O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

og‘rib qolish
»day oddiy-
gina kasallikni ham o‘lim bilan yakunlanadigan xastalikka aylan-
tirishi mumkin ekan. Bunday topildiqqa o‘quvchilar o‘qituvchi 
yo‘naltirishi bilan o‘zlari erishishlari kerak. O‘qituvchining vazi
-
fasi savol-topshiriqlar bilan ularning e’tiborini mana shu kabi ha-
qiqatlarga qaratishdan iborat.
Sotiboldining xo‘jayini oldiga borganligi tasviriga o‘quvchilar 
e’tiborini qaratish, shu yo‘l bilan har bir personaj ruhiyati qir-
ralari nechog‘lik yorqin tasvir etilganligini aniqlash zarur. Shun
-
day qilinganda inson deb atalmish murakkab mavjudotning ruhiy 
to‘lg‘onishlarini payqash mumkin bo‘ladi. Har qanday odam 
o‘zgalar bilan solishtirilgandagina haqiqiy qiymatiga ega bo‘ladi. 
Xo‘jayini oldiga nega borganini Sotiboldining o‘zi ham bilmaydi, 
lekin bordi. Har qanday risoladagi odam singari Sotiboldi ham 
xotinining tuzalishi uchun nimadir qilishi kerakligini biladi, lekin 
nima? Boshiga musibat tushganda inson o‘zidan ko‘ra kattaroq, 
kuchli roq, aqlliroq kishining ko‘magiga, maslahatiga muhtojlik 
sezadi. Biror jonkuyari yo‘q Sotiboldi uchun esa Abdug‘aniboy 
shunday kishi bo‘lib tuyuladi. Boy Sotiboldining dardini his qildi, 
unga ruhiy madad berishga, ko‘nglini ko‘tarishga urindi. Uning 
niyati – yaxshi. Sotiboldiga achinadi. Lekin ezguligi shu achinish 
bilan tugaydi. Demak, Abdug‘aniboyning yaxshiligi darajasi, olija-
nobligining miqyosi qilgan amaliga yarasha. Chinakam yaxshilik 
amalda, faoliyatda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar boyning qanday 
odamligiga uning qilgan ishiga qarab baho berishlari so‘raladi.
Sotiboldining keyingi xatti-harakatlariga o‘quvchilarning 
e’tibori tortilishi lozim. O‘quvchilarni yaqin kishisining azobla
-
rini yengillatishni astoydil istagan, ammo qo‘li kaltaligi tufayli 
buning uddasidan chiqolmagan yigitning ruhiyatini anglashga 
yo‘naltirish zarur. Shunday vaziyatda bo‘lgan odamning ko‘ngliga 
ish sig‘adimi? Bu savol ularni bunday vaqtlarda odam nimalarni 
his etishi mumkinligini o‘ylab ko‘rishga, Sotiboldini tuyishga 
yo‘naltiradi. Uning kundan-kun og‘irlashib borayotgan xotini 
yonida chiviqlar ichida ko‘milib, savat to‘qishi tasviri shunchaki 
axborot emas, balki ilojsiz odam ruhiyatining jonli va shafqatsiz 
tasviridir. Hayot shafqat neligini bilmaydi, uni qiynoqlarga giriftor 


230
231
etmoqda, u – ko‘z oldida yotgan yaqin kishisiga yordam berish-
dan ojiz. Ammo u – tirik va hayot haqida, ertangi kun to‘g‘risida 
o‘ylashga majbur. Shu bois savat to‘qish ko‘ngliga sig‘adi. 
Shu o‘rinda hikoyadagi «
oftobshuvoqda
» ifodasiga o‘quvchilar 
bee’tibor bo‘lmasliklari kerak. Hikoyaga ayni shu so‘z nima uchun 
kiritilgan? Bu so‘zning asardagi voqealarga nima daxli bor? Nega
-
ki, odam ko‘klamda uydagi qishki rutubatlardan qochib, oftobshu
-
voqqa chiqqisi keladi. Ayni vaqtda, ko‘klamda kasalliklar, ayniqsa, 
xuruj qiladi. Bahorgi oftobning nozik nurlaridan kishi ko‘nglidagi 
og‘riqlarga, qishki toliqishga davo istaydi. Sotiboldi ham o‘zi ang-
lab-anglamay ishini oftobshuvoqda qilishi tabiiy hol.
Qizchaning holati tasvirlangan satrlarni o‘quvchilarga qayta 
o‘qitish kerak. Ular shu jarayonni, imkon qadar, aniq tasavvur 
qilsinlar. Pashshaning g‘ing‘illashi bilan bemorning inqillashi 
o‘rtasidagi mutanosiblik bilan gadoy va uning tovushidagi 
monandlik asar ohangini vujudga keltirishda qanday o‘rin tutganligi 
o‘quvchilar tomonidan aniqlansa, g‘oyat foydali bo‘lardi. Hikoya-
ning umumiy ohangi, ruhini anglamay turib, qahramonlar ruhiyatini 
payqash mumkin emas. Chunki asl badiiy asar – buzilmas yaxlitlik. 
O‘quvchilar e’tibori gadoyning aytganlariga ham qaratiladi: shu 
jumla zimmasida qanday yuk bor? Odil Yoqubov ayt moqchi 
«so‘zga xasis» adib bu lavhani asarga kiritmasligi ham mumkin 
edi-ku! Hikoya busiz ham kishi ruhiyatini iztirobga soladi-ku! 
O‘quvchilar bemor har ingraganda «
Sotiboldi chakkasiga burov 
solingan kishiday
» azob tortib, talvasaga tushishi sabablari haqida 
o‘ylab ko‘rishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nega shunday 
bo‘layotir? Shunda ular Sotiboldining holatini bir darajada his 
qilishlari mumkin. Sotiboldining qo‘shni kampirni chaqirishdan 
maqsadi nima edi? Uning qo‘lidan jo‘yaliroq bir ish kelmasligini 
Sotiboldi bilmasmidi? Bolalar kampirning xatti-harakatlari 
tasvirini kuzatishlari lozim. Uning bemorga, Sotiboldiga bergan 
maslahatlariga munosabat bildirilishi zarur. Kampirning boshqacha 
maslahat bera olmasligi, ayni vaqtda, maslahat bermay chiqib 
ketishi ham mumkin emasligini o‘quvchilar anglashlari kerak. 
Chunki u yaxshi odam, achinganidan yig‘laydi, qo‘lidan shundan 
boshqa hech narsa kelmaydi. Hayotdagi odamlarni tushunish badiiy 
asar qahramonlarini anglashdan kelib chiqadi.
O‘quvchilar norasida go‘dakning chuchuk tili bilan aytilgan 
«
Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin…
» jumlasi asarda qanday 


231
vazifani o‘tayotganligi xususida fikr yuritishlari lozim. Ular so‘zlar 
ne boisdan bola tilidan berilayotganligini, buning vositasida adib 
nimani ifodalayotganligini o‘ylab ko‘rishlari zarur. Buning uchun 
shu holat savolga aylantiriladi. Hikoyadagi qo‘shni kampir timsoli
qizchaning duosi muallifning o‘z hayotidan olingan kechmishlari 
ekanini, ular hikoyaning mohiyatiga mahorat bilan joylashtirilga-
nini o‘quvchilar anglashlariga ko‘maklashish, aytib berish emas, 
aynan ko‘maklashish kerak bo‘ladi.
Hikoyada: «
Ko‘ngilga armon bo‘lmasin deb chilyosin ham 
qildirishga to‘g‘ri keldi
» tarzida axborot ko‘rinishidagi ifoda bor. 
O‘quvchilar ko‘ngildagi armon haqida gapirganda kim nazarda tu
-
tilayoganligi, bu gap bemorgami, Sotiboldigami, qizchasigami te
-
gishli ekanligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari, shu o‘rinda o‘zbek 
ruhiyati namoyon bo‘lgan jihatlar haqida mulohaza qilishlari 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bemorning tetiklangani qay darajada ishonchli, hayotiy 
chiqqanini o‘quvchilar ilg‘ay olishiga erishmoq zarur. Haqiqatdan 
chilyosindan so‘ng shunday bo‘ldimi yoki buning boshqa sababi 
bormi? Chilyosin marosimining ko‘p hollarda shu tarzda natija 
beri shi, dahriylik avj nuqtasiga yetgan zamonlarda bu haqda shu 
taxlit yozish jasorat ekanligi borasida ham o‘quvchilarga tushuncha 
berish ortiqchalik qilmaydi. Kasal onaning eridan qizchasini 
saharlari uyg‘otmasligini so‘rashga undagan sabab nima ekanligini 
aniqlash ham o‘quvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak. 
Bemorning o‘limi tasvirlangan so‘nggi xatboshi va o‘limdan 
bexabar qizchaning duosi bolalar ko‘nglida qanday tuyg‘ular 
uyg‘otganligi haqida fikrlashish, hikoyadagi har bir tasviriy ifodaga 
munosabat bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hikoya qahramonlarining xatti-harakatlari tasviridan kelib 
chiqib: «Sotiboldi tabiatan qanday odam? Abdug‘aniboy yomon 
odammi? Kampirning mushtday go‘dakni saharlari uyg‘otishni 
maslahat berganiga qanday qaraysiz?» singari har bir perso-
najning shaxsiyatiga xos sifatlar, xarakteriga mos xususiyatlar va 
ularning asarda qay yo‘sin ifoda etilganligi haqida o‘quvchilarni 
o‘ylatadigan, munosabat bildirishga majbur etadigan savollar 
qo‘yish lozim.
Hikoya tahlili so‘ngida badiiy asar tili haqida nazariy ma’lumot 
berish ham ko‘zda tutilgan. Asar boshdan-oxir til mahoratini 


232
233
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham ilmiy-nazariy 
xulosalar «Bemor» hikoyasi misolida amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiqdir. Unda kampir nutqining Sotiboldinikidan, qizcha nut-
qining Abdug‘aniboynikidan, boy tilining gadoy nutqidan tamo-
mila farq qilishi natijasida hikoyaning o‘qishliligi ortgani xususida 
o‘quvchilar bilan fikrlashish zarur bo‘ladi. Til ruhiyat ko‘zgusi 
ekanligi, odamga xos juda ko‘p yashirin jihatlar aynan tilda yorqin 
namoyon bo‘lishi misollar asosida isbotlab berilsa, foydali bo‘ladi. 
Hikoya tahlilidan so‘ng uy vazifasi sifatida asarni davom et-
tirish vazifasini topshirish mumkin. Asar qahramonlari keyingi 
hayotini o‘quvchilar o‘zlaricha tasavvur qilishlari, qarashlarini 
qog‘ozga tushirishlari ularning fikr kishisi bo‘lib shakllanishlariga 
ko‘maklashadi. 
Xullas, epik asar tahlilida obrazlar tasviri, voqealar rivoji, tili, 
unda ko‘tarilgan yetakchi g‘oyalarga e’tibor qaratiladi. Matn maz
-
munidan badiiy hayotiy xulosalar chiqariladi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish