kursdosh bо‘lganliklari uchun sahnadagi muvaffaqiyatni о‘z muvaffaqiyatlari kamchiliklarini о‘z kamchiliklari sifatida kabul kiladilar. Mavzuiy tadbirda qatnashchilar muayyan axborotni qabul qiluvchigina bо‘lib qolmasdan о‘zlari ham yangi axborot yaratuvchilar sifatida voqealar zamirida yotgan mazmunga munosabat xam bildirib beradilar. Natijada tadbir о‘tkazishdan kutilgan tarbiyaviy maqsad amalga oshiriladi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatda barcha madaniy-ma’rifiy ishlarning metodologik asosini milliy g‘oyani chuqur о‘rganish ijtimoiy faollikni oshirish masalasi tashkil etadi. Mavzuiy tadbirlarda "g‘oya" va "mafkura" “milliy istiqlol”, “mustaqillik” tushunchalarining mazmun va mohiyati, g‘oyalarning ilmiy, falsafiy, diniy badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy, umuminsoniy turlari hamda ahamiyati, bunyodkor g‘oyalar, buzg‘unchi g‘oyalar va ularning jamiyat tarixidagi kо‘rinishlari, atroflicha va chuqur yoritib beriladi. Shuningdek, milliy g‘oyaning asosiy maqsadlari ochib beriladi. Buning uchun esa odamlarni milliy g‘oyaga ishontirish;


  • milliy g‘oya atrofida uyushtirish;

  • milliy g‘oyani amalga oshirish uchun yо‘naltirish;

  • odamlarni ma’naviy jihatdan ruhlantirish;

  • siyosiy va g‘oyaviy tayyorlash;

  • mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

  • milliy g‘oyani jamiyatning xarakat dasturiga aylantirish ishlarining mohiyati va mazmunini anglatish ishlari amalga oshiriladi.

Milliy g‘oyaga bag‘ishlangan mavzuiy tadbirlar odamlarning amaliy faoliyatida qanday namoyon bо‘layotganini ochib beradi, mustaqillikning buyuk ne’mat ekanligini namoyon etadi.

"Yurt tinchligi", "Vatan ravnaqi", "Halq farovonligi", "Komil inson", "Ijtimoiy hamkorlik", "Millatlararo hamjihatlik", "Diniy bag‘rikenglik" g‘oyalariga bag‘ishlangan mavzuiy tadbirlar aholi dunyoqarashini shakllantirish boyishini ijtimoiy faolligini oshirishda muhimdir.

Mavzuiy tadbirlar buyuk kelajak yaratish jarayoniga odamlar ishonchini mustahkamlashga, siyosiy madaniyatini о‘stirishda, mamlakatimiz barqaror taraqqiyot tendensiyasini tо‘g‘ri anglashida g‘oyaviy asos bо‘ladi. Ma’lumki, milliy qadriyatlar, inson ma’naviy olami bilan bog‘lik. Milliy istiqlol g‘oyasining muvafaqqiyati avvalo, xar tomonlama bilimli, ma’naviy, jismoniy va aqliy barkamol bog‘lik. Demak bugungi kunda odamlarni milliy g‘oya bilan kurollantirish о‘ta dolzarb vazifadir. Ozod va erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, barkamol insonni bunyodkorlikka yо‘naltirish ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zero, har bir shaxs ijtimoiy jarayonlarni о‘zida mujassam etuvchi kuch sifatida jamiyatdagi barcha jarayonlarning, jumladan milliy g‘oya amal qilishida asosiy omil hisoblanadi. Avvalo, shaxs milliy g‘oyaning, uning hayotbaxsh tushunchalarining о‘zlashtiruvchisi, о‘ziga singdiruvchisidir. Ijtimoiy-madaniy faoliyat jarayonida jumladan mavzuiy tadbirlar orqali odamlar aniq va oqilona yо‘naltirilgan ma’naviy qadriyatlar, meyorlar va talablarni о‘zlashtiradi.

Bugungi axborot asrida internet saytlarining salmoqli qismida inson sha’niga mos kelmaydigan matnlar targ‘ib etilmoqda. Sotsiologlar tomonidan amalga oshirilgan monitoring natijalariga kо‘ra barcha mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga ega ekanligini kо‘rsatadi. Internet orqali tarqatiladigan (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) о‘yinlarda esa, uning qahramoni о‘z maqsadiga yetishishi uchun shunday zо‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz о‘yinlarda ana shu zо‘ravonlik va yovuzlikning о‘zi bosh maqsad xisoblanadi.

Internet bugungi kunda ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bо‘g‘ini sifatida g‘oyaviy kurash va targ‘ibotning asosiy maydoniga aylanganligini ekstremistik, shu jumladan, diniy estremistik qarashlarni targ‘ib qilayotganligida ham kо‘rish mumkin.

Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida ularning maqsadi xas-pо‘shlanib, xarakatlarini ma’naviy va ahloqiy jixatdan oklash, ya’ni gо‘yoki majbur bо‘lganliklarini asoslashga harakat kiladilar. Bunday saytlar ularning faoliyatini oklovchi "qaxramonligini" kuylovchi kо‘shiklar, kliplar bilan uyg‘unlikda berilishidan maksad ularning mafkuraviy va hissiy ta’sir kuvvatini oshirishdan iboratdir.

Bunday sharoitda masalaning yana bir muhim jixatiga e’tiborni karatish alohida axamiyatga egadir. I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek "Bugungi kunda yoshlarimiz nafakat о‘quv dargohlarida, balki radio-televediniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali xam rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmokda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini fakat о‘rmab-chirmab, uni о‘qima, buni kо‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan о‘rab olish, xech shubhasiz, zamonnining talabiga xam, bizning ezgu maksad muddaolarimizga ham tо‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini о‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qо‘yganmiz va bu yо‘ldan hech qachon qaytmaymiz"3. "Ma’lumki, kimki axborotga ega bо‘lsa, u dunyoga egalik qiladi" degan yondashuv bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shu boisdan ham bugungi kunda odamlarda axborotni qabul qilish madaniyatini tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Shu boisdan ham har bir insonda axborotni tanlash va maqbul ma’lumotlarni qabul qilish malakasini tarbiyalash muximdir. Odamlarda “axborot kimniki”, “nimaga yо‘naltirilgan” degan savolni о‘z-о‘ziga berishga va unga asosli javob topish kо‘nikmasini shakllantirish zarurdir. Ana shundagina muayyan zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalash imkoni oshadi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish