Xamkasabalar bilan о‘zaro munosabatlar
Xamkasblar va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bо‘lish, ularga ijtimoiy-madaniy faoliyat samaradorligiga erishishida yordam berish;
Xamkasblar va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bо‘lish, zarur bо‘lgan hollarda tegishli instansiyalarda tanqidiy mulohazalarni tо‘la mas’uliyat bilan bayon qilish.
Xamkasabalar, boshqa mutaxassislar orasida bir-birlarini о‘zaro mukammallashtirish va о‘zlarini namoyon qilish maqsadida bilimlar, kо‘nikmalarni egallashga va tarqatishga bо‘lgan harakatlarga kо‘maklashish.
Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida tegishli idoralarni xabardor qilish.
Xamkasblarni adolatsiz tashqi va ichki nohaqliklar, xurujlardan himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |