Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan bosqichli nazorat 8-sinf Tushuntirish xati



Download 120,5 Kb.
Sana02.04.2017
Hajmi120,5 Kb.
#5886


Informatika va hisoblash texnikasi asoslari

fanidan bosqichli nazorat

8-sinf
Tushuntirish xati

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan o‘quvchilarning 8-sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniglash maqsadida bosqichli nazorat imtihoni yozma sinov shaklida o’tkaziladi. Yozma ishlar ko’pvariantlilik asosida o’tkaziladi. Har bir variant ikkita topshiriqdan iborat bo’ladi. Zamonaviy kompyuter bilan ta’minlangan maktablarda yozma ishlar kompyuterda bajariladi. Zamonaviy kompyuter bilan ta’minlanmagan maktablarda o’quvchilar yozma ishlarni varaqda bajarishadi.

Yozma ish topshiriqlarini bajarish uchun 45 minut vaqt ajratiladi. To’liq bajarilgan har bir yozma ish topshirig’i uchun beriladigan maksimal ball 10 ball bo’lib, yozma ish topshiriqlarini 100 foiz bajargan o’quvchi 20 ball to’playdi. To’plangan balni 100 ballik reyting sistemasiga o’tkazish uchun har bir topshiriqdan olingan ball 5 ga ko‘paytiriladi.

Yozma ish topshiriqlari 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanining asosiy mavzularini qamrab oli­shi lozim. Yozma ish topshiriqlari o’quvchilarning quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlashni ko’zda tutadi.




Bilim

Кo‘nikma

Мalaka

Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari; EHМ avlodlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlarini ajrata olish; EHМ avlodlarini bir-biridan farqlanish sabablarini aniqlay olish

Hisoblash texnikasi rivojlanishiga ilmiy va texnik taraqqiyot ta’sirini tahlil eta olish

Kompyuterning diskyurituvchi, CD-ROM, printer, trekbol, sichqoncha, joystik, plotter, skaner, strimmer, modem, soundblaster kabi qo’shimcha qurilmalari va multimedia texnologiyasi haqida ma’lumotga ega bo’lish

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari vazifa va imkoniyatlarini ajrata bilish.

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalarini ishlata olish

Kompyuterning asosiy plata, protsessor, vinchester, doimiy, tezkor va video xotira, portlar kabi qismlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Sistema blokidagi asosiy qismlar vazifasini ajrata olish

Sistema blokidagi asosiy qismlari ishini izohlash

Sodda mulohazalar, «rost» yoki «yolg‘on» mantiqiy qiymatlar, «Yoki»-mantiqiy qo‘shish, «Va»-ko‘paytirish, «Emas»-mantiqiy inkor amali, mantiqiy sxemalar: mos tushish, yig’uvchi va inventor sxemasi haqida tasavvurga ega bo’lish

Кompyuterning mantiqiy va fizik tuzilishini (arxitek­turasini) farqlash; mulohazalar ustida mantiqiy amallarni bajara olish; mantiqiy amallar va sxemalarni bog’lash

Sodda mulohazalar ustida amal bajarish; mantiqiy amallar yordamida mantiqiy sxemalarni tuzish

Dasturiy ta’minot haqida tushunchaga ega bo‘lish

Dasturiy ta’minot va uning turlarini ajrata olish

Dasturiy ta’minot turlarini ajrata olish

Interfeys, apparatli interfeys, dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeys, yumshoq, qattiq interfeyslar, grafik interfeys haqida ma’lumotga ega bo’lish

Interfeys va uning turlarini farqlay olish

Interfeys va uning turlarini farqlay olish

Оperatsion sistema haqida tushunchaga ega bo’lish, operatsion sistemaning vazifalarini bilish

Оperatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar, operatsion sistema turlari va sifatlarini ajrata olish

Оperasion sistema imkoniyatlaridan foydalana olish

Fayl, fayl sistemasi, katalog, katalog osti, katalog usti, joriy katalog haqida ma’lumotga ega bo’lish

Fayl, katalogni farqlay bilish

Fayl, katalogni tashkil etish va ishlay olish

Axborot tashuvchi vositalar, ularning turlari va xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

ni bilish



Axborot tashuvchi vositalarni ajrata olish, ularga ma’lumot yozish va ulardagi ma’lumotlarni o’qish

Axborot tashuvchi vositalar ustida amallar bajara olish

Windows operatsion sistemasi haqida ma’lumotga ega bo’lish

Windows operatsion sistemasi versiyalarida ishash

Windows operatsion sistemasi versiyalarida ishash

«Пуск» menyusi imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

«Пуск» menyusi elementlaridan foydalana olish

«Пуск» menyusini boshqara olish

«Мой компьютер» katalogi imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

«Мой компьютер» katalogi elementlaridan foydalana olish

«Мой компьютер» katalogini boshqara olish

Yo’lboshlovchi qobiq-dasturi imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Yo’lboshlovchi qobiq-dasturi elementlaridan foydalana olish

Yo’lboshlovchi qobiq-dasturini boshqara olish

Elektron jadvallarning vazifa va imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Elektron jadvalning elementlari bilan ishlay olish

Elektron jadvalning elementlaridan foydalana olish

Excel elektron jadvalining standart funksiyalari, murojaaat va formulalar haqida ma’lumotga ega bo’lish

Excel elektron jadvalining standart funksiyalari, murojaaat va formulalardan foydalana olish

Excel elektron jadvalining funksiyalarini qo’llash, formulalar yoza olish

Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni grafik usulda tasvirlash imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni grafik usulda tasvirlash imkoniyatlaridan foydalanish

Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni grafik usulda tasvirlash imkoniyatlaridan foydalanish

Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni tartiblash va saralsh imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish

Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni tartiblash va saralash

Excel elektron jadvalining tartiblash va saralash imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish

Yozma ish topshiriqlarini bajargan o’quvchilar quyidagicha baholanadi:




Тo’plangan ball

Baho

85 baldan 100 gacha

5

70 baldan 84 gacha

4

56 baldan 69 gacha

3

30 baldan 55 gacha

2

0 baldan 29 gacha

1

Imtihon uchun o‘qituvchi tomonidan ko’p variantli yozma ish variantlari quyida keltirilgan topshiriqlar asosida tuziladi.


Yozma ish topshiriqlari
Kompyuter bilan ta’minlanmagan maktablar uchun
1-topshiriq


  1. Dastlabki eng sodda sun’iy hisoblash asboblari haqida to’liq ma’lumot bering.

  2. Mexanik hisoblash mashinalari haqida ma’lumot bering.

  3. EHM avlodlari va xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  4. Sistema blokini tashkil etgan qismlar va qurilmalar haqida ma’lumot bering.

  5. Tezkor xotiraning vazifasi va qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot bering.

  6. Egiluvchan magnit disklar va qattiq disklar haqida ma’lumot bering.

  7. Optik disklarning turi va hajmi haqida ma’lumot bering.

  8. Kompakt disklardagi axborotni o‘qish va yozish jarayonini izohlab bering.

  9. Chop etish qurilmalari haqida ma’lumot bering.

  10. Qobiq dasturlar haqida ma’lumot bering.

  11. Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari haqida ma’lumot bering.

  12. Operatsion sistema sinflari haqida ma’lumot bering.

  13. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.

  14. WINDOWS operatsion sistemasi tarixi haqida ma’lumot bering.

  15. WINDOWS operatsion sistemasi bilan bog’liq tushunchalar haqida ma’lumot bering.

  16. Dasturiy ta’minot haqida ma’lumot bering.

  17. Interfeys haqida ma’lumot bering.

  18. Fayllar haqida ma’lumot bering.

  19. Kataloglar haqida ma’lumot bering.

  20. Kompyuterning tashqi xotiralari bilan bajariladigan amallar haqida ma’lumot bering.

  21. Windowsning Bosh menyusi haqida ma’lumot bering.

  22. Mening kompyuterim qobiq dasturi haqida ma’lumot bering.

  23. Windows yo’lboshlovchisi qobiq dasturi haqida ma’lumot bering.

  24. Excel elektron jadvali elementlari haqida ma’lumot bering.

  25. Excel elektron jadvalida formulalar va murojaatlar haqida ma’lumot bering.

  26. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta mantiqiy funksiyani misollar orqali izohlang.

  27. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta statistik funksiyani misollar orqali izohlang.

  28. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta mantiqiy matnli funksiyani misollar orqali izohlang.

  29. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta matematik funksiyani misollar orqali izohlang.

  30. Excel elektron jadvalidagi diagramma, gistogramma va grafiklar haqida ma’lumot bering.


2-topshiriq


  1. Mantiqiy amallarga mos rostlik jadvalini yozing. Hosil bo‘lgan jadvaldan foydalanib A= «rost», В= «rost», D = «rost» qiymatlar uchun quyidagi mantiqiy ifodalarni qiymatini toping.

a) A  D; b)A  D; d) A D;

  1. Agar D = 5,3; E = 4,0; A= «rost»; B = «yolg‘on» bo‘lsa, quyidagi mantiqiy ifodalarni qiymatini toping.

a) (D = Е)  A B ; b) (D > E)  A; d) A  (D < E)  A  B.

