O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
 
Ba'zi tetratsiklinlar va levomitsetinning kimyoviy tuzilishi 


- 847 -
Tetratsiklinlarni penitsillin va streptomitsinga chidamlilik ortirgan 
mikroorganizmlarni 
yoki 
ushbu 
antibiotiklarga 
sensibilizatsiyalangan 
bemorlarda qo‘llaniladi. Odatda ularni har 4-8 soatda ichish tavsiya etiladi. 
Bundan tashqari suvda eriydigan tuzlarini parenteral (tomir, mushak, bo‘shliqlar 
ichiga) kiritiladi. Kuchli mahalliy qo‘zg‘otuvchilik xossasiga ega bo‘lganligidan 
tetratsiklinlarni bosh miya qobig‘lari ostiga kiritmaydilar.
Surtma sifatida ularni ko‘proq ko‘z hastaliklarida (ayniqsa traxomada) 
mahalliy qo‘llaniladi. Tetratsiklinlar qator noxush ta'sirlar ko‘rsatadilar. 
Jumladan ular allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Bunda terini 
jarohatlanishi, 
yengil 
istimalash 
va 
boshqalar 
kuzatilishi 
mumkin. 
Tetratsiklinlarga allergiya penitsillin va sefalosporinlarga nisbatan anchagina 
kam rivojlanadi. 
Noallergik tabiatli noxush ta'sirotlardan avvalam bor mahalliy qitiqlovchi 
ta'sirni ko‘rsatish kerak (ayniqsa u oksitetratsiklinda kuchli namoyon bo‘ladi). 
Ichilganda preparatning ana shu xossa dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash, 
qayt qilish, diareya), glossit, stomatit va ovqat hazm qilish trakti shilliq qavati 


- 848 -
tomonidan boshqa o‘zgarishlarning asosiy sababi hisoblanadi. Mahalliy 
qitiqlovchi ta'siri tufayli mushak ichiga kiritilganda og‘riq, tomirga kiritilsa 
tromboflebitlar rivojlanishi mumkin. Tetratsiklinlar biroz gepatotaksiklik 
xossasiga egadirlar (asosan oksitetratsiklin). Tetratsiklinlarni homiladorlikning 
ikkinchi yarimida va bolalarda extiyot choralarini ko‘rib qo‘llash lozim. Bu 
tetratsiklinlarning suyak to‘qimasida jumladan tish to‘qimasida kalsiy tuzlari 
bilan xelat birikmalar hosil qilishi tufayli depolanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli 
skeletning shakllanishi buziladi. Tishlarning rangi o‘zgaradi va jarohatlanadi. 
Tetratsiklinlarning noxush ta'sirotlaridan biri bo‘lib ularni fetosensibilizatsiya
1
chaqirish va u bilan bog‘liq dermatitlar rivojlanish hisoblanadi (ayniqsa 
demeklotsiklin). Modda almashinuviga ta'sir ko‘rsatish tetratsiklar uchun oddiy 
hol hisoblanadi. Ular oqsil sintezini susaytiradilar (antianabolik ta'sir), 
organizmdan natriy ionlari, suv, aminokislotalarni, ayrim vitaminlarni va boshqa 
birikmalarni ajralishini kuchaytiradilar. Minotsiklin vestibulyar buzilishlarni 
rivojlantirishi mumkin. Superinfeksiya vujudga kelishi tetratsiklinlar bilan 
davolashga juda xos asoratdir. Ta'sir spektri keng bo‘lgan antibiotiklardan 
hisoblangan tetratsiklinlar ovqat hazm qilish traktining saprofit florasini 
rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib kandidamikoz, stafilokokklar, protey, ko‘k 
yiring tayoqchasi bilan chaqirilgan superinfeksiyani yuzaga kelishiga imkoniyat 
tug‘diradilar. Eng ko‘p xavf tug‘diradigan asoratlari bu stafilakokklar 
qo‘zg‘atgan enterokolit va zotiljam bo‘lib juda og‘ir kechishi mumkin. Saprofit 
flora rivojlanishiga salbiy ta'sir be'morlarda V guruhi vitaminlarini (saprofitlar 
ularning sintezida qatnashadilar) yetishmovchiligining sabablaridan biri bo‘lib, 
ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatining tetratsiklinlarning mahalliy qitiqlovchi 
ta'siri va superinfeksiya ta'siridagi jarohatlanishini chuqurlashtiradi. 
____________________________________ 

Grekcha phos (photos) –yorug‘lik (nur), lotincha sensibilis – sezgir 


- 849 -
Kandidamikozni oldini olish va davolash uchun tetratsiklinlarni 
zamburug‘larga qarshi antibiotik nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Bundan 
tashqari tetratsiklinlar bilan bir vaqtda V guruhi vitaminlarini berish maqsadga 
muvofiqdir. Kamdan-kam hollarda psevdomembranoz
1
kolit rivojlanishi 
mumkin. Uni vankomitsin bilan davolanadi.Stafilakokk, protey yoki ko‘k yiring 
tayoqchasi qo‘zg‘atgan superinfeksiyani bartaraf etish maqsadga tegishli 
spektrga ega bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ma'lum 
bo‘lgan tetratsiklinlarga mikroorganizmlarning chidamliligi rivojlanishi tufayli 
ushbu guruhning yangi xosilalarini izlash qonuniydir. Glitsilsiklinlarni 
yaratilishi bu boradagi eng keyingi yutuqlardan biridir. Bu qatorning istiqbolli 
birikmalaridan biri bo‘lib tigetsiklin hisoblanadi. U tetratsiklinning xosilalariga 
mansub. Gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori 
faollikka ega.
Tigetsiklin ta'siriga ko‘pgina ko‘k yiring tayoqchasi va protey 
chidamlilidirlar. Preparatni boshqa antimikrob vositalarning, rezistentlik 
rivojlanishi tufayli samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish