O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Men seni 
topgandim
»ga diqqat qarating. Nega «topdim» emas «topgandim» 
fe’li ishlatilgan deb o‘ylaysiz? Ikkala so‘z ham o‘tgan zamonni 
anglatadi-ku. «Topgandim» so‘zining mohiyatida qanday haqiqat, 
qanday tuyg‘ular yashiringan, sizningcha? Fikringizni matnga ta
-
yangan holda asoslang. Ilk misradagi ikkinchi jumla «
ammo yaxshi 
qol
»dan siz nimani angladingiz? Nima deb o‘ylaysiz, nega she’r 
qahramoni «Xayr» demay «
yaxshi qol
» deyapti, buning zamiri-
da biron haqiqat bormi? Satrdagi «-
gandim
» qo‘shimchasi bilan 
«
ammo
» zidlov bog‘lovchisi orasida qanday aloqa bo‘lishi mum
-
kin? Siz bundan nimani tushundingiz? Bandning ikkinchi misrasi: 
«
Sen: «Yaxshi qol!» – degil, «ko‘rishguncha»mas
»ga e’tibor qiling. 
Misrada xayrlashuvning ikki turi qo‘llanilgan. Jumladagi 
«yaxshi 
qol!», «ko‘rishguncha» 
so‘zlari bilan «xayr» so‘zi orasida qanday 
tafovut bor, nazaringizda? Nima deb o‘ylaysiz, nega she’r qahra
-
moni suhbatdoshidan aynan «yaxshi qol» deyishini o‘tinmoqda? 
Satrdagi «
degil
» so‘ziga diqqat qiling: nega «degin» emas, aynan 
«
degil
» qo‘llanilgan? Sizningcha, bu nimani anglatadi? «
Bul qu-
yosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol»
ni, 
sizningcha, qanday tushunish 
mumkin? Nega «bu» emas «bul» ko‘rsatish olmoshi ishlatilgan 
deb o‘ylaysiz? Muallif «l» tovushining zimmasiga qanday vazifani 
yuklagan, nazaringizda? Quyosh ol bo‘lishining qahramonga nima 
aloqasi bo‘lishi mumkin, sizningcha? 
«Bul oy ham umrimga ko‘p 


237
qiladir qasd»
misrasini qanday sharhlaysiz? Nega «qiladi» emas 
«
qiladir
» deyilgan? Sizningcha, «l» va «r» tovushlarining zimma
-
sida qanday yuk bo‘lishi mumkin? Ne sababdan «
Bul oy ham»
de
-
yilyapti? Oldin boshqa biror jonzod qahramonning umri-joniga qasd 
qilganmidi? Misralardagi «
bo‘ladir
» va «
qiladir
» so‘zlarida «r» 
harfining orttirilishi nimadan dalolat beradi? Ikkinchi to‘rtlikdagi 
«
Sen sherik bo‘lmaysan endi g‘amimga»
tarzidagi iqrorning za-
mirida qanday haqiqat yashiringan deb o‘ylaysiz? To‘rtlikning 
ikkinchi misrasiga e’tibor qiling:
«D
arvoqe, hech qachon sherik 
qilmadim»
ga asoslanib she’r qahramoniga tavsif bering: u qan-
day odam? 
Keyingi misra: «
Xayr endi, ma’zur tut ortiq-kamimga»
e’tibor qiling. Nima deb o‘ylaysiz, yuqorigi bandda «
yaxshi qol
» 
degan qahramon endi nega «xayr» deyapti? «
Ma’zur tut
» va «
or-
tiq-kam
»ni qanday tushundingiz? Sizningcha, bandning so‘nggi 
misrasi: «
Men seni Layliday seva olmadim
»da afsus va o‘kinish 
bormi yoki oddiy e’tirof ifodalanganmi? Fikringizni matnga ta
-
yangan holda asoslang. Qiz yigitni «
Layliday seva olma»
ganining 
boisi nimada deb o‘ylaysiz? O‘ylab ko‘ringchi, qiz bilan yigit bir-
biriga kim bo‘lishi mumkin? So‘nggi bandning dastlabki misrasi: 
«
O‘rtanma bul xato mushkullaridan»
ga diqqat qiling. Yana «
bul
». 
Buning vazifasi nimadan iborat, sizningcha? Nazaringizda, xato 
kimniki? «
Xato mushkullari
» nimalardan iborat bo‘lishi mum-
kin? Bu xatoning mushkullaridan she’r qahramoni ko‘proq iztirob 
chekyaptimi yoki uning suhbatdoshimi? Buni nimalardan angla
-
dingiz? Fikringizni asarga tayangan holda asoslab bering. 
«

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish