O‘qituvchining tarbiyaChilik mahorati reja



Download 90 Kb.
bet6/7
Sana22.06.2021
Hajmi90 Kb.
#73215
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ped

Pedagogik takt o‘qituvchi-tarbiya mahoratining tarkibiy qismi deb xisoblanadi. “Takt” so‘zining o‘zi “inson munosabatlari shakli” ma’nosida ishlatiladi (ma’nosiga yaqin so‘z deb «fahm-farosat” so‘zini olishimiz mumkin). Takt insonlar orasidagi muvoffaqiyatli muomalaning zaruriy shartidir. Taktli insonga ko‘pchilikka yaxshilik qilish va xursandchilik keltirish istagi xosdir. Taktli inson boshqa insonlar bilan muomalada sergak va diqqatli bo‘ladi.

Taktsiz insonlar boshqa insonlarni noqulay vaziyatga solib qo‘yishi, ularni haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegadigan so‘zlarni aytishi mumkin. Taktsiz o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari va kasbdoshlarining ko‘ngliga ozor beradi.

Ma’lumki, taktli insonning fe’l-atvorini muloyimlik, boshqa insonni tushunishi qobiliyati, mehribonlik, topqirlik, idrok, boshqalarning fikriga xurmat, muvozanat, samimiylik kabi fazilatlar ta’riflaydi. Shunday shaxsiy sifatlar taktli pedagogda bo‘lishi shart.

O‘quvchilarga kattalar (o‘qituvchi, ota-onalar va boshqalar) kabi muloyimlik va hurmat bilan muomala qilish kerak. Bunda diqqatli va ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Umumiy takt va pegagogik takt bir xil narsa emas. Har qanday tarbiyali va madaniyatli inson pedagogik taktga ega emas. Pedagog uchun esa takt pedagogik hislatidir.

Keng ma’noda pedagogik takt – bu o‘quvchining ko‘magi bilan har hil aniq xodisada o‘quvchilarga qarshi ushbu vaziyatlarda eng samarali tarbiyaviy ta’sir o‘tkazuvchi uslubdir.

Pedagog samimiy bo‘lishi kerak. Samimiylik o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘g‘ri munosabatlar, o‘zaro ishonch, hurmatni shakllantiradi. Ammo samimiy bo‘lish bu bemulohoza va qo‘pol bo‘lish degani emas.

Pedagogik takt - bu ijodkorlik, aqliy faoliyat, o‘ziga xos mahoratdir. Taktli o‘qituvchi nafaqat hilma hil pedagogik uslublarning katta xazinasiga ega bo‘ladi, balki mohir va ma’qul ravishda ularni ishlatadi.

Pedagogik taktni tarkib toptirishda o‘qituvchining kasbga oid xususiyatlari:

1-kuzatuvchanlik;

2-hushyorlik;

3-ishonch;

4-adolat;

5-sabr va o‘zini boshqara olishi.

Pedagogik takt o‘qituvchidan o‘quvchilarga tanbeh berishi, baholashi, talab qilishi qanday ta’sir qilishini oldindan ko‘ra olish mahoratini talab qiladi. Pedagog u yoki bu ta’sir ko‘rsatish usulini qo‘llashdan oldin o‘quvchining kayfiyatini, hissiyotlarini, kechinmalarini tushunishi kerak.

Pedagogik takt insonning tug‘ma hislati emas, balki mahorat kabi egallanadi. Ammo bu o‘z – o‘zidan hech qanday nazariy tayyorgarliksiz shakllanmaydi. Pedagogik taktni egallash uchun insonning umumiy madaniyatini o‘stirish, psixologik-pedagogik bilimlarini kengaytirish lozim. Pedagogik takt o‘qituvchining pedagogik etikasining asosi deb hisoblanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan tarbiya yo‘nalishlarini samarali olib borish uchun tarbiya jarayoni to‘g‘ri tashkillanishi zarur. Bunda pedagogik takt vosita sifatida katta ahamiyatga ega.

Demak, o‘qituvchi jamiyat hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning pedagogik qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mehnatini natijalari yotadi. O‘qituvchilar tayyorlash jarayonida ularning ham pedagogik ham psixologik tayyorgarligi va bilimli, muomala madaniyati, milliy va psixologik omillarni ehtiborga olish kerak. Yuksak saviyali zo‘r mahoratli o‘qituvchilargina halq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi.



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish