242
243
Yigitning aslida kimligiga aqli yetib
turgan qiz qanday qilib
oshig‘ini Laylidek seva olsin? Laylidek sevish – oshiq uchun
o‘zlikdan kechish-ku! She’rda oshiq va uning tabiati haqida hech
narsa deyilmagan. Lekin qizning nazarida u Laylidek sevishga mu-
nosib emas, tuyg‘ulari jo‘sh urgan, orzular qanotida uchib yurgan
qiz istagan odam emas. Shundan kelib chiqib, yigitning kimligini
taxmin qilish mumkin. Agar u tuyg‘ular kishisi bo‘lganida shoi-
raning qahramoni: uni «Layliday sev»ib qolishi tabiiy ham edi va
«Layliday seva olma»gani uchun hijolat chekishga o‘rin qolmasdi.
Qolaversa, sevish yoki sevmaslik insonning ixtiyorida emas. Se-
vish – ko‘ngilning ishi. Uni odam aqli bilan boshqarolmaydi. Agar
muhabbat ishiga
aql aralashsa, u muhabbat emas, hisob-kitobga
aylanadi. Demakki, bu tuyg‘u rost bo‘lmaydi. She’rning qahra-
moni – Qiz esa yolg‘onlarga qodir emas. O‘zini ham, o‘zgani ham
aldagisi yo‘q. Shuning uchun mardonavor kechishga o‘zida kuch
topa olgan. U – boshqacha yashashga buyurilgan odam. Shu bois
oshig‘idan chinakamiga rozi-rizolik tilamoqda, abadul-abad vido-
lashmoqda: «
Xayr endi…
».
She’rning uchinchi bandida asar qahramonining yigitga achi
-
nayotgani ham yaqqol seziladi:
O‘rtanma
bul xato mushkullaridan,
Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch.
Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida –
Majnun emas, Senga kelarimni duch…
Har ikkovi tushib qolgan holat xatoning oqibati. Bu xato-
da, balki har ikki tarafning ham aybi bordir. Balki, ikkalasi ham
bir-birini sevmas. Faqat taqdirlarida shu ko‘rgilik borligi uchun
yo‘liqishgandir. Yo‘l qo‘yilgan bir xato sabab kishining boshiga
olam-olam tashvishlar yog‘ilishi mumkin. Oshiq ham fikr kishisi
ekanini qiz biladi. Shuning uchun undan qiynalmaslikni o‘tinadi.
O‘rtanmaslikning, albatta, iloji yo‘q. Ma’nan sog‘lom odam
taqdiridagi, hayotidagi muammolardan, ayniqsa,
bu kabi nomu-
tanosiblikdan, o‘ylamay bosib qo‘yilgan qadamlardan qiynalmas-
ligi mumkin emas, albatta. «
Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch
»
misrasi ushbu vaziyatdan qiz larzaga tushayotganini ko‘rsatadi. Bu
misradagi «lahza» so‘zida «ammo yaxshi qol» degan vidola shuv
243
iborasining aytilgunigacha bo‘lgan oraliq nazarda tutilgan. Bu
so‘zni aytish qizning o‘zini ham qo‘rqitib yuborgan.
Lekin aytilgan
gap, otilgan o‘q – hammasi tamom bo‘ldi.
Bandning so‘nggi ikki misrasida she’r qahramonining armon-
lari ham o‘z aksini topgan. U «
ishq yo‘llarida
» o‘z Majnuniga
duch kelishni istagan, Laylidek sevilishni, sevishni orzu qilgandi.
Taqdirlarida bunday burilish bo‘lgani uchun, albatta qiz aybdor
emas, lekin insofli bir odam sifatida u o‘zini gunohkor his qilyapti.
«
Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, Senga ke-
larimni duch…
». Bu Qizga bir umrlik armon bo‘lishi ham mumkin.
Kim biladi, endi umrining qolgan qismida u o‘z Majnunini balki
topar, balki topmas. Balki shu baxtdiru, qahramonimiz buning qad-
riga yetmay, uning baxt ekanligini bilmay kiyasiga qolar?! Buni
kelajak ko‘rsatadi. Inson oldida nimalar borligini, hayotda uni ni-
malar kutib turganini bilmaydi.
Islomiy qarash bo‘yicha, tikon
ham insonga Allohning amri
bilan kirarkan. Demak, hammasi Yaratgan tomonidan nazoratda.
Fazilatlar uchun rag‘bat, gunohlar uchun jazo tayin. She’r qahra
-
monlarining boshiga tushgan bu ko‘rguliklar ham ularning taqdirida
bo‘lgan. Ulug‘bek Hamdam: «
Nimasini aytay, qodir egam insonga
bir ko‘chadan o‘tishni taqdir qilgan esa, qarshisida son-sanoqsiz
boshqa ko‘chalarning darvozalari lang ochiq va u ming urinib
shulardan biriga kirmoqchi bo‘lsa-da, niyatiga yetmas ekan
»
119
, –
deganida haq edi. Qiz ham, uning sevgisiga sazovor bo‘lolmagan
yigit ham kelajakda nimalarga mustahiq ekanliklarini boshlariga
tushganda ko‘radilar. Bilib-bilmay taqdirlari sari boradilar.
Xullas, shoira Halima Xudoyberdiyeva bu she’rida o‘z fik-
ri va qarashiga ega bo‘lgan ko‘ngil kishisining chin tuyg‘ularini
uning o‘zidek his qilgan hamda samimiy ifodalay bilgan. Bunga
o‘quvchisini ham ishontira olgan.
119
Ulug‘bek Hamdam. Sabo va Samandar. Roman. – T.: Muharrir, 2009. 73-b.