  1. Mantiqiy ifodalarning qiymatini toping.

a) (x2+1)>1  (x3+1)>1   (x4 0) b)  (x2+a2)>1 ( x4+1)>1  (x3 0)

d) (a2+b2)2ab  (a2-b2) 2ab



  1. Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida qanday qiymat hosil bolishini bosqichma-bosqich ko‘rsating.



  1. formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.

  2. formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.

  3. formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.

  4. Agar D = 5,3; E = 4,0; A= «rost»; B = «yolg‘on» bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring:

a) (D >= Е)  A  B ; b) (D <= E)  B; d) B  (D < E)  A  B.

  1. Agar D = –7; E = 11; A= «rost»; B = «rost» bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring:

a) (D <= Е)  A  B ; b)  (D +11<= E)  B; d)  B  (D < E)  A  B.

  1. Quyidagi mantiqiy ifodalar sonli o‘zgaruvchi a ning ihtiyoriy qiymatida qanday qiymatga erishadi?

a) а2<0 b) а<0  а>0 d) а<0  а=0  а>0 e) а+а  2a

  1. Quyidagi mantiqiy sxema chiqishida qanday qiymat hosil bolishini bosqichma-bosqich ko‘rsating.




  1. Quyidagi sxemaning chiqishida 0 hosil bo’lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo’lishi kerak? Javobingizni bosqichma-bosqich izohlang.





  1. Quyidagi sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.




  1. Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak? Javobingizni bosqichma-bosqich izohlang.





  1. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  2. BD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  3. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  4. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  5. A(BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  6. ABD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  7. ABD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  8. A (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.

  9. A=“1012=510”, B=“1 bayt=1024 bit”, D=“A16=10102” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  10. A=“1112=710”, B=“1 Gb=1024 Kbit”, D=“1016=10102” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  11. A=“112=210”, B=“1 bayt=8 bit”, D=“810=10002” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  12. A=“1012=310”, B=“1 Kbayt=1024 bit”, D=“E16=11002” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  13. A=“102=710”, B=“1 Mb=1024 bit”, D=“78=1112” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  14. A=“1112=410”, B=“1 Kb=8 bit”, D=“816=10002” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  15. A=“1102=610”, B=“1 Mb=1024 Kb”, D=“F16=11112” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.

  16. A=“1002=410”, B=“1 Gb=1024 Mb”, D=“B16=11102” bo’lganda A (BD) ifoda qiymatini hisoblang.



Kompyuter bilan ta’minlangan maktablar uchun
1-topshiriq


  1. “Mening hujjatlarim” katalogida “1”, “2”, “3” nomli papkalarni hosil qiling. Bu papkalarning har birining ichida “A”, “B”, “D” nomli papkalarni hosil qiling.

  2. “Mening hujjatlarim” katalogida “Nusxa1” va “Nusxa2” nomli papkalar hosil qilib, ular ichiga fayllar guruhini nusxalang.

  3. Disketni formatlang va ichida “Birinchi” nomli papka va shu papka nusxasini hosil qiling.

  4. Disketni diskyurituvchiga joylashtirib antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo’lsa virusdan tozalang.

  5. Flash-xotirani USB portga ulang. Uni antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo’lsa virusdan tozalang. Undagi ma’lumotlarni ko’rib chiqing. Flash xotirani kompyuterdan xavfsiz uzing.

  6. Disket ustida quyidagi amallarni bajaring.

a) vinchesterning D diskida “DisketA” nomli papka hosil qiling;

b) disketdagi ma’lumotlarni “DisketA” nomli papkaga ko’chiring;

d) disketni formatlang;

e) “DisketA” nomli papkadagi ma’lumotlarni disketga ko’chirib o’tkazing.



  1. Flash-xotira ustida avvalgi mashqdagi kabi amallarni bajaring.

a) vinchesterning D diskida “FleshkA” nomli papka hosil qiling;

b) flash-xotiradag ma’lumotlarni “FleshkA” nomli papkaga ko’chiring;

d) flash-xotirani formatlang;

e) “FleshkA” nomli papkadagi ma’lumotlarni flash-xotiraga ko’chirib o’tkazing.



  1. Bosh menyuning Qidiruv bo’limi yordamida kompyuteringizdagi barcha rasmli fayllarni aniqlang.

  2. Bosh menyuning Sozlash paneli yordamida sichqoncha ko’rsatkichi ko’rinishini va ko’rsatkich harakati tezligini o’zgartirishni amalda ko’rsatib bering.

  3. “Mening kompyuterim” katalogi uskunalari orasiga ajratuvchi chiziq (разделитель) joylashtirib chiqing.


2-topshiriq


  1. Excelda kitob oching. Uni maktabingiz nomi bilan saqlang. Kitobdagi varaqlarni familiya, ism va sharifingiz bilan nomlang.

  2. Excel kitobiga 3 ta varaq qo’shing. Varaqlarni 1 dan 6 gacha nomlang.

  3. Excelda A5, A6, A7 katakchalarning fonini mos ravishda qizil, sariq va ko‘k rang bilan bo‘yang. Katakchalarning chegara chiziqlarini turli rang va qalinlikda o‘tkazing

  4. Excelda A5, A7 katakchalarni matnli va 2 xona kasr qismli sonli formatga o‘tkazing.

  5. Excelda A5 katakchaga familiyangizni sariq, A6 katakchaga ismingizni yashil rangda kiriting.

  6. Excelda A1 katakchaga joriy yilni kiriting va u orqali A7 katakchada yoshingizni hisoblang.

  7. Excelda 5 ta sinfdoshingizni familiyasi va ismini, mos ravishda, E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o‘rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.

  8. И(3>5, 15/2-4>3), ИЛИ(99-27*3=5; 78/2-39>=-1) funksiyalar natijasini aniqlang.

  9. ЗАМЕНИТЬ(“Yasha”; 5; 1; “na”) va ЛЕВСИМВ (“Vatanparvar”; 5) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtib uzunligini aniqlang

  10. ЗАМЕНИТЬ(“Maqsud ”; 5; 1; “a”), ПРАВСИМВ(“Barkamol”; 5) va ЛЕВСИМВ(“ topishmoq”; 7) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtiring.

  11. Quyonning tezligi A m/s, baliqni tezligi B km/soat. Ularni tezliklarini taqqoslab A7 katakchada “Quyonni tezligi katta” yoki “Baliqni tezligi katta” yozuvini aks ettiring.

  12. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kattasini 3-belgisini C3 katakchada aniqlang.

  13. A1 katakchadagi butun sonni B1 katakchadagi natural songa bo’lganda butun qismini A2 katakchada, qoldig’ini B2 katakchada aniqlang.

  14. A1:A6 va B2:B5 katakchalardagi sonlardan kichigini 3-raqamini D1 katakchada aniqlang.

  15. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kichigini birinchi raqamini D2 katakchada aniqlang.

  16. C1:D6 katakchalarga sonlar kiritib ulardan eng kattasini 1- va 2- raqamlari ko’paytmasini A2 katakchada aniqlang.

  17. A1:A3 kataklarchadagi sonlarni o’rta arifmetigini va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta geometrigiga ko’paytmasini C3 katakchada aniqlang.

  18. A1:A5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigi va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigini kattasini C3 katakchada aniqlang.

  19. A1:A15 katakchalardagi har xil ishorali sonlarga teskari ishorali sonlarni D2:D16 ustunda aniqlang.

  20. A1 katakchadagi sonni toq yoki juftligi javobini B1 katakchada aniqlang.

  21. A2 katakchadagi son 7 ga karrali yoki karrali emasligi javobini B1 katakchada aniqlang.

  22. B1:B5 katakchalar blokida sonlar berilgan. Shu sonlardan nechtasi 0 dan farqliligi C3 katakchada aniqlang.

  23. A1 katakchadagi matnda “a” harfi bor yoki yo’qligini B1 katakchada aniqlang.

  24. Informatika fanidan olgan ballaringizni o’rtachasini B2 katakchada aniqlang.

  25. x ning [-5;5] oraliqdagi butun qiymatlarida y= – x–23 funksiyasining qiymatlarini va nuqtali grafigini hosil qiling.

  26. O’zingiz va 2 ta sinfdoshingizni informatika fanidan shu chorakda olgan ballaringizni o’rtachasini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.

  27. Tomoni 8 ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va parallelogrammni perimetrini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.

  28. O’zbekiston avtomobillarining tezlik ko‘rsatkichi va quvvatini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.

  29. y = 7x+21 funksiyaning grafigini [-3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.

  30. A1 katakchadan A10 katakchagacha har xil uzunlikdagi so‘zlar kiritib, B ustunda ularning uzunligini hisoblang va taqqoslash diagrammasini hosil qiling.



Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish