O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

EPIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Reja:
1. Epik asarlar tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. Epik asarlarni o‘rganishda adabiy o‘qishning o‘rni. 
3. Epik asarlarni tahlil qilishning metodik talablari.
Ma’lumki, adabiyotshunoslik ilmida epik turga 
masal, hikoya, 
qissa, roman 
janrlari mansub
. Ballada, qo‘shiq, poema 
singari 
asarlar mazmuniga muallif tuyg‘usi singib ketgani bois liro-epik 
janr deya e’tirof etilgan. 
Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya o‘quvchi uchun tu-
shunarli, ixcham asar. Hikoyaning qulayligi hajmi uncha katta 
bo‘lmagani holda bayonning yorqinligi, kompozitsiyaning un-
chalik murakkab emasligi, personajlar sonining kamligi, yozuvchi 
diqqatining bir qahramon shaxsiga qaratilganligi va hokazo jihatlar 
bilan asoslanadi.
«Adabiyot» darsliklarida hajman katta bo‘lgan asarlar ulardan 
olingan parchalar shaklida taqdim etiladi va o‘rganiladi. Ayrim 
hajman kichik bo‘lgan hikoyalargina to‘liq shaklda yoki qisqartirib 
taqdim etilishi mumkin. Lekin hikoya bilan qissadan yoki roman-
dan olingan parchaning shakliy elementlari o‘zaro farqlanadi, ay
-
rim elementlari o‘xshashlik kasb etishi ham mumkin. Yirik epik 
asarlardan olingan parchalar ham o‘zaro alohida yaxlitlik kasb eti
-
shi, bir qismining mazmuni ikkinchisini rad etmasligi, keltirilgan 
parchalar umumiy yaxlitlikni kasb etishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoyada ko‘pincha bir kichik voqea va uning tafsiloti bayon 
qilinadi. Tabiiyki, roman yoki qissadan olinib darsliklarga kiriti-
ladigan parchalar ham shunday umumiylik kasb etishi taqozo 
etiladi. Adabiyotshunoslikda ta’kidlanganidek, syujet asar mu-
allifi o‘ylagan niyatining qahramonlar xarakteri, xatti-harakati 
mantig‘iga muvofiq yuzaga keluvchi, o‘zaro aloqada, rivojla nishda 
bo‘lgan qirralarini ochishga xizmat qiluvchi voqealar zanjiridir. 
Muhimi, o‘quvchi syujetni shunchaki voqealar bayoni deb tu-
shunmasligidadir. Buning uchun o‘qituvchidan epik asar tahlili 
ustida ishlanganda o‘quvchilarni ana shu aloqadorliklarni, dinami
-
kani ilg‘ashga yo‘naltira bilish talab qilinadi. Boshqacha aytganda, 
o‘qituvchi asar mazmuni yuzasidan taqdim etadigan savol va top
-


224
225
shiriqlari bilan o‘quvchilarni uning syujetiga xos bo‘lgan voqealar, 
qahramonlar xarakteri va xatti-hatakatidagi oqibatning kelib chi-
qish sabablarini aniqlashga yo‘naltirishi, shundan keyingina hodi-
sani baholashga undashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Epik asarning asosiy xususiyatlaridan yana biri konfliktdir. 
Talabalar bu kabi nazariy ma’lumotlarni adabiyottanuv kurslarida 
batafsil o‘rganadilar, albatta. Adabiyot o‘qitish metodikasi kursi 
badiiy asarlarning bevosita o‘quv tahlili bilan aloqadorligi tufayli 
mazkur bilimlar ixcham holda eslatib o‘tilmoqda. Konflikt badiiy 
asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalar, kayfiyat
-
larning kurashidir. Konflikt butun asar syujeti va mazmunining 
yo‘nalishini ta’min etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, hikoya ko‘pincha 
konflikt asosiga quriladi. Roman yoki qissadan olingan parchada u 
qaysi darajasiga ko‘ra aks etgan bo‘lishi ko‘pincha noaniq bo‘ladi.
Epik asarlar sirasiga mansub roman janri inson hayotini 
muayyan badiiy makon va zamonda butun murakkabligi bilan, 
jamiyat va tabiat bilan aloqadorlikda har tomonlama to‘liq tasvir-
lashga qaratilgan ko‘p planli syujetga ega bo‘lgan asardir. Roman-
da shaxs va jamiyat hayoti bir butunlikda, mustaqil hodisalar sifa-
tida tahlil hamda talqin qilinadi. Romanda muayyan shaxs taqdiri 
oilaviy-maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy muhit bilan o‘zaro uzviy 
aloqadorlikda tasvirlanadi. Roman janri markazida inson obrazi tu-
radi
110
.
Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya ustida ishlashni yirik yo
-
zuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub «Bemor» asari misolida 
quyidagicha ko‘rish mumkin.
Nochorlik, kambag‘allik oldida insonning qanchalar ojizligini 
anglatish, bolalar ko‘nglida o‘zgani anglash, achinish hissini tarbi
-
yalashni darsning tarbiyaviy maqsadi sifatida belgilash mumkin. 
Asar matni bilan tanishtirish, uning mohiyatiga kirishga, matn za-
miridagi yozuvchi shaxsini anglashga, bitikda ilgari surilgan ye-
takchi qarashlarni ilg‘ashga o‘rgatish darsning ta’limiy maqsadini 
tashkil qiladi.
Dasturda ushbu hikoyani o‘rganish uchun ikki soat vaqt beril
-
gan. Aslida hikoya ilg‘or ta’lim metodlari asosida o‘tilsa, uni 
o‘rganish uchun bir soat kifoya. Darslikda adibning hayoti va ijodi 
110
F. Salayev, G. Qurboniyozov. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. 
– Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2010, 202-bet.


225
haqida ma’lumot beruvchi material mavjud. O‘qituvchi adib haqi
-
da axborot beruvchi bu tayyor matnni o‘quvchilarga qaytarib aytib 
berishining hech hojati yo‘q. Uni o‘tgan darsning oxirida uy vazi
-
fasi sifatida topshirishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchi bilan Abdulla Qahhor orasidagi maso
-
fani qisqartirish, ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun adibning 
o‘quvchi yoshiga yaqin bolalik davridan ayrim xotiralarini aytib 
berishi mumkin. Masalan: «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish