240
241
qarori o‘tinch emas, hukm. Lekin bu hukm she’rda o‘ta yumshoqlik
bilan bayon etilgan. Agar bu fikr «yaxshi qol» degin» yoki «yax
-
shi qol» de» tarzida ifodalanganda edi, talab, buyruq
ohangi yu-
zaga kelgan bo‘lardi. «
Sen «yaxshi qol» degil
» – ya’ni «n» tovushi
o‘rniga «l» tovushining qo‘llanilishi ifodani ancha yumshatgan.
Chunki Qiz ko‘ngil og‘rig‘ining hisob-kitobi borligini juda yaxshi
biladi. Shuning uchun imkon qadar og‘riqni yumshatishga, ikkin
-
chi bir qalbni ayashga harakat qilingan.
Keyingi ikki misra shoira bilgichligining isbotidir: «
Bul qu-
yosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir
qasd
». Quyoshning «ol bo‘l»ishida Qiz uchun tabiatning jazosi
bor. Ma’lumki, Quyosh o‘z nurlari bilan ba’zi yaratiqlarni yayra
-
tib-yashnatsa, ba’zilarini qovjiratib-quritib yuboradi. Bu o‘rinda
Qizning o‘z xatti-harakatini ikkinchisiga daxldor sanashi ko‘rinadi.
Qolaversa, oy ham quyoshga sherik.
U ham jafokor qizning um-
riga qasd qiladi. Qiz bu isyoni uchun yuqoridan jazolanishini bi
-
ladi. Ma’lumki, dardkash inson kechalari bedor bo‘ladi. Bedorlik
esa kishini o‘ylashga, o‘z xatti-harakatlarini taftish qilishga majbur
qiladi. Bu taftish jarayonida Qiz xatolari uchun o‘zini o‘zi «yeb»
boradi va bu, pushaymon va hijolatlik, o‘z-o‘zidan uning umrini
egovlaydi – joniga qasd qiladi. Ushbu misralarni o‘qigan kishida
qiz bu vaziyatda aqlining emas, ko‘nglining yetovida ish tutgani
uchun tabiat ham uni jazolaydi, jabrlangan bir ko‘ngil uchun un
-
dan o‘ch oladi, deganga o‘xshash tasavvur paydo bo‘ladi. Ayni
zamonda, she’rxon inson hamisha ham aqlining yetovida yura
olmasligi, ba’zan ko‘ngli g‘olib kelib, dil amri bilan ish ko‘rgani
sabab jazolanishi haqida o‘yga toladi. Hayotda shunday vaziyatlar
bo‘ladiki, ba’zan ko‘ngil tilaklarini bosishga inson aqlining kuchi
yetmay qoladi. Odam aqlda ixtiyorli bo‘lsada, ko‘ngilda
beixtiyor
bo‘ladi. Ayni vaqtda, ko‘ngil yetovida yurgani bois ko‘p turtki
yeydi, azob tortadi. Odam bu holni tushunolmaydi va adolatsiz-
lik sanaydi. Inson har qanday intilish
visol bilan yakun topishini
istaydi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldoshevning:
«
…har qanday ay-
riliq ham insonni uchrashuv tomon, visol sari yetaklaydi. Biz hayot
va inson tuyg‘ularining inja aksi bo‘lmish she’riyatda ham tasvir
nishabi, albatta, shu tomonga burilishiga ko‘nikkanmiz
»
118
, – de-
118
Q. Yo‘ldoshev. Parda ortidagi nafis tuyg‘ular. «Xordiq» gazetasi, 2009-yil 11-
iyun.
241
gan fikri
ham shundan dalolat.
Lekin qarangki, visol hamisha ham,
hammaga ham kutilgan natijani beravermas ekan. Har bir inson
o‘zicha betakror yaratiq bo‘lgani kabi uning taqdiri ham qaytaril
-
masdir. Hamma ham umumiy mezonlarga tushavermaydi. Tanlash
esa o‘sha odamning xarakteri va ma’naviy olamiga bog‘liq bo‘ladi.
She’rning qahramoni ham o‘z taqdir yo‘lini o‘zi tanlaydi.
Bandning so‘nggi misrasida «bu» ko‘rsatish olmoshi «bul»
shaklida qo‘llanilgan. Bittagina «l» tovushi qizning isyoni daraja-
sini bir qadar yumshatib, ikkinchi bir dilni og‘ritgani uchun o‘zi
kechayotgan iztirobining balandligini ifodalagan. Misralardagi
«bo‘ladir», «qiladir» so‘zlarida oxirgi «r»ning
orttirilishi ham ifo-
dani ma’lum darajada yumshatgan, ham ikkinchi dilning iztirobini
yengillatishga moyillik bordek tuyuladi. Jazo ko‘lamining kengli
-
gini yaxshi anglab turgan isyonkorning xatti-harakati oshiqqa og‘ir
botmasligi uchun shunday qilinganday tasavvur paydo bo‘ladi,
o‘quvchida. She’rning bu misralaridagi ifoda «
Do'stlaringiz bilan baham: