IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi.
1991-1996 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’lum demografik o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Tug‘ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildan 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi.
Tug‘ilishning kamayishi o‘z o‘rnida respublika aholisining o‘sish darajasiga ta’sir etdi.
Jumladan, Uzbekistonning viloyatlar ichida aholi o‘sishi eng past bo‘lgan Toshkent viloyatidan
(23,4) pasayib ketdi (18,6). Demografik o‘zgarishning asosiy sabablaridan biri tug‘ilishning
kamayishi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog‘liqdir. 1991 -1996
yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko‘chib ketgan. 1997 yil yanvar holati bo‘yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,36 foizga teng bo‘ldi. 2005 yilga kelib axoli soni 1569,9 ming kishiga etdi. Ishsizlar soni har yili o‘zgarib turibdi, 1996 yil oxirida ular 4,2 ming kishiga etdi. 1996
yilda 16 ming ishchi o‘rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va
tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi.
1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so‘mni, xarajatlar esa 6300 so‘mni tashkil etdi yoki 1995 yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko‘paydi.
Daromadlarning ko‘payishi iste’mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 so‘mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o‘sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga
ko‘payib jon boshiga 679 va 108 so‘mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon
boshig‘a xizmat ko‘rsatish hajmi O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichidan 2,2 marta kam
bo‘ldi. 1996 yilda aholiga 7,2 milliard so‘mlik iste’mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda
1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta ko‘p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5
million so‘mlikka ko‘gtaydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o‘sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste’mol va bugom bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga etdi. Ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi izchil o‘sib bordi. 1996 yilda u 1409 so‘mdan 2761,1 so‘mga etdi yoki 1,96 marta ko‘paydi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi onalar o‘limi soni kamaydi.
«Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur»i hamda «YOsh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996 yilda onalar o‘limi 1991 yildagig‘a nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o‘limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda
tug‘ishgacha bo‘lgan davolanishdan o‘tkazildi. Respublikada jarroxdik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag‘lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham
foydalanilmoqda. Xo‘jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot
tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tib ta’minot» dorixona muassasalari
to‘la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi.
Lekin shu bilan birga resgtublikadagi ekologik tanglik tufayli aholining kasallanishi
kamaymadi. Masalan, bu ko‘rsatkich 1996 yilda 1991 yilga nisbatan 26,3 foizga ko‘paydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yilda
Nukusda Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konfereniiya bo‘ldi. Bu
konferensiya qarorlaridan kelib chiqib, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentyabrdaQoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echishni jadallashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»
405-sonli qaror qabul qildi.
Bu qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati
katga kuch sarfladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi axrli punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi.
1992-1996 yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi yunktlariga 2 ming 885
kilometr vodoprovod tarmog‘i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi
59,5 foizga etdi. SHu yillarda 16,3 kilometr kanalizatsiya va 4057,5 kilometr gaz
tarmoklari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi.
1991-2015 yillarda Qoraqalpog‘istonda ko‘plab sog‘liqni sakdash ob’ektlari,
kasalxonalar, poliklinikalar, tug‘ruqxona va turar-joylar binolari qurildi. Orolbo‘yi aholisiga in-
sonparvarlik yordami berila boshlandi, kasalxona va poliklinikalar shunday ta’minotdan
foydalana boshladilar.
Qoraqalpog‘iston xalqi I. A. Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini
Orol dengizini saklab qolishga qarata chaqirig‘ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning
tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat
Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo‘yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995 yil sentyabrda I. A. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo‘ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri Nukus Deklaratsiyasi bo‘lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997 yil mart oyida Almatida Markaziy Osie respublikalari Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi.
Bu yig‘ilishda ham I. A. Karimov tashabbusi bilan Orolbo‘yi xalqlariga ijtimoiy muammolarini
echishda amaliy yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risidagi tashabbuslari erlik
xalklar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar
Ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi
muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o‘z samarasini berishiga qatiy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o‘sayaptti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |