1-SEMINAR.“MA’NAVIYATŞUNOSLIK” FANINING OB’EKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. “Ma’naviyatşunoslik” fanining ob’ekti va predmeti
2. “Ma’naviyatşunoslik” fanining maqsadi va vazifalari
3.Ma’naviyatning tarkibiy qisimlari va uning inson kamolotidagi o’rni
4. Ma`naviyat va madaniyat, ularning ŏzaro munosabati.
5. Ma`naviy meros - ma`naviyat rivojlanişining asosi.
6. Axloq va ma’naviyat nisbat
Manaviyattushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo’lib,amri-maruf,mushoira,chiroyli so’z kabi ma’nolarni anglatadi.Ma’naviyat inson faoliyatining barcha qirralarini,uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy bva yashirin, ichki ruhiy botiniy tomonlarini qamrab oladi.Inson-tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tutiladi.Bu imkonni boshqa mavjudotlarda ko’ra olmaymiz . Moddiy narsalar odamga jismoniy ozuqa vaquvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy ozuqa beradi.
Ma’naviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisa-dir.Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo’q.
“Ma’naviyat asoslari” fanining maqsad va vazifalari O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchilar yuksak ma’naviyatga ega bo’lmoqlari zaruriyatdir.Zero,ulardan,avvalo,aqlli odobli mehnatsevar ,bilimli, siyposatchi ,milliy g’ururli vatanparvar insonparvar halol qo’rqmas baynalmilal , sofdilbo’lishlari talab etiladi.Bu xislatlarni har bir shaxsda shakllantirish mazkur fanning maqsadidir.
Aslini olganda ma’naviyat va madaniyat bir biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas , biri ikkinchisidan farq qiladi . shuning bilan bir birini to’ldirib turadi.
Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan avvalo madaniyat uning turlarini tahlil etish maqadga muvofiqdir.Chunki ,madaniyatni,xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o’rganmasdan turib, ma’naviy meros to’g’risida gapirish ancha mushkul , chunki ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi.
Shu jumladan ,ularni umumlashtirgan bo’lsak madaniyat keng ma’noda insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan va yaratayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining yig’indisini ifodalaydi.
Ko’rinadiki,madaniyat insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va o’zlashtirishdagi faolyatini ifodalaydi.u inson aql idroki va mehnari mahsulidir. Yuqorida aytilganidek madaniyat juda murakkab ko’p qirrali ma’naviy-ijtimoiy hodisa bo’lib ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy ,va boshqa sohalarni inson mehnat faolyatining barcha samaralarini o’zida qamrab oladi.Madaniyat deyilganda ,mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish fan texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish ,kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko’nikmalarni , mehnatni tashkil qilish , salomatlikni saqlash ishini yo’lga qo’yish aholi o’rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va malumot umumiy majburiy va oliy talimni amalga oshirish ,adabiyot sana’tasarlari ijtimoiy ,falsafiy g’oyalar va shu kabilar nazarda tutiladi. Ko’rinadiki madaniyat odamzod aql idrokining eng yuksak cho’qqilarigacha bo’lgan narsalarning hammasini qamrab oladi . U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas shu bilan birga kishilarning mehnat jarayonida voqe’ bo’ladigan bilim boyliklari’ tajribalari qobilyatlari, ishlab chiqarish va kasb malakalari o’zaro munosabatda ham o’z ichiga olgan.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar bastakorlar shoir va yozuvchilar nazariyotchilar , xullas ,xalq tomonidan yaratiladi . Ma’naviuy madaniyatni yaratish ,o’zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi , mehnat unumdorligi ortadi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi farosati ortadi axloq odobi did va farosati estetik zavqi , ijodiy kuchi va qobilyatlari taraqqiy etadi.
Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat , uning ma’naviy taraqqiyotiga kata ta’sir ko’rsatadi.Ma’naviy meros deb uzoq vayaqin o’tmishdagi hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli .o’chmas iz qoldiradigan mangu yashaydigan butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros zamonlar o’tishi bilan o’z qadrini yo’qotmaydi , balki sifat vjihatdan yandi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga , ichki dunyosiga , his tuyg’ulariga tasir etib ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari yetaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat uning vakillari tomonida yaratilib , so’ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga , merosi aylanib qoladi . markaziy osiyo xalqlarining o’tmish avlodlar qoldirgan ma’naviy meros bunga misol bo’la oladi . manaviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o’rinlardan birini egallaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |