- 827 -
qo‘llaniladi. Qayd etilgan keng ta'sir
spektrli, ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi
faol bo‘lgan yarim sintetik penitsillinlar penitsillinaza ta'sirida parchalanadi.
Karbenitsillin (piopen) mikroblarga qarshi ta'sir spektri bo‘yicha
ampitsillinga o‘xshash. Undan farqi shundan iboratki u proteyning barcha
turlariga va ko‘k yiring tayoqchasiga (Pseudimonas aeruginosa) faol ta'sir etadi.
Me'daning kislotali muhitida preparat parchalanadi, juda kam so‘riladi. Shu
sababli uni mushak va tomir ichiga kiritiladi. Preparatning 80% ga yaqinroq
qismi zardob oqsillari bilan bog‘lanadi.
Gematoensefalik to‘siqdan u yomon o‘tadi. Buyrak orqali (sekretsiya va
filtratsiya) va qisman jigar orqali ajraladi. Ta'sir davomiyligi 4-6 soat. Kislotali
muhitga chidamli va enteral kiritish uchun mo‘ljallangan (peshob yo‘llari
infeksiyalarida) yangi preparat-karbenitsillin indanil natriy yaratilgan.
Karfetsillin va tikarsillin preparatlari o‘z xossalari bo‘yicha karbenitsillinga
o‘xshash. Karfetsillin karbenitsillindan farq qilib, kislotali muhit ta'siriga
chidamli va ichiladi. Tikarsillin karbenitsillinga nisbatan birmuncha faolroq,
ayniqsa ko‘k yiring tayoqchasiga ta'siri bo‘yicha.
Ureidopenitsillinlarning antibakterial faolligi karboksi-penitsillinlarnikidek
Klebsiella
ga nisbatan ureidopenitsillinlar faolroqdirlar. Ko‘k
yiring
tayoqchasiga ta'siri bo‘yicha preparatlarni quyidagi (faolligi kamayib boruvchi)
ketma-ketlik qatoriga qo‘yish mumkin: azlotsillin = piperatsillin > mezlotsillin =
tikarsillin > karbenitsillin.
Qator mikroorganizmlarning ma'lum shtammlarini β-laktamaza ishlab
chiqara olishi bilan bog‘liq β-laktamli antibiotiklarga chidamliligini yengib
chiqish muhim ahamiyatga ega, shunga e'tiboran ushbu antibiotiklar guruhini
parchalanishdan saqlovchi β-laktomazani faolligini tanlab ingibitsiyalovchi
moddalar (klavulan kislotasi, sulbaktam, tazobaktam) sintezlangan. β-laktamaza
ingibitorlari ko‘pincha kombinirlangan preparatlar tarkibiga kiradi (β-laktamli
antibiotiklar va β-laktamaza ingibitori). Augmentin (amoksitsillin + klavulan
kislotasi) keng qo‘llanilayotgan preparatlardan hisoblanadi.
Yuqorida qayd
- 828 -
etilganidek, amoksitsillin-ta'sir spektri keng bo‘lgan β-laktamli antibiotik.
Klavulan kislotasi (
Streptomyces clavuligerus
) ham β-laktam hosilasiga
mansubdir, ammo uning antibakterial ta'siri juda kuchsiz darajada namoyon
bo‘ladi. Asosiy ta'siri bu qator β-laktamazalarni qaytmas ingibitsiyalashdan
iboratdir. Ba'zi Enterobacteriaceae lar ishlab chiqaruvchi β-laktamazalarga ta'sir
ko‘rsatmaydi.
Augmentin keng antibakterial spektriga ega, jumladan β-laktamaza ishlab
chiqaruvchi gramm musbat bakteriyalar (stafilakokklar va ko‘pgina
streptokokklar, shu jumladan enterokokklar) va gramm manfiy bakteriyalar (N.
gonozrhoeae, N. meningitides, N.
influenza, Gardenetla vaginalis, Bordetella
pertussis, E. coli, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Salmonella). β-
laktamaza ishlab chiqaruvchi anaerob bakteriyalarni ko‘pgina shtammlariga
qarshi yuqori samaradorlikga ega. Preparatni odatda kuniga bir marta enteral
kiritiladi. Yaxshi so‘riladi (74-92%). Biologik o‘zlashtirish darajasi 70%
atrofida. Moddaning o‘zi va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi.
Nafas
yo‘llari, jinsiy-peshob yo‘li infeksiyasi, teri va yumshoq to‘qimalarni, suyaklar,
bo‘g‘imlarni bakterial jarohatlanishida, septik holatlarda qo‘llaniladi. Boshqa
kombinatsiyalangan preparatlar ham yaratilgan: unazin (ampitsillin+sulbaktam),
amoksiklav (amoksitsillin+klavulan kislotasi), tafotsin (piperatsillin +
tafobaktam).
Asosan gramm manfiy bakteriyalarga ta'sir etuvchi “penitsillinning atipik”
preparati pevmatsillinam sintezlangan. Undan organizmda metsillinam hosil
bo‘ladi. Ichishga tavsiya etilgan, ammo yomon so‘riladi.
Yarim sintetik penitsillinlar bo‘lmish oksatsillin, dikloksatsillin, nafsillin
penitsillinaza
ishlab chiqaruvchi, ya'ni benzilpenitsillinga chidamlilik ortirgan
stafilakokklar
bilan
chiqarilgan infeksiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Oksatsillinni ichish va mushak ichiga kiritish, nafsillinni ichish, mushak va
tomir ichiga kiritish mumkin.
- 829 -
Keng ta'sir spektriga ega bo‘lgan ampitsillin gramm manfiy
mikroorganizmlar yoki aralash flora bilan chaqirilgan hastaliklarni davolash
vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Uni peshob, safro, nafas yo‘llari, me'da-
ichak trakti, yiringli jarroxlik infeksiyalarida enteral qo‘llaniladi (ichiladi).
Ampitsillinni natriyli tuzini (pentreksil) mushak va tomir ichiga kiritiladi.
Amoksitsillin ham xuddi shunday ko‘rsatmalarga ega. Uni enteral kiritiladi.
Karbenitsillin, karfetsillin, tikarsillin, azlotsillin
va shu guruhining boshqa
preparatlarini ayniqsa ko‘k yiring tayoqchasi, protey, ichak tayoqchasi
(pielonefritlar, pnevmoniya, septitsemiya, peritonit va boshqalar) bilan
chaqirilgan
infeksiyalarda
qo‘llanish
uchun
ko‘rsatma
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: