Ona tili darslarida lingvistik bilimni kontekstda
berish
Iroda Azimova
Toshkent
21.05.2021
Reja:
• Til o‘zlashtirishda nutqiy vaziyatning o‘rni
– so‘z ma’nosining o‘zlashtirilishi
– kontekst va ma’no
• Mazmun va lisoniy struktura
– grammatikaning til ta’limidagi o‘rni
– kommunikativ yondashuv
• Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid misollar
Til o‘zlashtirishda nutqiy vaziyatning o‘rni
• VAZIYAT
Oting nima?
What is your name?
Как тебя
зовут?
Til o‘zlashtirishda nutqiy vaziyatning o‘rni
O‘zbek tili
nutqiy vaziyat
Ingliz tili
Til o‘zlashtirishda nutqiy vaziyatning o‘rni: so‘z
ma’nosining o‘zlashtirilishi
• Bola ona tilini o‘zlashtirayotganida avval nutqiy oqimni
segmentatsiyalaydi
• Bu faqat shakliy belgilarga asoslanib amalga oshiriladi
• Segmentatsiya qilingan “nutqiy qism” - so‘zlar uchun
ma’no qidiriladi
• Bunda bola takrorlanadigan vaziyat elementi va
takrorlanayotgan segmentni moslashtiradi
Til o‘zlashtirishda nutqiy vaziyatning o‘rni: kontekst
va ma’no
• Bolaning lisoniy tajribasida kontekstning o‘rni nihoyatda
muhim
• Bola yangi so ‘zga duch kelganda avval uning kontekstual
ma’nosini eslab qoladi
• U so‘z qatnashgan kontekstlar soni oshib borishi bilan
bola ongida so‘z ma’nosi konkretlashadi
Mazmun va lisoniy struktura
• Til mazmunni yetkazuvchi shartli belgi
• Inson muloqotga kirisharkan muloqot maqsadi har doim
mazmun bo‘ladi, struktura emas
• Til ta’limidagi zamonaviy yondashuvlar, nazariyalar aynan
shu qarash ustiga quriladi
Mazmun va lisoniy struktura: grammatikaning til
ta’limidagi o‘rni
• Grammatikani o‘rganish tilni o‘rganishdan
ancha oson
• Michael Swan
Mazmun va lisoniy struktura: grammatikaning til
ta’limidagi o‘rni
• Tushunarlilik – qoidaga asosan tuzilgan gapning
tushunilishi oson
• Til jamiyati tomonidan so‘zlovchining jiddiy qabul qilinishi
• Grammatik morfemalarning o‘zlashtirilishida tabiiy tartib
mavjud va u darsda o‘qitilgan ketma-ketlikka bog‘liq emas
• Shuning uchun til o ‘qitishda grammatik tizimga urg‘u
berilishi noo‘rin
Mazmun va lisoniy struktura: grammatikaning til
ta’limidagi o‘rni
• Grammatika faqat bir maqsadda – tildan ongli
foydalanishni ta’minlash uchun o‘qitilishi kerak
Mazmun va lisoniy struktura: kommunikativ
yondashuv
• Bola tilni sistem ravishda o‘zlashtirmaydi, shuning uchun tilga xos
hodisalarni tizimlashtirib berishga (avval fonetika, keyin
leksikologiya, keyin morfologiya va hkz. tarzida) zarurat yo‘q
• Asosiy urg‘u - bolaning yoshida zarur bo‘ladigan mavzular
doirasida bola to‘laqonli muloqotga kira olishi uchun zarur
bo‘ladigan lisoniy ifodalar beriladi. Bunda mavzu talabiga ko‘ra
so‘z boyligi, gap konstruksiyasi, iboralar va hkz birliklar berilib
boradi
• Hamma birliklar kontekstda beriladi, har qanday imlo va
punktuatsion qoida kontekstning ichida taqdim qilinadi
Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid
misollar
• Kommunikativ yondashuvda darsning mazmun-mundarijasi nutqiy
mavzu atrofida shakllantiriladi
• Mazmun birlamchi
• Masalan, “Serkaboboning hiylasi” nomli ertak “Ertakdagi
qahramon” mavzusi (mavzu 8 soatga mo‘ljallangan) ichida berildi
• Dasturda so‘z oxirida jaranglilarning jarangsizlashishi qoidasi
berilgan edi
• Shu matn doirasida mazkur qoidani o‘zlashtirishga qaratilgan
mashq:
Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid misollar
Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid misollar
• Shu mavzu doirasida
“Jonli savatcha” ertagi
berilgan
• Tovush o‘zgarishlari,
xususan, -ga
qo‘shimchasini to‘g‘ri
qo‘shishi uchun avval
qoida tushuntiriladi
Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid misollar
Lingvistik bilimni kontekstda berishga oid misollar
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |